Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Buxgalteriya hujjatlarini saqlash



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

3.5. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash 
Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta‟minlashlari 
shart. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga 
rioya etilishi hamda bu ishlar to„g„ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik 
banklar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatiladi. Rahbar 
va bosh buxgalter bank xodimlariga yo„l-yo„riqlar ko„rsatishi, xodim-
larga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan 
joylarni ajratib berishi va biriktirib qo„yishi, zarur hollarda hujjatlarni 
bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim. 
Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin 
axborotlar o„rnatilgan tartibda arxivlanadi. Bank amaliyot kuniga tegishli 
buxgalteriya hujjatlari ularni ularning saqlash muddatlari bo„yicha alo-
hida yig„majildlarga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan 
yig„majildlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirilgan xodim shug„ullanadi.
Kunlik yig„majildga quyidagi hujjatlar tikiladi: 
– bank mijozlari to„lov hujjatlarining hamda qisman amalga oshi-
rilgan to„lovlarda, shuningdek, bank mijozlar bilan shartnomada belgi-
langan hisob-kitoblar bo„yicha amalga oshirilgan to„lovlar uchun qo„l-
lanilgan memorial orderlarning birinchi nusxasi;
– Bank-mijoz dasturiy majmuasi bo„yicha amalga oshirilgan to„lov 
hujjatlarining ro„yxati;
– banklararo va filiallararo to„lovlar bo„yicha bank hisobvaraqlari-
ning kreditlanishiga asos bo„lgan elektron to„lov hujjatlarning ro„yxati; 
– bankning ichki hisobvaraqlari bo„yicha amalga oshirilgan ope-
ratsiyalari uchun asos bo„lgan memerial orderlar ro„yxati; 
– ko„zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo„yicha amalga oshi-
rilgan operatsiyalar uchun asos bo„lgan memorial orderlarning mas‟ul 
ijrochilar bo„yicha tuzilgan ro„yxati;
– kunlik balans hisoboti va hisobvaraqlar bo„yicha aylanma va qol-
diq summalar;
– kunlik buxgalteriya jurnali. 
Hujjatlar ro„yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan 
dasturiy yo„l bilan olinadi. 
Kassa hujjatlari “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, 
inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo„riqnoma” ning 258-
moddasi talablari asosida kassa xodimlari tomonidan alohida yig„ma-


63 
jildga tikiladi. Kunlik buxgalteriya yig„majildiga kirim va chiqim kassa 
jurnallari o„rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda tikiladi.
3
Qimmatbaho metallar, chet el valutasi bilan bog„liq operatsiyalar 
va boshqa bank ichki xo„jalik operatsiyalarga doir, ya‟ni asosiy vosita-
lar, bankning daromad hamda xarajatlar operatsiyalari bo„yicha hujjat-
larning saqlash muddatlari turlicha bo„lganligi uchun ular alohida yig„-
majildlarga joylanadi.
Asosiy vositalar va turli daromad hamda xarajatlar bilan bog„liq 
operatsiyalar, bankning boshqa xo„jalik operatsiyalari bo„yicha hujjatlar 
yig„majildiga to„lov hujjatlari bilan birga kassa hisobvarag„i bilan 
korrespondensiyalashgan va kassa orderlarini (to„lovnomalar, ish haqi 
to„lash qaydnomalari, arizalar va boshqalar) to„ldirishda asos bo„lgan asl 
nusxadagi hujjatlar ham tikiladi. 
Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya 
jurnalidagi ro„yxat bilan solishtirilib chiqiladi va ularning summasi 
aylanmalarining yig„ma ma‟lumotlarini aylanmalar yakunlari bilan 
taqqoslanadi. Bosh buxgalterning xohishiga ko„ra, axborotni shaxsiy 
kompyuterga kiritish uchun tayyorlangan hujjatlar bog„lamlari shakl-
lantirilishi mumkin. Bunda hujjatlar yig„majildiga ularni dasturiy yo„l 
bilan chiqarilgan ro„yxati (kunlik buxgalteriya jurnali) ning tegishli qismi 
bilan joylashtiriladi. 
Ko„zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga tegishli hujjatlar ham 
hisoblab chiqilib, ularning summalari buxgalteriya jurnallaridagi ma‟lu-
motlar bilan yoki aylanmalar jamlanma ma‟lumotlari bilan taqqoslanadi. 
Broshyuralangan hujjatlar yig„majildining muqovasi belgilangan 
tartibda rasmiylashtiriladi. 
Taxlangan hujjatlarga shu hisobvaraqni yurituvchi mas‟ul ijrochi 
buxgalteriya xodimi imzolagan kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro„y-
xatining tegishli qismi ilova qilinadi. Agar hujjatlar dastalangan bo„lsa, 
ular dastalarni mas‟ul ijrochi buxgalterlar qirqimi bo„yicha kunlik bux-
galteriya jurnaliga qarab hisoblab chiqilishi mumkin, biroq bu hujjatlarni 
tayyorlagan xodim kun davomida o„tkazilgan buxgalteriya operatsiyalariga 
doir barcha hujjatlarning shu dastada borligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan mas‟ul xodim ilovasi bor bo„l-
gan hujjatlarda bu ilovalar qanchaligi ko„rsatilganini va ular haqiqatan 
ham mavjudligini sinchiklab tekshirishi lozim. 
3
O„zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to„plami 2008-yil, 26-27-son. 


64 
Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kundan kechiktiril-
may, yuqorida qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Qoida bo„-
yicha bu hujjatlar har kuni tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjat-
lari soni va umumiy summasi bo„yicha ma‟lumotlarni tayyorlagan xo-
dim, bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari imzolari bilan tasdiqlanadi. 
Operatsiyalar hajmi kam bo„lgan banklarda o„tgan yilga tegishli 
bo„lgan uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar rahbar xohishiga ko„ra, yil 
yakunlangandan so„ng shakllantirilishi mumkin. Bunday hollarda yil 
tugagunicha bu hujjatlar yig„majildda to„plab borilishi va omborda yoki 
metall shkafda bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanishi lozim. 
Uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar taxlanayotganda yig„majildda 
har bir kun uchun qistirma varaqlar qo„shilishi, ularda shu kun uchun 
buxgalteriya hisobi ma‟lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq 
debeti va krediti bo„yicha hujjatlar summalari ko„rsatilishi kerak, yig„-
majild muqovasida esa buxgalteriya hisobi ma‟lumotlari bilan 
taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo„yicha hujjatlarning 
umumiy summasi qayd etiladi. 
Buxgalteriya va kassa hujjatlari umumiy yig„majildlariga bosh 
buxgalter yoki uning o„rinbosari imzolagan ma‟lumotnomalar joylanadi. 
Bu ma‟lumotnomalar har bir hisobvaraq debeti, shunungdek, alohida 
yig„majildlarda saqlanayotgan har bir “Ko„zda tutilmagan holatlar” 
hisobvarag„ining kirim va chiqimi bo„yicha hujjatlar summalari 
to„g„risida tuzilgan bo„lishi kerak. 
Hujjatlarni saqlashga ma‟sul xodim hujjatlarning to„la va but 
saqlanishini ta‟minlashi shart. Ular bosh buxgalter, uning o„rinbosari 
yoki bo„lim boshlig„ining ruxsatisiz boshqalarga hujjatlarini ko„rib 
chiqishlariga yo„l qo„ymasliklari lozim.
Quyidagi hujjatlar saqlanishi shart: 
Omborda yoki metall shkaflarda: 
a) tugagan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan 
rasmiylashtirilgan nusxasi hamda so„nggi tugagan oy uchun oylik balans 
va uning barcha ilovalari; 
b) joriy oyning birinchi kuni uchun tekshiruv qaydnomalari; 
v) fuqarolar omonatlari bo„yicha amaldagi shaxsiy hisobvaraqlari; 
g) oxirgi 12 oy uchun kassa hujjatlari; 
d) joriy oy uchun kirim-chiqim hujjatlari; 
e) binolar va inshootlar, xo„jalik anjomlari, kam baholi va tez 
eskiruvchi buyumlar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar bo„yicha daftarlar. 


65 
Qo„riqlanadigan xonadagi metall shkaflar, sandiqlar yoki qutilarda: 
a) amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar kartotekalari (omonatlar bo„yi-
cha shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari), amaliyot jurnallari, kitoblar, im-
zolar namunalari qo„yilgan kartochkalar, ish haqi to„lash uchun berilgan 
mablag„lar hisobini yuritish kartochkalari, foizlarni hisoblash qaydnomalari; 
b) amal qilib turgan va arxivdagi pensiya varaqlarining hamda bir 
marta pensiya va nafaqalar to„lash to„g„risidagi topshiriqnomalarning 
kartotekalari. 
Mijozlarning ularga hisobvaraqlar ochish to„g„risidagi arizalari 
barcha zarur hujjatlar bilan birga har bir mijoz bo„yicha tutiladigan 
alohida yig„majidlarda saqlanishi lozim. Bunday yig„majildlardan 
hujjatlarning chiqarib olinishiga mutlaqo yo„l qo„yilmaydi. 
Ushbu yig„majildga imzo huquqi o„zgargani to„g„risidagi yozish-
malar, hisobvaraqni tasarruf etish vakolatini belgilovchi hujjatlar, ssuda 
hisobvaraqlari ochish to„g„risidagi majburiyat arizalari, shuningdek, 
hisobvaraqlar ochish haqidagi farmoyishlarning nusxalari tikiladi. Har 
bir yig„majildga talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisob-
varag„ining raqami qo„yiladi. 
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog„liq hujjatlarni 
saqlash vazifasi bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari zimmasiga 
yuklatiladi. Ushbu yig„majildlar qulflanadigan javonlarda saqlanishi 
lozim. Amaldagi imzo namunalari amaliyot bo„limi xodimlarining 
qulflanadigan kartotekalarida saqlanishi lozim. 
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog„liq o„z kuchini 
yo„qotgan hujjatlar yig„majildda qoldiriladi va ular ustiga chiziq tortilib 
yangi hujjatlar bilan almashtirilgani yozib qo„yiladi. Imzolar namunalari 
qo„yilgan kartochka almashtirilayotganda o„z kuchini yo„qotgan 
kartochkalar nusxalaridan biri mijozning yuridik yig„majildiga tikiladi, 
qolganlari esa yo„q qilinadi. 
Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o„tgan oylar 
uchun) buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, bux-
galteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv 
hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim 
qo„l ostida bo„ladi. 
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi 
temir javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi. 
Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlarga 
doir ma‟lumotlar kassa hujjatlari bo„yicha javobgar xodim huzurida, 


66 
bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari (bo„lim boshlig„i) imzolagan 
talabnomalar asosida olinadi. Ma‟lumot olish uchun ruxsat berilgan 
bank xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida 
ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar ma‟lumot olishga 
ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va 
yozuvlar kiritilmasligini kuzatib turishlari shart. 
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning 
yozma ruxsati bo„yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart. 
Arxiv hujjatlari faqat qonun hujjatlarining talablari asosida 
olinishiga yo„l qo„yiladi. Hujjatning asl nusxasi olinayotganda bu haqda 
ikki nusxada dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib unga bank rahbari 
yoxud uning o„rinbosari, bosh buxgalter va hujjatni talab qilgan tashkilot 
vakili imzo chekadi. Dalolatnoma yoki bayonnomada aynan qanday 
hujjat olinayotgani, uning kimning talabiga va ruxsatiga ko„ra olinayot-
gani aniq ko„rsatilishi kerak. Dalolatnoma yoki bayonnomaning ikkinchi 
nusxasi yuqorida qayd etilgan vakilga topshiriladi.
Hujjatning olingan asl nusxasi o„rniga bosh buxgalter tasdiqlagan 
nusxa hamda dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi va 
hujjatni olish xususidagi talabnoma qo„yiladi. Bu talabnomada asl huj-
jatni olgan shaxs imzosi ham bo„lishi lozim. Hujjat olingani to„g„risida bosh 
buxgalter shu hujjat turgan yig„majild muqovasiga yozib, imzo chekadi. 
Bir yilning turli sanalariga tegishli kirim-chiqim hujjatlari bir vaqt-
ning o„zida olinayotgan hollarda bu hujjatlarning barchasi uchun bitta 
dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib, unga shu hujjatlar ro„yxati kiritila-
di. Mazkur hujjatlarning asl nusxasi o„rniga uning nusxasi, hujjatni olish 
to„g„risidagi talabnoma, dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi 
nusxasi qo„yiladi, boshqalarining o„rniga esa shu hujjatlar nusxalari qo„-
yilib, ularda hujjatni olish to„g„risidagi talabnoma qayerda saqlanayot-
gani yoziladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin