Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
26-aprel
 
(oxirgi o„zgarishlari bilan). 
2. Karimov I.A. Аsosiy vаzifamiz – vаtаnimiz tаrаqqiyoti ва хаl-
qimiz fаrоvоnligini yanаdа yuksаltirishdir. – Т.: O„zbekiston, 2010-yil. 
3. “O„zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini 
yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to„g„risida”gi 
Markaziy bankning 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiq-
langan yo„riqnoma. 
4. Navro„zova K., Qulliyev I. Markaziy bankda buxgalteriya hiso-
bini tashkil qilish asoslari. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007-yil. 


34 
II bob. BANKLARDA ANALITIK VA SINTETIK HISOBNING 
YURITILISHI 
 
2.1. Analitik va sintetik hisob to„g„risida umumiy tushuncha 
 
Banklarda buxgalteriya hisobi ikki yo„nalishda olib boriladi. 
Ulardan biri analitik, ikkinchisi sintetik hisobdir. Banklarda buxgalteriya 
ishining tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining analitik va sintetik 
yo„nalishda yuritilishi kompyuter texnikasi qo„llaniladigan sharoitni 
hisobga olgan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi jahon amaliyotida 
va hisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisob o„rniga Bosh 
kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo„llaniladi. Shuningdek, analitik 
hisob o„rniga Yordamchi kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlaridan 
foydalaniladi. Biz nazarda tutgan kitob bir qator hisobvaraqlar guruhidir. 
 Bosh kitob bu – bank moliyaviy hisobotlarida ko„rsatiladi-
gan hisobvaraqlar guruhidir. 
Moliya hisobotlariga balans hisoboti, foyda va zararlar 
to„g„risidagi hisobot va boshqalarni kiritish mumkin. Bosh kitobda 
birinchi navbat balans hisobvaraqlari bo„yicha jamlama ma‟lumotlar 
qayd etiladi. Demak, hisobvaraqlar Bosh kitobda umumiy ma‟lumotni 
qayd etadi, lekin batafsil axborot bilan ta‟minlamaydi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin