Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


VI. Bosh buxgalterlarning javobgarligi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
VI. Bosh buxgalterlarning javobgarligi 
32.
Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo„ladi: 
a) buxgalteriya hisobi noto„g„ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga kel-
gan va buxgalteriya hisoboti buzilganda; 
b) pul mablag„lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, 
ularni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga 
zid operatsiyalar bo„yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda; 
v) talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar bo„yicha operatsiyalar, 
shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto„g„ri 
amalga oshirilganda; 
g) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo„qotishlarni buxgalteriya 
balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda; 
d) buxgalteriya xodimining aybi bilan noto„g„ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda; 
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa me‟yoriy-huquqiy hujjat-
lar talablari buzilganda. 
33.
Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar 
hisoblanadi: 
a) moliyaviy-xo„jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi; 
b) mansabdor shaxslardan ular etkazgan zarar summasini o„z vaqtida undirib 
olmaslik; 
v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa buxgal-
teriya hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi; 
g) bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma‟lumotlar hamda elektron 
to„lovlar tizimi orqali o„tkazilgan to„lov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik 
arxivlash tartibi uchun. 
34.
Bosh buxgalterlarning tartib-intizomi, moddiy va jinoiy javogarligi 
amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi. 
Bunda bosh buxgalter bo„ysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank to-
monidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. 


249 
3-ilova 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin