4-mavzu: ILK BOLALIK DAVRI
Mashg`ulot shakli Obzorli-ma‘ruza tushunib olish, esda qolishi kerek
bo`lgan bilimlar zahirasini talabalarga ilmiy ma‘lumotlarni bayon etish va
tushuntirishga qaratilgan.
Ma‟ruza mashg`uloti rejasi:
1. Ilk yoshdagi va bog`gha yoshdagi bolalarning jismoniy jihatdan o`sishi.
2. Ilk yoshdagi va bog`gha yoshdagi bolalarning nerv sistemasining
rivojlanishi.
3. Ilk yoshdagi va bog`gha yoshdagi bolalar psixikasining taraqqiyoti.
Tayanch so`z va iboralar;
Go‘daklik yoshidagi jismoniy taraqqiyotning xususiyatlari. Ilk yoshdagi
extiyojlarning shakllanishi. Bog`gha yoshidagi bolaning jismoniy taraqqiyoti.
Bog`gha yoshidagi bolaning psixik taraqqiyoti. Bolaning psixik taraqqiyotida
uyinning roli. Mexnat va ukish elementlari . Bolalarda kunikma va malaka ,
odatlarning tarkib topishi. Bog`gha yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashning
psixologik masalalari
Darsning maqsadi:
Ilk bolalik davrida fiziologik va jismoniy rivojlanish, harakat va
malakalari, kognitiv va nutqning rivojlanishi. Ilk bolalik davrida nutqning o‘sishi,
ilk bolalik davrida o‘zini anglash haqida ma‘lumot beriladi.
Bola bir yoshgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixik jixatdan tez o‘sadi.
Bu davrda bola kup jixatdan ojiz bo`lib, kattalarning doimiy va to`g`ri parvarish
qilishiga muxtojdir. Bolaning to`g`ri kelgusida soglom bo‘lishi va psixik jixatdan
normal o`sishi uning bir yoshgacha bo`lgan davrda to`g`ri parvarish kilinishiga
bolik bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolaning jismoniy qiyofasi o`ziga xos bo`lib,
kattalarning jismoniy qiyofasidan ancha fark qiladi. Yangi tug`ilgan bola
gavdasining sondan buyingacha bo`lgan qismi juda o‘zun, oyoqlari kalta, boshi
nisbatan katta, buyni kiska bo`ladi.
Katta yoshdagi kishining boshi gavdasining sakkizdan bir qismini, yangi
tug`ilgan bolaning boshi esa gavdasining turtdan bir qismini tashqil etadi. Yangi
tug`ilgan bolaning gavdasi yuqori qismi patski qismiga karaganda ancha o‘zun
bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolaning buyi urta xisobda 48-52 sm bo`ladi. Uning yo‘z
juda kichkina bo`ladi.
Go`dak bir minutda 50-60 marta nafas olib, nafas chikaradi. Ammo katta
yoshdagi kishi esa bir minutda 16-14 marta nafas oladi.Yangi tug`ilgan bolaning
27
nafas olish yo‘li xali juda tor bo`ladi. Bundan go`dakning dastlabki kunlarda toza
va sof xavoga ayniqsa muxtoj ekanligi ravshan kurinib turadi. Bola urniga ungay
xolatda yotkazilmasa kisib yurgaklansa uning nafas olishi uchun kushimcha
kiyinchilik yo‘zaga keladi. Agar bola go`daklik davrida noto`g`ri parvarish kilinsa,
uning skeletidagi turli qismlar turlicha, ba‘zan bolaning biror eri kiyshik bo`lib
o`sishi mumkin. Kupincha bunday kiyshik o`sish umurtkasida sodir bo`ladi,chunki
umurtkasi suyagi juda elatsik va yumshok bo`ladi.
Bir yoshgacha bo`lgan davrda bolaning jismoniy qiyofasida katta
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning vazni va buyi sezilarli o‘zgaradi.
Keyinrok borib, vaznining ortishi bir muncha sekinlashadi.va yoshi
qanchalik ulgaysa , vaznining ortishi shuncha sekinlashadi. Bola bir yoshgacha
uning vazni taxminan 6 kg ga ortsa ( bir yoshli bolada vazn taxminan 9 kg bo`ladi.)
, keyingi 2 y davomida ya‘ni bir yoshdan uch yoshgacha uning vazni 5 kg ga
ortadi.( 3 yoshli bolaning vazni taxminan 14 kg bo`ladi.)
Bola bir yoshga tulguncha uning gavda qismlarining nisbatida xam katta
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning qo`l-oyoqlari , ayniqsa oyogi tez o‘sadi. Kukrak
kafasi o‘zayadi, kukrak kafasining xajmi kengayadi,buyni o‘zayadi, boshi
gavdasiga nisbatan kichikrok bo`lib qoladi.
Bola bir yoshga tulish oldidan uning jismoniy o`sishi atrof-tevarakdagi
sharoitga ancha moslashib qoladi va tashqi muxitning noqo`lay ta‘siriga kamroq
beriladigan bo`ladi.
Ma‘lumki, bolaning psixikasi, xulk-atvori katta yoshdagi kishining
psixikasidan ancha fark qiladi. Uning sababi shuki, bola psixikasining moddiy
negizi bo`lgan nerv sistemasi o`ziga xos xususiyatga egadir.
Bolaning ayniqsa tug`ilganiga bir necha oygina bo`lgan bola nerv
sistemasining quyi bo`limlari katta yoshdagi kishilar nerv sistemasining quyi
bo`limlariga karaganda bekiyos katta rol uynaydi. Nerv sistemasining quyi
bo`limlari ancha ilgari paydo bo`ladi va tezroq etiladi. Shartsiz reflekslar nerv
sistemasining mana shu qismlari orqali vujudga keladi. Shu tufayli chakalokning
dastlabki tamshanish, yutish, so‘lak chiqarish va shu kabi reflekslar qondiriladi.
Bola tug`ilganidanok unda bir kator analizatorlar normal yaxshilab turadi.
Badan analizatori ana shular jumlasidandir. Yangi tug`ilgan bola badanining
sezgirligi katta yoshdagi kishi badanining sezgirligidan kuchlirok bo`ladi. Shu
sababli yangi tug`ilgan bolaga badaniga kattik botmaydigan kiyimlar kiydirish
kerak. Tanasiga tegilsa bola turli xarakatlar bilan javob beradi. To`g`ri bu
xarakatlarning kupchiligi tartibsiz tarzda, lekin juda muayyan shartsiz reflektor
reaktsiyalar xam bo`ladiki, bunday reaktsiyalar fakat yangi tug`ilgan bolalrgina xos
xarakterli reaktsiyalardir. Chakalokning labiga tegishingiz bilan unda darxol emish
xarakatlari sodir bo`ladi.Kaftiga qo`lingizni tegizsangiz u barmoklarini yumib
oladi. Chakalokni ko`tarsangiz xam u qo`liga ushlab olgan barmoklaringizni quyib
yubormaydi.
Robinzon refleksi deb ataluvchi bunday refleks bola bir necha xaftalik
bo`lganida paydo bo`ladi va u ikki oyga to`lganidan keyin esa yuk bo`lib ketadi.
Bola tug`ilgan kundan boshlab , tam bilish analizatori ishlay boshlaydi.
Yangi tug`ilgan bola shirinlikni , achchiqni, nordonni, shurni sezadi. Chakalokka
28
biror narsaning mazasi yokmasa aftini bujmaytiradi. Bola ta‘mi yokmagan narsadan
totinmaslikka xarakat qiladi, ya‘ni yo‘zini ugiradi.
Bola tug`ilgandan boshlab , uning xid bilish analizatori normal ishlay
boshlaydi va shu tufayli xidni fark qila boshlaydi. Sassik , qo`lansa, badbuy
narsalarga nisbatan bolada salbiy reaktsiya paydo bo`ladi.Ta‘m bilish va xid bilish
analizatorlarining faoliyati bolaning ovkatga bo`lgan muxim extiyojni qondirish
bilan chambarchas boglangan.
Bola tug`ilganidan keyin uning qulog`iga azon aytish kerak, shundan keyin
u yaxshi eshitadigan bo`ladi,degan xurofotning bizda paydo bo‘lishiga sabab xam
shu , xakikatdan esa chakalok tug`ilgan paytda qulog`ining eshitmay kolishiga
sabab shuki, qo`lokning ichi ona qornida suyuqlikka tulib qoladi. Bir oz vaktdan
keyin bu suyuqlik yo`qolib , ochiladi.
Ko‘rish analizatorining takomillashmaganligishu narsada xam namoyon
bo`ladiki, bola tug`ilganidan keyin dastlabkivaktda uning ko‘z tur pardasidagi
markaziy qismlargina sezish kobiliyatiga ega bo`ladi.Ko‘z pardasida esa rangni
ajratish apparati bor.
6 oylik bo`lganida bola asosiy ranglarni va eng oddiy shakldagi narsalarni
farklay boshlaydi. Eshitish va ko‘rish analizatorlarining faoliyati mukammal
emasligining sababi shundaki, bola tug`ilgan paytida uning bosh miya po`sti xali
etarli ravishda rivojlanmagan bo`ladi, analizatorlarning markaziy qismlari esa bosh
miya po`stida joylashgan.
Bola usa borgan sari unda juda kup yangi shartli reflekslar paydo bo`ladi.
Bu shartli reflekslar tobora murakkablashib, bola psixikasining o`sishida fiziologik
negiz bo`lib qoladi.
Bolaning bir yoshlik davri uning psixikasining tez sur‘atlar bilan o`sishi
davridir.
Bola tug`ilgan kunlarda uning faoliyati fakat eng zarur extiyojlarni
qondirish bilan cheklanadi. Yangi tug`ilgan bola sutkasiga 20 soatga yaqin uxlaydi.
Fakat qorni ochkaganida, chankaganida, sovukni sezganida uygonadi. Extiyoji
qondirilginidan keyin yana uyquga ketadi. Bu davrda uxlashni bolaning normal
xolati deyish mumkin.
O‘zok ( uxlashdan keyin ) tufayli bola energiyasining asosiy qismi uning
tez o`sishiga va jismoniy jixatdan chinikishiga sarf bo`ladi, chunki yuqorida aytib
utilganidek, bola tug`ilganidan keyingi dastlabki vaktlarda jismoniy jixatdan
ayniqsa tez o‘sadi.
Bola sekin kamroq uxlaydigan bo`ladi va atrofdagi narsalarning ta‘siriga
ko`proq qiziqadigan bo`ladi. Bir oylik bola narsalarning xarakatiga karab, boshini
burishi mumkin, ikkinchi oyga utganda u tovush kelgan tomonga karab boshini
buradi, keyinrok esa ovozni eshitib, gapirgan kishini ko`zi bilan qidira boshlaydi.
Bolaning miyasi tobora ko`proq taassurot oladigan bo`lib qoladi, bu esa
yanada rivojlanishga yordam beradi.
Bu vaktlarda kelib bolada xamma analizatorlarning shartli reflekslari
mutsaxkamlanadi. Ayrim bir butun qilib boglaydigan shartli reflekslar vujudga
kelishi natijasida bola narsani yaxlit xolida idrok qiladigan bo`lib qoladi. U tevarak-
atrofdagi narsalarni idrok qila boshlaydi. Chunonchi , bola tug`ilgandan boshlab,
29
onasining ovozini eshitadi. Badaniga onasining qo`li tekkanini sezadi, onasining
aftini ko`radi.
Bolaning
idroki
bilan
xarakatlari
urtasidagi
boglanish
tobora
mutsaxkamroq bula boradi. Bola aktiv xarakat qilish bilan o`zining juda xilma-xil
xarakatlari bilan tevarak- atrofidagi narsalarni bilib oladi.
Bolada ixtiyorsiz diqqat xam o‘sadi. Bola tug`ilgan paytlarda uning
e‘tiborini asosan o`zining organikextiyojlarini qondiradigan narsalar jalb qilar edi.
Endi bolaning diqqatini ung yaqinrok bo`lgan xilma-xil narsalar jalb qiladi.
Xarakatda bo`lgan yaqinroq tovush chiqaradigan narsalar bolaning diqqatini
ko`proq jalb qiladi.
Bu yangi xarakatlarning paydo bo‘lishi bolaning tevarak-atrofdagi
narsalarni bilishini yanada aktivlashtiradi. Bola o`zining qo`llarini, boshini
timiskalab, ushlab ko`radi. Oyogini qo`li bilan ushlab, ogziga tortadi. O`ziga
yaqin turgan narsaga qiziqib qaraydi, qo`l uzatib, uni ushlab oladi.
Bunday xarakatlarni qila olish bolani quvontiradi, u oyoqlarini pitirlatadi,
quladi, guv-guvlaydi. Ushlab olgan narsasini silkitib ko`radi, so‘ngra uni og`ziga
solmoqchi bo`ladi.
Bola uch-turt xaftalik bo`lganidayok, unda xarakat xotirasining dastlabki
ko‘rinishlari paydo bo`ladi. Birinchi shartli refleksning vujudga kelishi ana shunday
dalolat beradi. Agar bolani emizgan vaktidagidek qo`liga olinsa, u tamshanib,
emishiga xarakat qiladi. Bola xarakatining o‘sa borishi bilan uning xarakat xotirasi
xam o‘sadi. Uch-to‘rt oylik bolada yaqqol obrazli xotira paydo bo`lganligini
kuramiz.
Kattalarning aytgan so`zlarini tushunish bolada xotiraning o`sib
borayotganligini ko‘rsatadi. Olti-etti oylik bola oti aytilgan narsani biladi va uni
ko‘rsatib beradi.
Go`dak xarakatlarining takomillasha borishi uning psixikasining yanada
ko`proq eplashtiradigan bo`lib qoladi. Besh oylik bola yonboshlab agdarilishi,
sungra esa qornini erga berib yota olishi mumkin. 7-8 oylik bola odatda karovotni
yoki boshqa bir narsani ushlab tik tura oladi. Endi murakkabrok xarakatlar qila
boshlaydi. Karovotning setkasini ushlaydi, sungra unga osilib chukkalab turadi.
Oldingi bir oyogini quyib oladi va nixoyat, urnidan turadi.
Jismoniy jixatdan yaxshi usgan bola 9-10 oylik bo`lganidan yura
boshlaydi. Datslab bola biror narsani ushlamay, o`zi mutsakil ravishda tik turadi,
kiyinchilik bilan bo‘lsa xam o‘z muvozanatini saklaydi. Sungra kurka-pisa birinchi
kadamlarini quyib alpinib-tolpinib yura boshlaydi.
Bola 6 oyga to`lganidan keyin xali gapirmasa xam, lekin unda nutqsiz
tafakkur elementlari paydo bo`ladi. Aslini olganda, bola biror narsani yoki kimsani
tanishni urgangan vaktdan boshlab unda tafakkur elementlari bo`ladi. Xar-bir
narsani tanib olish utgan tajriba asosida shu narsani fikrlashni takoza qiladi. Bola
biror yangi narsani bilishi bilan uni ilgari kurgan narsalari bilan takkoslaydi,
ularning bir-biriga uxlashligini yoki bir-biridan farkini belgilab oladi. Nutq paydo
bo‘lishi va o`sishi bilan bolaning tafakkuri yanada o‘sadi.
Bola nutqning o`sishi uchun kerakli asos, uning go`daklik davrida
vujudga keladi. Chinakam nutq go`dakning davridan utgandan keyin shakllanadi,
30
lekin shunga karamay, go`dak bolada nutqning dastlabki belgilari uning psixikasini
utsirishda juda katta rol uynaydi.
Bola 8 oylik bo`lganida kattalarning gapini tushuna boshlaydi. Datslab u
intonatsiyaga va mimikaga ko`proq e‘tibor beradi. Intonatsiyani , ya‘ni ovoz
oxangini o‘zgartirish bilanok , bola kattalarning gapini tushunmay qoladi.
To`g`ri, bir yoshga tulguncha bolaning so`zlari o`ziga xos bo`ladi,
asosan taklid tarikasidagi va tovushga taklid qilib aytilgan so`zlar bo`ladi.
Bola nutqining bunda keyingi o`sishi kup jixatdan kattalarning gapiga
taklid qilish yo‘li bilan boradi. Bola kattalarning so`ziga taklid, yangi so`zlarini
urganib oladi, shu so`zlarni jumla tarikasida boglab ifodalashni o‘rganadi. U
kattalar bilan gaplashish va muomala qilish yo‘li bilan yangi-yangi so`zlarni
o‘rgana boradi.
Bola bir yoshga tulguncha nutq va tafakkurni egallashga birinchi
kadamlarnigina kuyadi. Bola bog`gha yoshiga etguncha uning tafakkuri va nutqi
yanada usa boshlaydi.
Organizmning xayoti va taraqqiyoti uchun mutlaqo zarur bo`lgan tabiiy
extiyojlar tufayli bolada dastlabki xsilar paydo bo`ladi va dastlabki paytlarda uning
xislari shu tabiiy extiyojlar doirasi bilan cheklanadi.
Tuyish yoki ochlik, issiklik yoki sovuk kotish, kanoatlanish , roxatlanish
yoki norozilik tugdiradi.
Bular bolaning tug‘ma xislari bo`lib, bu xislarning fiziologik asosi tabiiy
o‘z-o`zidan saklash shartsiz reflekslari kurinishlarning xissiy formasidir.
Tug`ilgandan keyin dastlabki oylarda bolada chuchish xissi xam paydo
bo`ladi. Bola gavdasining xolati tusatdan o‘zgartirilsa, tusatdan birov bakirib
yuborsa yoki biror narsa takillab ketsa, bola bigillab yiglay boshlaydi. Nafasi kisilib
qoladi. Mimika xarakterli tusga kiradi. Fiziologik jixatdan karaganda bolaning bu
xolatini shu bilan izoxlash mumkinki, bu xolat bosh miya po`stida tormozlanish
prottssessining keng yoyilganligini ifodalaydi, buning natijasida bosh miya
po`stining tartibiga soluvchi faoliyat tuxtab qoladi va endi bolaning xarakatini nerv
sistemasining quyi bo`limlari boshqaradi.
Bolaning xarakatini sikibquyish unda norozilik va xatto gazab xissini
tugdiradi. Aksincha bolaning aktiv faoliyatida bo‘lishi uchun imqoniyat beradigan
xarakat erkinligi , unga xo‘zur baxsh etadi, uni kuvontiradi. Bola yangi narsaga
kizikib karaydi, sungra uni qo`li bilan ushlab kurmokchi bo`ladi, uyinchoklarni
uynaydi, uyinchoklarni tashlab yuborib va ularning takillab tushgan tovushini
eshitib xo‘zur qiladi.
Go`dak davrida bolada kelajak iroda protsesslarining boshlangich
elementlari paydo bo`ladi. Biz bu erda to`la ma‘nodagi iroda protsesslari to`g`risida
xali gapira olmaymiz. Bular iroda protsesslarining fakat ayrim elementlari bo‘lsa
xam, lekin bola irodasining o`sishi katta axamiyatga ega.
Bola 6 oyga to`lganidan keyin uning xarakatlarida kattalarning
xarakatlariga taklid qilish katta rol uynaydigan bo`lib qoladi. Bu vaktda bola o‘z
xarakatlarning maksadini unchalik anglamaydi. Oldingi anglab, sungra xarakat
kilmaydi, balki xarakat bilan maksad ayni vaktda paydo bo`ladi.
Bir yoshga tulish oldidan bolaning nutqi usa borgan sari akli xam tez
orta boradi. Natijada irodaviy protsesslarning yanada tarakkiy etishiga yo‘l
31
ochiladi. Endi u o‘z xarakatlarining maksadini yaxshirok anglaydigan bo`lib qoladi,
kattalarning aytganini qiladi, unchalik murakkab bulmagan iltimoslarini bajaradi.
Mana shularning xammasi irodaning o`sishiga yordam beradi.
Bola bir yoshga etguncha unda dastlabki xam ijobiy, xam salbiy odatlar
paydo bo`ladi. Muayyan vaktda emishga odatlanish juda erta paydo bo`ladi. Bola 6
oyga to`lganidan boshlab, yuvinishga odatlanadi. Shu bilan bir katorda bolada
salbiy odatlar xam «qo`lga o‘rganish» fakat tebratgandagina uxlash, barmogini
ogziga solib surish kabi salbiy odatlar xam juda erta paydo bo`ladi. Shartli
reflekslar odatlanishning fiziologik asosidir.
Bolada yoshlik chogidan boshlabok o`ziga xos xususyatlari borligini
kuramiz. Bu xususiyatlar temperament bilan boglik bo`ladi. Bolaning umuman
xarakatchanligi, ta‘sirlarga tez berilishi, yangi xarakatlarni tez urganib olishi,
bolaning kayfiyati mana shularning xammasida bola temperamentining
xususiyatlari sezilib turadi.
Ma‘lumki, temperament bilan boglik bo`lgan individual xususiyatlarga
tarbiyaviy ta‘sir utkazish juda kiyin bo`ladi. Birok bolaning yoshligidan boshlab bu
ish to`g`ri yo‘lga quyilsa , xar kanday temperamentli bola xarakterida ijobiy
sifatlarni tarbiyalash mumkin.
Birinchi davr- yangi tug`ilgan chakalok ( taxminan 2 oygacha bo`lgan)
davrdir. Bu davrda bola jismoniy jixatdan xali juda zaif bo`ladi, shu bilan birga, u
jismoniy jixatdan nixoyat darajada tez o‘sadi va rivojlanadi. Bu davrda eng asosiy
vazifa , bolani parvarish qilish, uning jismoniy jixatdan normal o`sishini va
rivojlanishini ta‘minlash, uyqu , ovkatlantirish va shu kabilar soxada rejimga rioya
qilishdan iborat.
Ikkinchi davr – go`daklik ( taxminan ikki oylikdan to yura boshlagunga
bo`lgan) davrdir. Bu davrda bolaning psixikasi nixoyat darajada tez o‘sadi.
Kattalarning bu davrda bolaning psixikasini utsirishga muttasil xarakat qilishi
kerak.
Mana shu ikki davrning o`ziga xos xususiyatlarini xisobga olib,bolaning
o`sishida biz yuqorida aytib utgan juda katta muvaffakiyatlarga erishmok uchun
butun shart-sharoitni yaratib bera olamiz.
Shuni alohida ko‘rsatish joizki, 1,6 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun
senzitiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur
harakatlarining yangi ko‘rinishlarini tashqil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil,
sistemali ravishda ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir
ko‘zga tashlanib to‘radigan belgisiga o‘z e‘tiborini qaratadi va predmetlarni shu
belgilariga ko‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi
bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga
o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab ko‘rmasdan,
balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning ko‘rsatgan namunasi,
rangi shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok
etgan xolda tug`ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan
keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega
bo‘lgan juda kup predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm
chizishni boshlagani davrida predmetlarning rangini e‘tiborga olmaydi va o‘ziga
yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha 2,5-3 yoshli bola
32
5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‘g`riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil
rangni (kizil, qovoq sariq, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi
mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan turli xil
narsalarda turlicha namoyon bo‘lishi sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok
etganlari bilan ularning nomlarini aniq bulishlari va o‘z nutqlarida ishlata olishlari
birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan ana shu rang va
shakllarni eslab qolishini talab etishlari birmuncha noto‘g`ridir, buning uchun mos
davr 4-5 yoshlar hisoblanadi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur
operatsiyalari yo‘zaga keladi. Buni bola biror predmetni olishta Harakat qila
olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning
tafakkurlari, asosan, ko‘rgazmali-Harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli
bog`liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi. o‘zidan o‘zoqroq turgan koptokni biron-
bir o‘zunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola, endi mustaqil
ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish
mumkinligini tafakkur eta oladi, Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish
katta o‘rin-to‘tadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan,
soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soatni Ham tushunishi
mumkin, Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, ularda umumiylikni topish bola
uchun birmuncha qiyinroq Hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va
umumlashtirishni tashqil etadi.
2-3 yoshli bolalar ma‘lum bir predmetlarning o‘rniga ularning o‘rnini
bosishi mumkin deb Hisoblagan boshqa narsalardan Ham foydalanadilar. Masalan,
o‘yin jarayonida bola qoshiq yoki termometr o‘rnida, yogochdan yasalgan krovat
yoki mashina o‘rnida foydalanishi mumqin. Bir predmetni boshqasi o‘rnida
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |