Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Buxgalteriya operatsiyalarini joriy nazoratdan o„tkazish



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Buxgalteriya operatsiyalarini joriy nazoratdan o„tkazish 
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter bank ichki hujjat 
aylanish tartibiga asosan Front-ofis yoki mas‟ul ijrochi buxgalterdan 
kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarini 
qabul qilgandan keyin joriy nazoratni amalga oshiradi. 
Joriy nazoratda dastlabki nazoratdan o„tkazilgan to„lov hujjatlari-
ning to„g„ri rasmiylashtirilganligi va ularning elektron nusxalarining 
to„g„ri rasmiylashtirilganligi qaytadan tekshiriladi hamda ulardagi imzo-
lar va muhr izini o„zlarida mavjud imzolar va muhr izi namunalari bilan 
solishtiriladi. 
To„lov hujjatlarining asl nusxasida Front-ofis xodimi yoki mas‟ul 
ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini hamda ularni o„zida 
mavjud bo„lgan imzo namunalariga mos kelishini tekshiradi. Shu-
ningdek, Front-ofis xodimi yoki mas‟ul ijrochi buxgalteri pul hisob-
kitob hujjatlarida bo„yash, chizish va tuzatishga yo„l qo„yilmaganligiga 
ishonch hosil qilishi lozim. 
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter naqd pul cheki va 
e‟lonnomani o„rnatilgan tartibda tekshirib, ularni imzolab Front-ofis 
xodimi yoki mas‟ul ijrochi buxgalterga qaytaradi. 
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan bankning 
ichki moliya-xo„jalik operatsiyalari bo„yicha kelib tushgan to„lov hujjat-
larining asl va elektron nusxalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga 
oshirish uchun asos bo„lgan bank tegishli bo„linmalarining Xizmat far-
moyishlarining nusxalari to„g„ri rasmiylashtirilganligi, xato va kam-
chiliklar yo„qligi tekshiriladi. 
Pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari yoki ularning elektron 
faylida xato va kamchiliklar aniqlanganda Bek-ofis xodimi yoki nazorat-
chi buxgalter to„lov hujjatining asl nusxasiga imzo chekmasdan ularning 
xato va kamchiliklarini ko„rsatgan holda Front-ofis yoki mas‟ul ijrochi 
buxgalterga ijrosiz qaytaradi.
Bek-ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan joriy nazorat 
natijalari ijobiy bo„lgan taqdirda, u to„lov hujjatining asl nusxasiga imzo 
chekadi va uni Bek-ofis boshlig„iga yoki bosh buxgalterga tasdiqlash 
uchun jo„natadi. 


58 
Bek-ofis boshlig„i yoki bosh buxgalter belgilangan tartibda ras-
miylashtirilib, dastlabki va joriy nazoratdan o„tgan pul hisob-kitob huj-
jatlarining asl va elektron nusxalarini qabul qilib oladi va ushbu to„lov 
hujjatlarida qonunchilik hamda bankning ichki siyosatida o„rnatilgan 
talablarga rioya qilinishi bo„yicha umumiy nazoratni amalga oshiradi.
Bek-ofis boshlig„i yoki Bosh buxgalter barcha pul hisob-kitob huj-
jatlarning asl va elektron nusxalariga o„rnatilgan tartibda imzo chekib
tasdiqlaydi va buxgalteriya o„tkazmalarini amalga oshiradi. Bank rahbari 
buyrug„i bilan to„lovlarni tasdiqlash boshqa bank xodimiga topshirilishi 
mumkin. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin