Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Operatsiyalar turlarining shartli raqamlari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Operatsiyalar turlarining shartli raqamlari 
 
Т/р 
 Hujjatlarning nomi 
Shartli raqamlari
1. 
To„lov topshiriqnomasi 
01 
2. 
To„lov talabnomasi 
02 
3. 
Akkreditivga ariza 
05 
4. 
Memorial orderlar 
06 
5. 
Inkasso topshiriqnomasi
11 
6. 
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari 
14 
 
Shaxsiy hisobvaraqlar va ular bo„yicha operatsiyalarni quyidagi 
misolda ko„ramiz. 
 
5-jadval. 
Hisobvaraq nomeri 20208000400685254001 
sana 04.10. 2010 
 
T/r 
Korrespon- 
densiyalangan 
hisobvaraq 
nomeri 
Hujjat 
nomeri 
Operatsiya 
mazmuni 
Aylanmalar 
Qoldiq 
Debet 
bo„yicha 
Kredit 
bo„yicha 
Kun boshiga qoldiq 
4758600 
1. 10101 
125 
03 
2256200 
2. 20214 
41 
01 
5652440 
3. 20210 
92 
02 
2325400 
4. 45257 
118 
06 
52000 
Aylanmalar yig„indisi 
4633600 5652440 
Kun oxiriga qoldiq 
5777440 
Yuqorida keltirilgsn shaxsiy hisobvaraqda qayd etilgan operatsiya-
larga quyidagicha tavsif beramiz. 


39 
1. Hisobvaraq egasining 125-nomerli pul chekiga asosan bank kas-
sasidan 2256200 so„m naqd pul berildi. 
2. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonaning 41-nomerli to„lov top-
shiriqnomasi asosida 5652440 so„m kelib tushdi. 
3. Davlat korxonasining 92-nomerli to„lov talabnomasi asosida 
kommunal xizmat uchun 2325400 so„m to„lov undirildi. 
4. Mijozga inkasso operatsiyalari bo„yicha ko„rsatilgan xizmatlar 
uchun bank tomonidan 118- nomerli memorial orderga asosan 52000 
so„m undirildi. 
Bajarilgan operatsiyalar natijasida hisobvaraqning debeti bo„yicha 
aylanmalar 4633600 so„mni va krediti bo„yicha aylanmalar 5652440 
so„mni tashkil qildi. Kun oxiriga bo„lgan qoldiqni aniqlash uchun kun 
boshiga bo„lgan qoldiq (4758600 so„m) qa krediti bo„yicha aylanmalar 
(5652440 so„m)ni q o„shib, debeti bo„yicha aylanmalar (4633600 
so„m)ni ayiramiz. Misolimizda mijozning hisobvarag„ida kun oxiriga 
bo„lgan qoldiq 5777440 so„mni tashkil etdi. 
Aksariyat banklarda shaxsiy hisobvaraqlar va ularning ko„chirma-
lari kompyuterlarda tayyorlanadi. Shaxsiy hisobvaraqlardan ko„chirmalar 
kompyuter yordamida tayyorlansa, ular mijozlarga berilayotganda imzolar 
va bank shtamplari bilan tasdiqlanmaydi.
Hisobvaraqlar krediti bo„yicha o„tkazilgan summalar yuzasidan 
shaxsiy hisobvaraqlaridan ko„chirmalarga yozuvlarni kiritishda asos 
bo„lgan dastlabki hujjatlar ilova qilinadi. Puli to„langan hisob-kitob huj-
jatlarning mijozlar hisobvaraqlaridan ko„chirmalarga ilova qilinadigan, 
ishlov berishning dastlabki bosqichlaridayoq bank shtampi yoki muhri 
bosilgan ikkinchi nusxalar, shuningdek, kirim-kassa operatsiyalariga 
doir hujjatlar shtamp bilan tasdiqlanmaydi. 
Hisobvaraqlardan ko„chirmalar mazkur hisobvaraq bo„yicha birin-
chi yoki ikkinchi imzo huquqiga ega bo„lgan shaxslarga yoki ularning 
ishonchnoma taqdim etilgan vakillariga tilxat bilan beriladi. Bunday 
ishonchnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo„lishi lozim. 
Hisobvaraq egasi unga ko„chirma berilgandan keyin, agar biror e‟tiroz 
bo„lsa, ikki ish kuni mobaynida bankka hisobvaraq krediti va debeti 
bo„yicha o„tkazilishi lozim bo„lgan to„g„ri summalar haqida yozma 
ravishda xabar berishi shart. Agar, shu ikki kun muddat ichida mijoz o„z 
e‟tirozini bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda hisobvaraqdagi 
mablag„ qoldig„i tasdiqlangan hisoblanadi. Mijoz o„z hisobvarag„i kre-
diti bo„yicha noto„g„ri summa kelib tushgani (ya‟ni boshqa korxonaga 


40 
tegishli bo„lgan adashib tushirilgan) haqida ham ikki ish kuni ichida 
bankka xabar berishi lozim. Bank oradan ikki ish kuni o„tgandan keyin 
mijoz hisobvarag„i kreditida noto„g„ri yozuvlar borligini aniqlasa, mijoz 
har bir kechiktirilgan kun uchun hisobvaraq kreditiga yozilgan umumiy 
summaning bank xizmati ko„rsatilishi to„g„risidagi shartnomada ko„zda 
tutilgan foiz hajmida bankka jarima to„laydi. Bunday jarima begonalar mab-
lag„laridan o„z manfaatlari uchun foydalanganligi uchun undirib olinadi.
Bank o„z mijozlarining barcha turdagi hisobvaraqlarining holati 
to„g„risida, ya‟ni mablag„lari, ularning harakati to„g„risidagi yozma 
ma‟lumotlarni ikki holatda berishlari mumkin: 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin