Savol va topshiriqlar:
1.
Ashtarxoniylar va Mang‗itlar tarixiga oid qanday asarlarni bilasiz?
2.
Mang‗itlar sulolasining eng so‗nggi vakili kim edi?
3.
Hofiz Tanish Buxoroiyning «Sharafnomayi Shohiy» asarida qaysi sulola
tarixi yoritilgan?
IX-BOB: O„RTA OSIYO TARIXIGA OID RUS VA YEVROPA
TILLARIDAGI YOZMA MANBALAR
O‗rta Osiyo xonliklarining boshqa mamalakatlar bilan o‗zaro aloqalarida
chet el elchilari muhim rol o‗ynaydi. XVI asr - XIX asrning birinchi yarmida O‗rta
Osiyoga Osiyo va Yevropaning olis hamda yaqin mamlakatlarining turli
podsholari yuborgan ko‗p elchilar tashrif buyurdilar. O‗rta Osiyo va
xonliklarining Moskva davlati bilan elchilik aloqalariga doir ma‘lumotlar katta
qiziqish uyg‗otadi. Yozma manbalarga ko‗ra, 1558 yildan 1702 yilgacha 12 ta
XVIII asr davomida 9 ta rus elchisi ma‘lumdir. Elchilar odatda muayyan siyosiy
muammoni hal etish uchun yuboriladi. Ko‗pincha elchilar savdo bilan bog‗liq
126
muammoni hal etganlari uchun ularga tajribali savdogarlar boshchilik qilganlar.
Ko‗pchilik aloqalar O‗rta Osiyo xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli,
savdoning holati va istiqbollari, savdo yo‗llarining asosiy yo‗nalishlari, qo‗shni
mamlakatlar bilan o‗zaro aloqalar to‗g‗risida axborot, ya‘ni siyosiy ahamiyatga ega
bo‗lgan axborot tolish imkonini berardi. Chunonchi, XVII asrda O‗rta Osiyodagi
rus elchilarining faoliyati O‗rta Osiyo xonliklari to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plash
imkonini berdi. Bunga O‗rta Osiyoga yuborilgan A.Jenkinson, I.D.Xoxlov va
Florio-Beneveni elchiliklari yorqin misol bo‗la oladi.
A.Jenkinson elchiligi
. Moskva davlati mulklarida joylashgan Volga
yo‗lidan O‗rta Osiyo va Eron orqali Hindiston bilan savdo aloqalari olib borish
maqsadida foydalanish masalasi kun tartibiga qo‗yildi. Bunda 1555 yilda paydo
bo‗lib XVI – XVII asrlarda ingliz-rus aloqalari muhim hissa qo‗shgan «Moskva
kompaniyasi» katta rol o‗ynaydi. Bu kompaniya yordamida inglizlar Rossiya
orqali Sharqiy O‗rta Osiyo va Eronga yo‗l ochishga muyassar bo‗ldilar, bu yerda
1558 yilda 7 ta ingliz sayohatchilari tashrif buyurib, ular orasida Xiva va Buxoroga
borgan Antoni Jenkinson ham bor edi. A.Jenkinson to‗g‗risida biografik
ma‘lumotlar juda kam. A.Jenkinson va uning hamrohlari (Richard va Robert
Jonsonlar hamda tarjimon tatar Aziz) sayyohatni 21 oy (1558 y. aprelidan 1559 y.
2 sentyabrgacha ) davom etdi.
A.Jenkinson «Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro
shahrigacha 1558 yildagi sayyohati» bayonini qoldirgan. A.Jenkinson o‗zining
O‗rta Osiyoga bo‗lganligidan Xitoyga olib boriladigan yo‗llar to‗g‗risida
ma‘lumotlar to‗plash maqsadida foydalangan. U Buxoro va butun O‗rta Osiyo
bilan savdo-sotiq imkoniyatlarini oshirib ko‗rsatmagan. A.Jenkinsonning
Saroychik, Xorazm shaharlari – Vazir va Urgench to‗g‗risidagi ma‘lumotlari
qimmatlidir, ular A.Jenkinson bu shaharlarda bo‗lgan Vazir Xorazmning markazi
bo‗lib, Urganch inqirozi yuz tutganligini tasdiqlaydi.
A.Jenkinson va uning hamrohlari Buxoroda uch oy bo‗ldilar. U shahar uning
ijtimoiy va iqtisodiy turmushi, xon hamda uning hokimiyati to‗g‗risida juda
qiziqarli ma‘lumotlar qoldirdi. Jenkinson Buxoroning xalqaro savdodagi roli va
o‗rnini belgilashga katta ahamiyat beradi.
Qo‗lida rus podshosining shahodatnomalari bo‗lgan A.Jenkinsonni
Abdullaxon qabul qiladi. Buxoro xoni Rossiyadagina emas, balki Turkiya,
Angliyadagi ahvol, shuningdek Yevropa armiyalari qurollari bilan ham qiziqadi.
A.Jenkinson, Ridard Jonson bilan birga Buxorodan Xitoygacha boradigan
yo‗llar to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗pladi, Astraxandan Xitoygacha bo‗lgan yo‗lni
aniqladi. Bu elchilikning natijalari Rossiya uchun ham O‗rta Osiyo uchun ham
katta ahamiyat kasb etib, natijada Rossiya bilan O‗rta Osiyo xonliklari o‗rtasida
faol diplomatik savdo aloqalari boshlanib ketgan edi.
127
O‗rta Osiyoga tashrif buyurgan birinchi ingliz sayyoxi va elchisi Antoniy
Jenkinson (1529- 1611yy.) sayoxatlarini 1546 yil 2 oktabrdan boshlab, 1572 yilda
Rossiyaga safari bilan tugalladi. Shu davr ichida u Yevropa, Shimoliy Afrika,
Kichik va Old Osiyoni, shuningdek, Markaziy Osiyoni ham aylanib chikdi. Turli
xalqlarning urf-odatlari va tarixini o‗rgandi. 1555 yilda tashkil topgan ―Moskva
savdo kompaniyasi‖ tarkibida Rossiyaga uch marta (1557, 1566, 1571) sayoxat
uyushtirdi. Dastlabki sayoxatida u O‗rta Osiyoga ham tashrif buyurdi (sayoxatga
uch kema bilan chiqdi va o‗zi ―Primroz" kemasida admiral edi)
.
Sayoxat 21 oy
davom etdi (1558 yilning aprelidan 1560 yilning sentabr oyigacha). U O‗rta
Osiyoga sayoxatini ―Rossiyaning Moskva shaxridan Baqtriyaning Buxoro
shaxriga‖ deb nomladi (kundalik 1562 yilda Londonda nashr etilgan). Antoniy
Jenkinson kundaligida yozganidek, o‗zaro urushlar tufayli Xitoyga bora olmasdan
Buxorodan qaytishga majbur bo‗ldi. Kundaligining ham yuqoridagi singari
nomlanishiga aynan ushbu omil sabab bo‗lgan. Jenkinson sayoxati davomida
tuzgan yul xaritasini "Nova absolutaque Russiae, Moscoviae et Tartariae
Descriptio" (―Rossiya, Muskoviya va Tartaryoning mutlaqo yangi ta‘rifi") nomi
bilan 1562 yilda Londonda kichik xajmda e‘lon qildi. 1570 yilda Abraxam Arteliy
―Yer sharining manzaralari‖ nomli xaritasiga ushbu xaritadagi ba‘zi suratlarni
qisqartirgan xolda kiritgan. Xaritada Buxoro xukmdorining ham suratini ko‗rish
mumkin. Surat ostiga "Blag Chan" deb yozilgan. Ushbu asarda Buxorodan tashqari
O‗rta Osiyoning Urganch (Urgence), Vazir (Sellisure), Qiyot (Kait), Toshkent
(Taskent) shaxarlari va ularning xukmdorlari xaqida qiziqarli ma‘lumotlar
keltirilgan. Buxoroda o‗tgan ikki oydan ortik vaqt ichida Jenkinson shaxar savdosi
va pul muomalasi borasida aniq fikrlarni bildirgan xolda, xukmdorning qochib
ketishi, shaxar axolisi xaqidagi ba‘zi fikrlari tarixiy xaqiqatga to‗g‗ri kelmaydi.
Buxoroning joylashuvuni, daryolar va boshqa ba‘zi xabarlarni yozishda Jenkinson
bu yerga kelishidan oldin o‗ziga ma‘lum bo‗lgan ma‘lumotlardan foydalanadi.
Uning gijja kasalligi xaqidagi ma‘lumotlaridan keyingi davrda kelgan sayyoxlar
ham foydalanishgan. Aynan ushbu kasallik turli davrda kelgan sayyoxlarni
qiziqtirgan. Jenkinson o‗z kundaligida Buxoro xaqida quyidagilarni yozib
qoldirgan:
23 dekabr kuni biz Baqtriya xududidagi Buxoro (Boghar) shaxriga keldik.
Ushbu shaxar o‗lkaning pastlik qismida joylashgan bo‗lib, baland devor va
darvozalar bilan o‗ralgan. Darvozalarning ikkitasi bizni xon qarorgoxiga, bittasi
esa savdo rastalariga olib boradi. Bu yerda har bir xunarmand o‗zining joyi va
aloxida do‗koniga ega edi. Shaxar juda katta, uylar, asosan, xom g‗isht va
guvalalardan qurilgan. Ammo, toshdan qurilgan uylar ham kam emasdi.
Ibodatxona va saroylar salobatli va jim-jimador qilib qurilgan. Ayniqsa
hammomlar moxirona ishlangan bo‗lib, ularning tengi boshqa joyda yo‗q. Ular
128
xaqida to‗liqroq gapiradigan bo‗lsam, uzoq xikoya bo‗ladi. Shaxarning o‗rtasidan
kichik anxor oqib o‗tadi. Anxorning suvi loyqa bo‗lib, Buxoroda tug‗ilmagan har
qanday kishi uning suvidan ichsa, tirnoqlari ostida va etida qurt (gijja) paydo
bo‗ladi. Uni faqat mahoratli jarroxgina et orasidan olishi mumkin. Agar shu
jarayonda qurt uzilsa, har kuni bir dyumga o‗sib boraveradi. Qurtning qolgan
qismi oxiri kelmaguncha aylantirib olinaveradi. Muolaja jarayonida bemorga toza
suv va ot sutidan boshqa xech
narsa berilmaydi. Kimdir qoidani buzib boshqa
biror bir ichimlikni iste‘mol qilsa ochiq bozor maydonlarida qamchi bilan urib
jazolangan. Aloxida shu ish bilan shug‗ullanadigan harbiylar xar bir uyni tintib,
uydan topilgan spirtli ichimlik, vino yoki asalga turli maxsulotlar qo‗shib
ishlangan ichimliklarni topishsa, idishlarni sindirishgan va ichimlik tarkibi
buzilgan. Agarda uy egasining nafasidan ham ichimlik hidi sezilsa, o‗sha yerda
urib jazolangan.
Buxoroning diniy rahnamosi (metropolitane) bu qonunning amal qilishini
qat‘iy nazorat qilgan. U xondan ham yuqori turgan, u xoxlagan vaqtida xonni
almashtira olgan. Xozirgi hukmdor ham uning ixtiyoriga ko‗ra davlatni
boshqaryapti. Uning buyrug‗i bilan oldingi hukmdor o‗z yotog‗ida o‗ldirilgan.
Forslar ham musulmon bo‗lishiga qaramasdan, Buxoro shu kunlarda ular
bilan shafqatsiz diniy urush olib bormoqda. Forslarning buxorolik yoki ba‘zi
tatarlar kabi soqollarini qo‗ymasliklari urushga sabab bo‗lgan. Bu esa
musulmonlarda katta gunoh hisoblangan. Shuning uchun forslarga ishonishmagan
va xristianlar kabi ularni ham kofir deb bilishgan.
Buxoro hukmdori u qadar boy ham qudratli ham bo‗lmagan. Uning
daromadi ko‗p bo‗lmay, xazinaning katta qismi shaxar xisobidan to‗ldirilgan.
Hunarmand savdogarlardan daromadining 1/10 qismi soliq sifatida olingan. Bu esa
xalqni tobora kambag‗allashuviga olib kelgan. Soliqlar yig‗ilishi ustidan hukmdor
qattiq nazorat qilgan. Xazina kamaygan taqdirda, hukmdor darxol amaldorlarni
yuborib, noqonuniy tarzda savdogarlarning mollarini ham qarzi evaziga tortib
olgan. Men olib kelgan o‗n to‗qqiz bo‗lak (to‗p) matoning pulini to‗lash uchun
ham hukmdor xuddi shunday yo‗l tutdi. Xonlikda kumush va mis tangalar
ishlatilib, oltin umuman ishlatilmagan. Bir kumush tanga 12 ingliz pensiga, mis
tanga pul (Poole) deb atalib, 120 pul 12 pensga teng bo‗lgan. To‗lovlarda
kumushga nisbatan mis tangalar ko‗proq ishlatilgan. Kumushning bahosini xon har
oyda bir marta o‗zgartirgan. Ba‘zan narx oyiga ikki marta ham o‗zgartirilgan.
Xalqni qiynalishi bilan hukmdorning ishi ham bo‗lmagan. U hatto qancha vaqt
hukmronlik qilishini ham bilmagan. Xonlar 2 yoki 3 yil davlatni boshqarishgan
ba‘zan ularni xalq xaydab yuborishi ham mumkin bo‗lgan. Bularning barchasi
xalqni va
savdogarlarni xonavayron bo‗lishiga olib kelgan.
26 dekabrda menga xon xuzuriga kelish buyurildi va men unga rus podshosi
129
tomonidan berilgan yorliqlarni taqdim etdim. U meni muloyimlik bilan qabul kildi
va birgalikda tushlik qilishga taklif etdi. Xon mening orqamdan bir necha bor
odam yuborib, podshoxning qudrati (Ivan IV) va turk sultoni, shuningdek bizning
mamlakatlarimiz, qonunlarimiz va dinimiz xaqida men bilan maxfiy xonada suxbat
olib bordi hamda meni bizning qurollarimizdan uning oldida otishni buyurib, o‗zi
ham ulardan otishni mashq qilar edi.
Shunday bo‗lsada, men varvar hukmdorini maqtashga majburman, xolbuki u
Buxoroga kelayotganimizda bizni talagan o‗g‗rilarga qarshi 100 nafar yaxshi
qurollangan askarlarni yubordi va o‗g‗rilarni topib qatl qilishni buyurdi. Sahroning
ichkarisidan topilgan o‗g‗rilarning bir qismi urib jazolandi, qolgani esa qochib
ketdi. O‗g‗rilarning 4 tasini xonning xuzuriga olib kelishdi. Ularning ikkitasi biz
bilan bo‗lgan to‗qnashuvda og‗ir yaralangan edi. Xon bizga odam yuborib,
o‗g‗rilarni aniqlashni buyurdi. Shundan so‗ng bu to‗rttalasini saroy darvozasi
yuqorisiga osishdi. Qaroqchilar obro‗li kishilarning
farzandi bo‗lishiga
qaramasdan, xon ushbu ishni amalga oshirdi. O‗g‗irlangan mollarni ozgina qismini
olishga muyassar bo‗ldik. Xondan faqat shu yaxshilikni ko‗rdim.
Har yil Buxoroda bir marotaba savdogarlarning yig‗ilishi bo‗ladi. Xindiston-
Eron, Balx (Balgh) va boshqa bir qator yirik mamlakatlardan katta savdo
karvonlari keladi. Oldinlari tinch va chegaralar ochiq vaqtda Xitoydan ham
karvonlar kelgan. Savdogarlar shu qadar kambag‗al ediki, ularning kam
miqdordagi mollari 2-3 kunlab sotilmay qolardi. Chunki, bu tovarlar katta foyda
keltirmagan. Xalqqa zarur mollar quyidagi davlatlardan olib kelingan. Hindlar,
tatarlar boshlariga o‗raydigan harir oq mato va boshqa sifatli matolar, paxtadan
tikilgan ko‗ylaklar olib kelishgan, ammo ular oltin, kumush va qimmatbaxo toshlar
va xushbuy ziravorlarni olib kelishmagan. Mening aniqlashimcha, bu mollar
portugallar nazorati ostida okean orqali boshqa joylarga olib ketilgan. Hindlar
Buxorodan ipak mato, teri xom-ashyosi, qul, otlar va movut olib ketishgan. Bu
mollar ularga juda kam daromad keltirgan. Men Hindistonning turli joylaridan,
Bengaliya va Gang bo‗ylaridan kelgan savdogarlarga o‗zimdagi matolarni
olishlarini taklif qildim, ammo ular olishmadi.
Buxoroda bo‗lganimda Xitoydan tashqari ko‗plab turli buyuk davlatlardan
karvonlar keldi. Sababi men kelishimdan uch yil oldin Xitoy tomonda urush
boshlangan ekan. Bu urush xozir ham davom etmokda. Urush ikki tatar davlatlari
o‗rtasida Xitoy chegarasidagi cho‗l hududlarida bo‗layotgan edi. Urushayotgan
shaxarlarning biri Toshkent (Taskent), ikkinchisi Koshg‗ar (Cascar) deyilgan.
Toshkentda yashovchi xalqlar qozoqlar (Cassack) bo‗lib, ular islom diniga
sig‗ingan, urush olib borayotgan Qashg‗arni xonlar (Qings) boshqargan. Ularning
tili x,am dini ham bir bo‗lgan. Bu varvar xalqlari juda kuchli edi, ular cho‗lda
yashashgan. Ularning doimiy uyi ham, shaxri ham bo‗lmagan. Ammo, ular katta
130
shaxarlarni talashgan. Bu xalqlar yo‗lini shunday to‗sishgan ediki, xech bir karvon
talanmasdan o‗ta olmasdi, Biz shu yerdaligimizda bir narsaga amin bo‗ldimki,
urush davomida xech kim ushbu yo‗ldan o‗tayotgan karvonlarni himoya qilmagan.
Xitoydan chiqqan karvonlar yul ochik vaktda ham 9 oyda Buxoroga kelishgan.
Men
Xitoy
xaqidaga
xikoyalarni
va
eshitganlarimni
bizning
uchrashuvimizda aytishni afzal ko‗rdim. Buxoroda qish mavsumida dam olayotib,
bu yerdagi savdo haqida ko‗p surishtirganimdan so‗ng, bu yerda ham savdo boshka
o‗lkalar savdo-sotig‗iga o‗xshashligi bilan tanishdim. Barcha karvonlarning ketish
vaqti keldi, boshqa tomondan, xon urushga otlangan yoki qochib ketganligi xaqida
gap tarqaldi. Diniy raxnamo shahar qamal qilinishi mumkinligi haqida meni
ogoxlantirib, shaxardan chiqib ketishimni tavsiya etdi. Men esa o‗z sayoxatimni
boshqa yo‗nalish bo‗yicha davom etishga qaror qildim va Buxorodan Eronga
borib, u yerda olib borilayotgan savdo-sotiqni ko‗rish uchun otlandim, vaxolanki,
men u xaqida Astraxan va Buxoroda yetarli darajada ma‘lumotga ega bo‗lib, Eron
savdosi ko‗p jihatidan Tataristonnikiga o‗xshashligiga ishonch xosil qildim.
Birinchidan, sufiylar va tatar xonlari o‗rtasida katta urush boshlangan edi. Natijada
yo‗llar to‗silgan va Hindiston hamda Erondan yorliq bilan kelayotgan savdo
karvoni talangan ekan. Buxorogacha 10 kunlik yo‗l narida karvonning katta qismi
o‗g‗irlangan va o‗ldirilgan edi. Boshqa tomondan, xondan ham yuqori turgan
Buxoroning diniy rahnamosi rus podshosi tomonidan menga berilgan yorliqni oldi,
ushbu yorliqsiz meni har qanday mamlakatda kul qilishlari mumkin edi. Nixoyat,
xon va amaldorlar qarzlari evaziga olgan movut va mollar Eronda ham sotilmadi.
Yuqoridagi vaziyat va turli sabablarga ko‗ra men Kaspiy dengiziga borib, shu
yerdan ortga qaytishga majbur bo‗ldim. Shunday qilib, biz 1559 yil 8 martda
Buxorodan 600 tuya bilan yo‗lga chiqdik. Belgilangan vaqtda chiqmaganimizda
edi, men va do‗stlarimning xayoti va mollari xavf ostida qolishi mumkin edi. Biz
yo‗lga chiqqanimizdan 10 kun o‗tib, Samarqand hukmdori Buxoroga keldi.
Xukmdor mamlakatni 2 yoki 3 yildan ortiq boshqarishi mo‗jiza xisoblangan.
Biror bir yurt xukumdori boshqa yerga ketganda, shu sulolaning boshqa vakili bu
yerni 3-4 yil qamal qilib turgan. Bunday bosqinchilik xonlar o‗rtasida odatga
aylangan edi.
Antoniy Jenkinsonning ushbu sayohati Yevropa olimlarini, ayniqsa,
kartograf va etnograflarni bugungi kungacha qiziqtirib kelmoqda. Keyingi
asrlarning mashxur sayyoxlariga ushbu kundalik qo‗llanma vazifasini bajardi.
Kundalik Abdullaxon II ning hokimiyatga kelishi va hukmronligining dastlabki
davri muammolarini o‗rganishda asosiy manbalardan xisoblanadi. Shuningdek,
O‗rta Osiyoning o‗rta asrlar tarixida mavjud bo‗lgan muammolar (o‗zaro sulolaviy
kurashlar, diniy urushlar) o‗lkaning savdosiga, madaniyatiga, umuman olganda,
yangi tarixiy taraqqiyot bosqichiga ko‗tarilishiga salbiy ta‘sir etganligi kundalikda
131
o‗z baxosini topgan.
Dostları ilə paylaş: |