44
Bosh kitob materiallaridan yana biri balans hisobvaraqlari bo„yicha
aylanmalar va qoldiqlarning jamlama ma‟lumotidir. Bunday jamlama
ma‟lumotda nafaqat balans hisobvaraqlari bo„yicha qoldiq, balki hisob-
varaq debetidan va kreditidan o„tgan aylanmalar summalari ham aks
ettiriladi. Shuning uchun, aniqroq ma‟lumot olish uchun hozirgi kunda
ko„p banklar kundalik balans bilan birgalikda balans hisobvaraqlari
bo„yicha aylanmalar va qoldiqlari haqidagi jamlama ma‟lumotlarni ham
tuzib boradilar. Ushbu Bosh kitob materiali ham dasturiy yo„l bilan
kompyuter yordamida tayyorlanadi. Jamlama ma‟lumotlar quyidagi
shaklda tuziladi.
Dostları ilə paylaş: