125
Asar muallifi Saroy kitobdori yirik olim va shoir Mahmud ibn Vali, uni
Amir Xoloti Kosoniy ham deb atashgan.
Muallif «Bahr ul-Asror» asarini 7 jilddan iborat qilib yozishni mo‗ljallagan:
1) Dunyoning yaratilishi, yer yuzidagi tog‗, daryo, dengizlar va ularning xalqi,
hayvonot olami haqida; 2) Islomga o‗tgan payg‗ambarlar va hakamlar; 3)
Muhammad Alayhisalom tarixi; 4) Xalifalar va imomlar tarixi; 5) Abbosiylar bilan
asrdosh bo‗lgan Tohiriylar, safforiylar, somoniylar, g‗aznaviylar, buvayxiylar,
saljuqiylar, xorazmshohlar sulolaridan bo‗lgan Eron va O‗rta Osiyo hukmronlari
tarixi; 6) Chingizxondan ashtarxoniylardan Nodir Muhammadxon davrigacha
Xitoy, Eron va O‗rta Osiyoda bo‗lib o‗tgan voqealar; 7) Movaraunahr, Xuroson,
Eron hamda Hindistonda o‗tgan Amir Temur va uning avlodlari tarixidan iborat.
Asarning bizgacha faqatgina birinchi va oltinchi jildlarigina yetib kelgan.
Bahr ul-Asror oltinchi jildining daslabki uch rukani Rashiddinning mashhur
«Jome‘ ut-tavorix», Mirza Ulug‗bekning «Tarixi arbai‘ ulus», Sharafiddin Ali
Yazdiyning «Zafarnoma», Mirza Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy»,
Hofiz Tanish Buxoroiyning «Sharafnomayi Shohiy» va boshqa yirik
muharrirlarning asarlariga asoslangan holda yozilgan.
Asarda xususan, ashtarxoniylar sulolasining kelib chiqishi tavsiloti berilgan.
Ashtarxoniylar sulolasi asoschisi Joni Muhammad nomi bilan joniylar sulolasi deb
ham yuritiladi. Sulolaning bobokaloni To‗qay Temurdan sulola asoschisi Joni
Muhammadgacha bo‗lgan voqealar, To‗qay Temur ulusi tarixiga doir ma‘lumotlar
berilgan.
Dostları ilə paylaş: