Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

20210000100126958001 
nomeri berildi. Bu korxona davlat tasar-
rufidagi korxona bo„lganligi sababli uning hisobvaraq nomeri 20210 
bilan boshlanadi. Yuqoridagi 20 ta raqamdan iborat hisobvaraq nomerini 
quyidagicha izohlaymiz.
20210 – Davlat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarga ochiladigan 
talab qilinguncha saqlanadigan depozit bo„yicha Bosh kitobdagi balans 
hisobvarag„i nomeri.
000 – valuta kodi – ushbu 3ta nol so„mni bildiradi;
1 – ushbu mijozga ochilgan hisobvaraqning nazorat kaliti; 
00126958 – BMDABda ushbu mijozga berilgan xosraqam; 
001 – ushbu balans hisobvarag„i bo„yicha mijozning tartib nomeri. 
Barcha korxona va tashkilotlarga yuqorida ko„rsatilgan tartibda 
hisobvaraq nomeri belgilanadi. 
Hisobvaraq ochish bo„yicha yana bir misolni qo„shma korxona mi-
solida ko„rib chiqamiz. “ARK BARAKA” qo„shma korxonasi Kapital 
bankining Toshkent shahar filialida talab qilinguncha saqlanadigan hi-


74 
sobvaraq ochgan. Unga quyidagi talab qilinguncha saqlanadigan hisob-
varaq nomeri berilgan. 
 20214000700430552001 
Bunda:
20214 – qo„shma korxonalarning talab qilinguncha saqlanadigan 
depoziti bo„yicha Bosh kitob balans hisobvarag„i;
000 – valuta kodi, bu uchta nol hisobvaraqning “so„m”da ochilgan-
ligini bildiradi; 
7 – nazorat kaliti; 
00430552 – ushbu mijozga BDMABda berilgan xosraqam;
001 – ushbu balans hisobvarag„i bo„yicha mijozning tartib nomeri. 
Barcha hisobvaraq nomerlari bankda 61-shakldagi daftarda qayd 
etiladi. Shaxsiy hisobvaraq nomerlari bank bosh buxgalteri tomonidan 
imzolar va muhr nomunalari tushirilgan varaqchalarga hamda hisobva-
raq ochish haqidagi mijozning arizasiga yozib qo„yiladi.
4.2. Mijoz hisobvarag„i bo„yicha operatsiyalarni o„tkazish tartibi 
 
Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraq-
lardagi mablag„lari bank uchun mablag„larining manbalari hisoblanadi. 
Ulardagi mablag„lar bank balansining passiv qismida hisobga olib bori-
ladi. Mijozlarning depozitlari bo„yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv 
hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning saldosi (qoldig„i) uning 
kredit tomonida bo„lib, mablag„larning kelib tushishi ham kreditda, 
mablag„larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi. 
Mijozlarning depozit bo„yicha hisobvaraqlaridan to„lovlar shu hisobva-
raq qoldig„i chegarasida o„tkazilishi lozim.
Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyi-
dagi operatsiyalar o„tkazilishi mumkin: 
9-jadval. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin