37
Tarbiya, 11-sinf
AQSHda XIX asrda yuzaga kelgan “Ku-kluks-klan” guruhi
qora tanlilarga qarshi oq tanlilar millatchiligi tufayli tash-
kil etilgan edi. Bu guruh tomonidan qora tanlilarga nisbatan
o‘tkazilgan tazyiq va terrorchilik harakatlari natijasida jami-
yatda anchagina notinchliklar kelib chiqdi. “Oq irqchilik” nomi
bilan mashhur bo‘lgan bu yashirin jamoa AQSHda 1861–1865-yil-
lardagi fuqarolar urushidan
keyin janublik sobiq askar-
lar tomonidan tashkil etilgan edi.
Ular nishonga olgan qora tanli “qurbon”ga eman daraxti
shox-butog‘i yoki apelsin urug‘larini tashlab ketar edilar.
Bu belgini olgan kishi aytilgan ishni qilishi yoki mam-
lakatdan chiqib ketishi kerak edi. Aks holda, uni muqar-
rar o‘lim kutardi.
Ku-Kluks-Klan. AQSHda oq irqchilik harakati.
(Белое движение в США. Рори Маквей)
Ksenofobiya
irqiy yoki
diniy kamsitishlarga
sabab bo‘ladi.
…Kechagina maktab o‘quvchisi, bugun esa chet eldagi nufuzli oliy ta’lim
muassasasining talabasi Sevara xursandchilik bilan yaqinlari va do‘stlari-
ning tabriklarini qabul qilardi. Bo‘lmasam-chi, axir
u uzoq vaqt orzu qilib yurgan mamlakatiga o‘qishga
ketish
arafasida turibdi, Sevara grant yutib oldi. Uning
orzulari ro‘yobga chiqyapti va
tez orada ular sari uchib
ketadi…
Bayramona kayfiyatdagi Sevarani qandaydir
ichki qo‘rquv bosdi. U nimadandir xavotirga tushdi va
cho‘chiy boshladi…
1. Nima deb o‘ylaysiz, Sevara nimadan cho‘chidi?
2. Tasavvur qilib ko‘ring-chi, ichki qo‘rquvda nimalar qamrab olingan?
3. Sevara qanday yo‘l tutishi kerak? Maslahat bering.
?
Ijodiy faoliyat
?
Dostları ilə paylaş: