39 Tarbiya, 11-sinf Islom dinining tinchlikparvarlik mohiyatini uning muqaddas manbala-
ridan biri hadisi sharifda: “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug‘ ne’matdir-
ki, bundan ko‘p odamlar mahrumdirlar”, deyilganidan ham bilish mumkin
(
Imom Buxoriy ). Ushbu hadisdagi
“Tinchlik va xotirjamlik” barcha insonlar-
ning birlashgan holda tinchlik yo‘lini tutishlari, uni barqaror qilish uchun bor
imkoniyatlarini ishga solishlari va qadriga yetishlari zarurligini bildiradi.
3. Diniy ksenofobiyaning kelib chiqishiga qan-
day omillar sabab bo‘ladi?
4. Islamofobiyaning ma’naviyatga tahdidi
bormi? Fikringizni asoslang.
5. “Kamsitish” mamlakatimiz qonunlarida
qanday huquqbuzarliklarning obyekti bo‘lishi
mumkin?
6. O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha
qancha xalqaro hujjatlarni bajarish mas’uliyatini
zimmasiga olgan?
2020-yil 15-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi va Oliy Majlisi Senati Kengashlarining “Irqiy kamsitishning barcha
shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining O‘ninchi – O‘n ikkinchi davriy ma’ruzalarini ko‘rib
chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish bo‘yicha qo‘mitasi-
ning yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020–2022-yil-
larga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi haqida”gi Qo‘shma qarori qabul
qilindi.
Xristian diniga mansub bir oila ketayotgan avtomobil harbiy harakatlar avj
olgan hududdan o‘tib borardi. Jangarilardan biri ularning avtomobilini to‘xtatib:
“Sen musulmonmisan?” deb so‘radi. Oila boshlig‘i “ha” deb javob berdi. “Unda
Qur’ondan bitta sura o‘qib ber”, – dedi jangari. Oila boshlig‘i Injildan bir oyat
o‘qidi. Jangari ularni qo‘yib yubordi. Yo‘lda borar ekanlar ayoli oila boshlig‘iga:
“Bu nima qilganingiz? Hammamizni xatarga qo‘ydingiz. Agar u odam Injildan
o‘qiganingizni bilib qolsa, nima bo‘lardi?” – dedi. “Qo‘rqma, u Qur’onni bilmaydi,
bilganida jangari bo‘lmas edi”, – deb javob berdi oila boshlig‘i.
1. Nima uchun oila boshlig‘i bunday javob berdi?
?