Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari 
 
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari milliy iqtiso-
diyotimizning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning 
buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o„xshash. Ular O„zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to„g„risida”gi Qonunida o„z ifoda-
sini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda banklarda buxgalteriya 
hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi: 
a) xo„jalik faoliyati haqidagi ma‟lumotlarni dastlabki hujjatlarda 
aks ettirish
b) xo„jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash; 
v) barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bun-
da yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish; 
g) hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma‟lum sanaga 
bank xo„jalik faoliyatiga tavsif berish, ya‟ni bank balansini tuzish. 
Banklarda buxgalteriya ishini tashkil etish asoslari korxonalar bux-
galteriya hisobiga o„xshash bo„lsa-da, ba‟zi bir o„ziga xos xususiyatlari 
ham mavjud. Shu sababli banklarda buxgalteriya hisobini tashkil 
qilishda quyidagi huquqiy va me‟yoriy hujjatlar asos qilib olinadi: 
1.
O„zbekiston Respublikasining “O„zbekiston Respublikasi Mar-
kaziy banki to„g„risida”gi Qonuni. 
2.
O„zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to„g„ri-
sida”gi Qonuni. 
3.
O„zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to„g„risida”-
gi Qonuni. 
4.
“O„zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuri-
tish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to„g„risida”gi yo„riqnomasi. 



5.
O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me‟yoriy 
hujjatlari. 
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish qoidalari “O„zbekis-
ton Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgal-
teriya ishlarini tashkil qilish tartibi to„g„risida”gi O„zbekiston Respub-
likasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qa-
rori bilan tasdiqlangan yo„riqnomada batafsil yoritilgan. Ushbu yo„riq-
noma O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 11-iyulda 
1834-son bilan ro„yxatdan o„tkazilgan. 
Yo„riqnomada buxgalteriya hisobi yuritish qoidalari, buxgalteriya 
apparatining strukturasi berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va 
ularni nazorat qilish qoidalari ko„rsatilgan, mijozlarga xizmat ko„rsatish 
hamda hujjatlar aylanishini yo„lga qo„yish usullari to„g„risida ko„rsat-
malar berilgan. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobotini tuzish hamda 
xalqaro andozalarga asoslangan boshqa bank operatsiyalarini bajarish 
hajmlari va tartibi belgilab qo„yilgan.
Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga bir qator vazifalar qo„yilgan 
bo„lib, ularni quyida sanab chiqamiz. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin