Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Barcha pul hisob-kitob hujjatlari bo„yicha to„lovlar faqat ta-



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Barcha pul hisob-kitob hujjatlari bo„yicha to„lovlar faqat ta-
lab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan mavjud mablag„-
lar doirasida amalga oshiriladi. 
Talab qilib olinguncha hisobvarag„ida unga qo„yilgan talablarni 
bajarish uchun mablag„lar yetarli bo„lmagan hollarda to„lovlar “Xo„jalik 
yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan mablag„larni hisobdan 
chiqarish tartibi to„g„risida”gi yo„riqnoma (ro„yxat raqami 615, 1999-yil 
30-yanvar) talablari asosida amalga oshiriladi. 
Bank mijozning topshirig„iga binoan elektron to„lovni tegishli 
to„lov hujjati tushgan kunda, agar u bankning amaliyot kuni mobaynida 
tushgan bo„lsa, amalga oshirishi shart. To„lov hujjati amaliyot kuni 
tugaganidan keyin tushgan taqdirda, bank elektron to„lovni keyingi bank 
ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart. 
Agar bank hisobvarag„i shartnomasida boshqa muddatlar ko„zda 
tutilmagan bo„lsa, qonunchilikda o„rnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga 
pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini hamda elektron 
to„lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari bank tomonidan 
buzilgan taqdirda banklarga nisbatan “Mijozlarga hisobvaraqlar ochish, 
ularning hisobvaraqlariga pul mablag„larini hisobga kiritish va hisob-
dan chiqarish, ish haqi va qonun hujjatlarida belgilab qo„yilgan boshqa 


60 
ehtiyojlar uchun naqd pul mablag„larini berishning o„rnatilgan tartibla-
rini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanktsiyalarini qo„llash 
tartibi to„g„risida”gi Nizomda belgilangan jarima jazolari qo„llaniladi. 
Hisobvaraq egasi unga ko„chirmalar berilganidan keyin ikki ish 
kuni mobaynida bankka hisobvaraq krediti yoki debetiga xato yozilgan 
summalar haqida yozma ravishda xabar qilishi shart. Agar shu muddat 
ichida mijoz o„z e‟tirozini bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda 
hisobvaraqdagi mablag„ qoldig„i tasdiqlangan hisoblanadi. 
Banklar qonun hujjatlariga muvofiq mijozlarning hisobvaraqlari 
bo„yicha operatsiyalarni to„xtatib turishga hamda qonunchilikka zid 
operatsiyalarni bajarishni rad etishga haqlidirlar.
Agar mijozning bankka taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida 
belgilangan talablarga zid bo„lgan kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, 
hujjatdagi imzolar, muhr izi yoki yozuvlar xususida shubhalansa, bank 
xodimlari ushbu hujjatni qabul qilishdan bosh tortadi hamda buning 
uchun javob bermaydi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin