273
Obligatsiyalar –
zayom oluvchilarni (emitentini) va kreditlarni
(investorni) munosabatlarini rasmiylashtiruvchi qimmatli qog„oz bo„lib,
emmitentini belgilab pul summasini kelishilgan vaqtda to„lash shartini
ifoda qiladi.
Overdraft
– kontokorrent hisob raqamining maxsus shakli hisob-
lanadi. Uning o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, bank mijozning
asosiy “talab qilib olinguncha” depozit hisob raqamida qisqa muddat
mobaynida debetli (qoplanmagan) qoldiq bo„lishiga ruxsat beradi. Over-
draft hisob raqamidan foydalanish huquqi eng ishonchli mijozlargagina
beriladi.
Real foiz stavkasi
– moliyaviy aktivning mo„ljallangan xizmat
muddati davomida yoki maqbul bo„lgan holda, qisqaroq davrda kutila-
yotgan kelgusi pul to„lovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans
qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka;
Rezerv kapital
– aksionerlik jamiyati va boshqa tashkilotlarning
xususiy valutalarining bir qismi bo„lib, ular foydadan chegirmalar hiso-
biga xosil bo„ladi. Ular, asosan, operatsion faoliyatlarda sodir bo„ladigan
yo„qotishlarni to„ldirish, asosiy kapital va daromad yaxshi bo„lmagan
holda ham dividend to„lash hisoblarida qo„llaniladi.
Dostları ilə paylaş: