O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


MAKTABGACHA TARBIYA YOSH DAVRI MAVZUSI BO‟YICHA



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/42
tarix22.09.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#146803
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
yosh va pedagogik psixologiya

 
MAKTABGACHA TARBIYA YOSH DAVRI MAVZUSI BO‟YICHA 
TAQDIMOTLAR 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


40 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


41 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


42 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


43 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


44 
6-mavzu: KICHIK MAKTAB YOSHI 
 
Mashg`ulot shakli Obzorli-ma‘ruza tushunib olish, esda qolishi kerek 
bo`lgan bilimlar zahirasini talabalarga ilmiy ma‘lumotlarni bayon etish va
tushuntirishga qaratilgan. 
Ma‟ruza mashg`uloti rejasi
1.Kichik maktab yoshi davri haqida umumiy tushuncha.
 
2.Kichik maktab yoshi davrida o`quvchilarda bilish jarayonlarining 
rivojlanishi. 
3. Kichik maktab yoshi o`quvchilarining jismoniy taraqqiyoti. 
4. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi. 
5. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi. 
Darsning maqsadi:
Kichik maktab yoshining psixologik xususiyatlari, jismoniy va fiziologik 
rivojlanishi. Bolani maktab ta‘limiga tayyorgarligi borasidagi psixologik 
nazariyalar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati xususiyatlari. 
Kichik maktab yoshida muloqot masalasi va o‘zlashtirmaslik sabablari haqida 
ma‘lumotlar beriladi. 
Kichik yoshdagi o`quvchilarning 7-8 yoshdan 10-11 yoshgacha bo`lgan 
bolalar bo`lib,ular boshlang`ich sinf o`quvchilari hisoblanadi.Bu yillarda bolaning 
hayoti va faoliyatida muhim o`zgarishlar yo‘z beradi.Binobarin,ularning 
psixikasida ham sezilarli darajada o`zgarishlar bo`ladi.Bolaning maktabga kirishi 
uning hayotida burilish chog`idir.Bola maktabga kirib o`qiy boshlashi 
bilanoq.uning hayotida asosisy faoliyat o`qish bo`lib qoladi.O`qish o`quvchining
vazifasi,ijtimoiy burchidir.O`qituvchi bilan birinchi uchrashuvdayoqbolalar ko`p 
narsalarni eshitadi va maktabdagi o`qish haqida ko`p narsalarni bilib oladi va 
o`qishning nimaligini anglay boshlaydi.Maktabda bola sistemali ravishda
yangiliklar oladi.Bu o`quvchining kundan-kunga orttirib borayotgan,xilma-xil
mazmundagi bilimlarning manbaidir.Bolaning bilimlarni sistemali ravishda
o`zlashtirib borishi natijasida undagi bilimning doirasi ham kengayib
boradi,aqliy jarayonlar rivojlanadi,shu bilan bir qatorda,bolaning emotsional va 
irodaviy xususiyatlari qayta tarkib topib,rivojlana boshlaydi, Maktabdagi talim 
jarayonining o`zi bolaninig sezgi, idrok, tafakkur, nutq va diqqatlariga yangi 
talablar qo`yadi. Maktabdagi o`qish, tashqiliy muayyan maqsadga qaratilgan ancha 
ixtiyoriy protsesslar talab qiladi.Ko`rish sezgisi bilan idrok maktab ta‘limida katta 
o`rin egallaydi.Gap shundaki, odam tashqi dunyodan keladigan axborotning asrsiy 
qismini ko`rish retseptori faoliyati orqali oladi. Ya‘ni ko`rish retseptori orqali 
olinadigan axborot hamisha boshqa retsnptorlardan keladigan axborotning 8O %
ga to`g`ri keladi. O`quvchilarga dars paytida o`z diqqat e‘tiborini o‘zoqdagi 
predmetlarga doimiy ravishda ko`chirib turishga to`g`ri keladi. 
Masalan:o`quvchi 
diqqatini 
doskadan 
o`qituvchining 
oldidagi 
solga,so`ngra o`zi oldidagi daftarga ko`chiradi.Bu jaorayon aksincha ham bo`lishi
mumkin.Bu faoliyatda har ikkala ko`zni to`xtovsiz ravishda moslashtirish
zararuriyati 
tug`iladi.Bola 
ko`zini 
akkomadatsiya 
qobiliyati 
o`sa 
boradi.Akkomadatsiyaning eng yuqori diopozoni 10 yoshli sh bolalardagina 
ko‘zatiladi. 


45 
Mashg`ulot jarayonida bolada gox o‘zoqqa,gox yaqinga qarashga extiyoj 
bo`ladi.Har ikkala ko`zning simmetrik xolati ham sezilarli darajada boshlang`ich 
ta‘limida takomillashadi.O`qish faoliyatining boshlarida o`quvchilarning 
toliqishlari yuqorida ko`zsatilgan ko`rish sezgi jarayonida akkomadatsiya va 
qonvergentsiya 
aloqasi 
to`la 
garmoniyaga 
ega 
bo`lgan 
xolda 
takomillashadi,toliqish zaiflashadi.Kichik maktab o`quvchilari ranglarni va rang 
tuslarni seza boshlaydilar.E.I.Ignatevning tekshirishlari shuni ko`rsatadiki,asosiy 
rang tomonlarining tusini ajratish murakkab ishdir.Shuning uchun bolalarni bunga
o`rgatish kerak.1-sinf o`quvchilari qizil rangning o`rta hisobda 3 ta tusini,sariq 
rangning 2ta tusini ajrata oladi.Yashil va ko`k ranglarni butunlay ajrata 
olmaydilar.1-inf o`quvchilari,ayniqsa qizlar asosa eng ko`p uchraydigan
qizil,sariq, yashil va ko`k ranglardan iborat 4 ta rangni yaxshi ajratadilar. 
Agar bolalar rangning tuslarini ajratishga maxsus o`rgatilsa,ularda 
ranglarni farqlay olish xususiyati ancha o`sib boradi. 
Masalan bu sohada 20 ta eksperimental mashg`ulot o`tkazilganda, bolalar 
eng och ranggacha bo`lgan ip kalavasini ajratganlar.Ana shundan keyin ular o`rta 
hisob bilan 12 ta qizil, 10 ta sariq,6 ta yashil,4 ta ko`k ranglarni bir-biridan farq 
qila olganlar.Kichik maktab yoshi fonematik eshitish,ya‘ni nuttsqning,eshitishning 
rivojlapnishi va takomillashuvi davridir.O`qish mashg`ulotlari va yozma 
mashqlar o`quvchilarda fonematik eshitishning ancha nozik xususiyatining 
paydo byuo`lishiga yordam beradi. 
Diqqat o`qish jarayonining zarur sharti bo`lib hisoblanadi.Idrokning 
to`laligi,to`g`riligi,tezligi,esda qoldirishning tez va aniqligining diqqatiga 
bog`liqdir.Fikrlash 
jarayonlari 
diqqat 
tufayli 
aniq,mantiqli, 
mazmunli 
bo`ladi.Chunki,o`quvchilarning mutstsaqil ravishda masala echishlari va masala
tushunishdan 
oldin 
ular 
diqqatning 
kuchi 
va 
barqarorligini 
ta‘minlaydi.O`quvchilarning aqliy faoliyatining zarur shartlarini ta‘minlash uchun 
o`qituvchi kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatining xususiyatlarini yaxshi bilishi 
kerak.Diqqat asosiy nerv jarayonlari bo`lgan qo`zg`alish va tormozlanishning yoki 
xususiyatlari to`laligicha namoyon bo`ladigan psixik aktivligining muhim
tomonidir.Qo`zg`alish 
va 
tormozlanish 
jarayonlari 
kitchik 
yoshdagi 
o`quvchilarining bosh miya yarim sharlari po`tsida juda tez paydo bo`ladi.Shu 
sababli agar bir qo`zg`aluvchi bolaning miya qobig`ida qo`zg`alishni vujudga 
keltirsa,2 qo`zg`ovchi bosh miyada juda tezlik bilan yangi qo`zg`alish o`chog`ini
tormozlab qo`yishi mumkin.Bu kichik yoshdagi bolaning diqqatini jud atez va oson 
chalg`itish mumkinligini ko`rsatadi.O`quvchilar diqqatining bu xususiyatining
ularning o`qish materiallarini o`zlashtirishlariga xalaqit beradi.Shu sababli 
o`qituvchi bola diqqatini bunday xususiyatlarini doimo esda tutgan xolda,darsning 
uning bir momenti bilan ikkinchisin bog`lab,utsalik bilan o`tkazishi va bu 
momentlarning bir-birini tormozlab qo`ymasligi uchun darsning har bir bosqichini 
yaxshilab o`ylab ko`rishi kerak.O`qish faoliyati tomonidan qo`yilgan jiddiy 
talablarning bir qismi tabiiy o`quvchilarning diqqatini ishga soladi.O`qish 
jarayonining ta‘siri otsida kichik yoshdagi o`quvchilar diqqatining barcha 
xususiyati va sinflari intensiv ravishda o`sib boradi va bu bilan ixtiyorsiz 
diqqatidan ixtiyoriy diqqatga ko`chsh osonlashadi. 


46 
Kichichk yoshdagi bolalarda emotsiyalik kuchli bo`lib,diqqatga ham o`z 
ta‘sirini o`tkazadi.Agar o`qish materiali o`zining yorqinligi,obrazliligi va jonliligi 
bilan ajralib tursa,diqqat bilan ancha kuchli namoyon bo`ladi.Bu yoshdagi 
o`quvchildar diqqatning darsga jalb qilishning eng muhim sharti o`qitishni 
ko`rgazmali qilish,illyutsratsiyalardan foydalanish hamda o`qituvchi nutqinig 
yorqin,obrazli bo`lishidir.Emotsionallik bir tomondan bola tafakkurining ham 
tanqidiy 
xarakteriga 
ega 
emasligi 
bo`lsa,ikkinchi 
tomondan 
tafakkur 
taraqqiyotining xali uncha yuqori darajada emasligidir.Bularning hammasi kichik 
yoshdagi 
o`quvchilarda 
tashqi 
diqqatning 
namoyon 
bo`lishiga 
sabab 
bo`ladi.Shuning uchun o`qish materialini idrok etishda diqqatning o`zlashtirilishi 
lozim bo`lgan materialining muhim tomonlariga emas,ikkinchi darajali tomonlariga 
qaratiladi. 
Kichik 
yoshdagi 
o`quvchilarda 
ixtiyorsitz 
diqqat 
yuqori 
turadi.Lekin,maktabda o`qish birinchi yiliyoq o`quvchilarda ixtiyoriy diqqatning 
vujudga kela boshlashiga kuchli ta‘sir ko`rsatadi.Diqqatning bu turi 
B.T.Annoevning yozishicha,»… katta odamlar bilan bolalarning birgalika faoliyati 
va tarbiyaning maxsuli bo`lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning yanada yaxshiroq 
o`sishi maktab yoshidagi bolalarda idrok va tafakkurning tarbiyalanishga 
bog`liqdir». Kichik yoshdagi o`quvchilarning ihtiyoriy diqqati to`g`risidagi masala 
bilin K.D.Ushenskiy ko`p shuqullangan. U ba‘zi pedagoglarning, kichik yoshdagi 
o`quvchilarda ihtiyorsiz diqqatning afzalligiga tayangan holda maktabdagi barcha 
o`qish jarayonining faqat qiziqarli va maroqli qilib tashqil etish kerak degan 
fikrlarga qo`shilmagan. 
O`qish faoliyatining birinchi davrlarida o`quvchilarning ixtiyoriy 
diqqatibutunlay o`qituvchining hukumronligida bo`ladi. O`quvchilarning darsdagi 
diqqatini 1-sinf o`quvchilarining o`zlari emas, balki o`qituvchining o`zi tashqil 
qiladi va yo`lga soladi. Masalan, darsda kichik yoshdagi o`quvchi o`z diqqatini 
tarqoqligini enganligini uchun emas, balki o`zi itoat etishga majbur bo`lgan, 
o`qituvchining ta‘siri otsida quloqsolib o`tiradi. Muayyan maqsadga qaratilgan 
barqaror diqqat bolalarda ham uncha rivojlanmagan tarmoqlanish jarayoni bilin 
bag`langandir. 
Ma‘lumki, idrok ham bilim manbaidir. Idrok murakkab aqliy jarayondir. 
Idrokda retseptiv, pertseptiv va appertseptiv tamonlarni ajratish mumkin. Kichik 
yoshdagi o`quvchilarda idrakning o`sishi yuqorida ko`rsatilgan retseptiv, pertseptiv 
va appertseptivdan iborat barcha tamonlarini qayta to`zilishi va o`sishi demakdir. 
O`quvchilar predmetlarni, ularning tasvirini va nutqini idrok qiladilar. 
Bolalar predmetlarni idrok qilishi hususiyati ularni batafsil aniq aks ettirishlari bilin 
harakterlanadi. Bular diqqatning hususiyati bilan tushuntiriladi. O`quvchilar diqqati 
asosan tashqi diqqat harakterida bo`lib, ichki diqqat ularda hali taraqqiy 
etmagandir. Shuning uchun yaxshi tanlangan ko`rgazmali qurol kichik yoshdagi 
o`quvchilarni o`qitishda foydalidir. Kichik maktab o`quvchilariga ta‘lim berishda 
biror ko`rinishni, biror predmetni aks ettiruvchi rasmlar va boshqa ko`rgazmali 
qurollar katta ahamiyatga egadir. 
quyi sinf o`quvchilarning ukish protsessida materialni so`zma-so`z esga 
tusharishlari xam katta urin egallaydi. Bunday esga tushirish yangi programma 
asosida qayta kurilgan yangi maktab xayotida xam zarur urin olmokda. 


47 
O`quvchilarga yangidan-yangi bilimlarini berilishi ular nutqining lugat 
jixatdan tobora o`sib borishni takoza qilayotganidan dalolot beradi. Kichik 
yoshdagi o`quvchilar xotirasining o`sishida ikkta asosiy xarakterli momentlar 
borligini aytib utish zarur. O`quvchilar kupincha ukuv materialini zarur narsa 
tarikasida esda koldirishga va esga tushurishga xarakat qiladilar. Ular bilim 
olishning zaruriyatini tushunadilar, darsga tayyorlanadilar, bir-biriga savol 
beradilar. O‘zlarining dasrdagi javoblarining sifatiga e‘tibor beradilar.
Javoblariga beriladigan baxolarga diqqat bilan qo`lok soladilar. 
Kichik yoshdagi o`quvchilar xotirasining o`sishida ikkinchi xususiyat 
o`quvchilarda abtsrak tafakkurning o`sishi munosabati bilan boglik bo`lgan katta 
o‘zgarishlardan iborat.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga 
tayyorgarlik darajalariga bog`liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor 
bo‘lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o‘ziga xos 
tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og`irligi oyiga 
150 dan 200 gacha, bo‘yi esa 0,5 sm gacha ko‘payadi. 6 yoshli bolalar turli 
tezliklarda, tez va engil yugura oladilar. Ular sakrash, qonkida yugurish, changida 
uchish, so‘zish singari harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo‘yicha 
mashg`ulotlarda bu yoshdagi bolalar xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni 
bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, engil va chaqqon bajara oladilar. Shuningdek, 
6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan 
xalos etish, ko‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e‘tibor berish, shuningdek, 
umurtqa pogonasining to‘g`ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. 
Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar 
organizmi hali o‘sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. 
Masalan, bolani majburan yozishga o‘rgatish hali barmoq muskullari to‘lik, 
rivojlanmaganlik sababli ularga ma‘lum darajada zarar keltyarishi yoki uni chiroyli 
yoza olmasligi, o‘z-o‘zidan bolani o‘ziga nisbatan ishonchini yoki o‘qishga 
nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Keyingisi bolaning aqliy 
tayyorgarligidnr. Ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning ma‘lum bir 
dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari 
tushuniladi. Ushbu bilimlar maktabda beradigan ta‘limga asos bo‘lishi mumkin, 
Lekin so‘z boyligi, ma‘lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning 
maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi 
bolalardan taqqoslay olish, taxlil ega olish, umumlashgira olish, ma‘lum bir xulosa 
chiqara olish, shuningdek etarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. 
Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalaryaigina emas, balki 
organizmning tabiat bilan bog`liqligini va o‘zaro ta‘sirini ham tushunishi va 
o‘zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo‘lib, 
yuqori darajada rivojlangan ko‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi 
predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog`liqlikni ajrata 
olishidir. Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish lozimki, ko‘rgazmali-harakatli va 
ko‘rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning aqliy rivojlanishida ham asosiy funktsiyani bajaradi, Bu 
borada bolada ma‘lum bir ko‘nikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda 
muhimdir. 


48 
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy 
tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog`liq. 
Maktabga o‘kish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini - turli 
majburiyatlari va huquqlari bo‘lgan va unga turli talablar quyiladigan - o‘quvchi 
mavqeini olish uchun tayyor bo‘lmog`i lozim. Katta bog`cha yoshdagi bolalar 
asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj syozadilar, Lekin bu xohish va extiyoj 
motivi turlicha bo‘lishi mumkin. "Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar 
sotib olib berishadi. "Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza 
qilib uynayman?‘, "Maktabda uxlatishmaydi" "Maktabning tashqi ramzlari, 
shubhasiz maktabdagi bolalarni juda qiziktiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli 
o‘qish uchum asosiy sabab bo‘la olmaydi", "Men otamga o‘xshagan bo‘lishim 
uchun o‘qishim kerak", "Yozishni juda yaxshi ko‘raman", "O‘qishni o‘rganama‖ 
"Maktabda qiyin misollarni echishni o‘rganaman". Ushbu xohish va harakat 
bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun tabiiy ravishda asos bo‘la oladi. 
Bolaning endi o‘zini katta bo‘lganini, bog`cha bolasi emas, balki ma‘lum bir 
majburiyatlari bor o‘quvchi bulishnni anglashi, jiddiy faoliyat bilan 
shugullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini 
istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabda shaxsiy va ijtimoiy-psixologik 
tayergarlik balalarda tengdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish 
xususiyatini shakllantirishni ham o‘z ichiga oladi, Har bir bola bolalar jamoasiga 
qo‘shila olishi. ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba‘zi vaziyatlarda ularga 
yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erjsha olishi zarur. Ushbu 
xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini 
ta‘minlab beradi. 6-7 yoshli bolalar o‘qishdagi asosiy qiyinchalik, ko‘pincha bu 
yoshdagi bolalar o‘qituvchini o‘zoq vaqt davomida tinglab olmaydilar. O‘quv
harakatlariga o‘zoq vaqt o‘z diqqatlarini tuplab olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu 
yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning 
kattalar bilan muloqotga kirisha olishi xususiyatiga ham bog`liq. Chunki, shu 
xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar 
haqida suray oladilar. Natijada ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari ortadi va 
o‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan o‘zoq vaqt eshita oladilar. Demak, 
bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-
psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta. 
Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, so‘ngra esa emotsional 
motivatsion yo‘nalish bo‘yicha yangi shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu 
yo‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi. 
Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni o‘zgartirish va 
erkin harakatta keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, 
lingvistik, mantikiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha 
yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning 
qonstruktorlik o‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon bo‘ladi. Bu davrda 
maxsus laeqatlar ko‘qishklarining birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana boshlaydi. 
Bilish jarayonlarida- ichki va tashqi harakatlarning sintezi yo‘zaga keladi. Biron bir 
narsani idrok qilish jarayonida bu sintez pertseptiv harakatlarda, diqqatda ichki va 
tashqi harakatlar va holatlar rejasini boshqarish va nazorat etishda, xotirada esa 
materialni esda saqlab qolish va esga tushirishning ichki va tashqi to‘zilmasini 


49 
bog`lay olishda ko‘rinadi. Tafakkurda esa amaliy masalalar ishining usullarini bitta 
umumiy jarayoniga birlashtirish sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning asosida 
nnsoniy intellekt shakllanadi va rivojlanadi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur 
va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida 
ichki nutq yo‘zaga kelayogganligidan dalolat beradi. Bilish jarayonlarining sintezn 
bolaning o‘z oia tiliii go‘liq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning 
shakllanish jarayoni yakunida boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada 
sodda axloq me‘yorlari va qoidalar egaldaniladi. Bu me‘yor va qoidalar bola 
axloqim boshqaradi. 
Bolaning uning atrofidagi kishilar bilan xilma-xil munosabatlari yo‘zaga 
kelib, bu munosabatlar asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hammasi 
bolaning individualligini tashqil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intellekti, 
balki axloqiy motivatsion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o‘zgarishlari, 
ularning o‘z shaxsiy sifatlari, layohatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini 
anglash, o‘zini-o‘zi anglashi kabi xislarning yo‘zaga kelishi hisoblanadi, 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin