Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi
Agar bank mijozning qonunchilikka zid operatsiyalarini bil- gan holda uning topshirig„i asosida yoki roziligi bilan ushbu qo- nunchilikka zid operatsiyani bajarsa, mijoz va bank baravar javobgar hisoblanadi. Bank bo„linmalari va xizmatlari bajarilayotgan bank ichki ope-
ratsiyalarining qonuniyligi va ular to„g„ri rasmiylashtirilishi uchun to„la
javobgar hisoblanadilar.
Buxgalteriya hisobini yuritish, nazorat qilish va hisoblash quril-
malari orqali jo„natish uchun zarur bo„lgan hujjatlarni (buyruqlar, qaror-
lar, farmoyishlar, smetalar, normativlar va boshqa materiallar) buxgal-
teriyaga o„z vaqtida topshirishlari shart. Ushbu hujjatlar sifatsiz tuzilgani
va rasmiylashtirilgani hamda buxgalteriya hisobi va hisobotida qayd
etishga berilish vaqtidan kechikkani, hujjatlardagi ma‟lumotlarning
noto„g„riligi, shuningdek, g„ayriqonuniy operatsiyalarni aks ettiruvchi
hujjatlar tuzilgani uchun bu hujjatlarni tuzgan va imzolagan bankning
mansabdor shaxslari javobgar bo„ladilar.
Birlamchi hujjatlarni tuzish vazifasi yuklatilgan hamda bu
hujjatlarni imzolash huquqi berilgan mansabdor shaxslar ro„yxati bosh
buxgalter bilan kelishiladi.
Imzo qo„yish huquqi yo„qligiga qaramay, biron-bir pul hisob-kitob
hujjatini imzolagan buxgalteriya (bank buxgalteriyasi) xodimlari tegishli
tartibda javobgarlikka tortiladilar. Xuddi shunday, imzo huquqi berilgan
bank xodimlari o„z vakolatlaridan tashqari faoliyat yuritgan hollarda
ham tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.
Bank to„lovchi sifatida ishtirok etib, memorial orderlar bilan amal-
ga oshirilgan operatsiyalarning to„g„riligi bo„yicha javobgarlik bankning
rahbariga va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
Umuman, banklarda ichki nazoratni to„g„ri va samarali amalga
oshirishni ta‟minlash bo„yicha javobgarlik bank rahbariyati va ichki
audit xizmatiga yuklatiladi.