Kreativ-pedagog pdf


Individuallik va tashabbuskorlik



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix22.09.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#147093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kreativ-pedagog www.sadikov.uz

4. Individuallik va tashabbuskorlik
Ta’limning eng katta maqsadi “Qanday qilib biz shaxslarni
o‘qitamiz?” degan savolga javob topish, axborot va texnologiyalar
davri tamoyillariga amal qilishdir. Ta'lim tizimi talablariga
muvofiq, o‘quv dasturida belgilangan mavzuni agar o‘qituvchi
xohlasa, juda qiziqarli, ta’sirchan va sinfdagi barcha o‘quvchiga
tushunarli, ya’ni o‘zlashtirish uchun oson va qulay tarzda talqin
etishi mumkin.
5. O‘zingizni qadrlang
Bugun o‘qituvchi o‘z shaxsiyatini va xavfsizligini qadrlashi muhim.
Jamiyatda obro‘li ustozlargina obro‘li shogirdlarni yetishtira
oladilar. Ustozning kayfiyati, muomalasi, yurish-turishi,
o‘quvchilarining bilim olishga ishtiyoqlarini qo‘llab-quvvatlab
turishi, rag‘batlantirishning turli usullaridan foydalanish sirlarini
egallaganligi ko‘p hollarda dars sifati va samarasiga bevosita ta’sir
qiluvchi omil sanaladi.


Darsda o'qituvchilar yo'l qo'yadigan 5 ta xato
1-xato: Faqat darslik bilan cheklanish
Aksariyat o’qituvchilar mavzuni faqatgina darslikda qanday
berilgan bo’lsa xuddi shunday qilib gapirib beradi yoki yozdiradi.
Naqadar zerikarli! Bugungi kun o’quvchisi darslikdagi
materiallarga qanoat qilmaydi. Zamonaviy o’qituvchi o’quvchilar
hurmatini qozonish uchun yangi bilimlar bilan qurollanib borishi,
mavzuni hayotiy voqealar asosida dalillashi lozim. Darslikka
bog’lanib qolmaslik va darslikdan uzoqlashmaslik kerak.
2-xato: Barchaga birdek yondoshmaslik
Ba'zi o’qituvchilar fan olimpiadasiga tayyorlayotgan o’quvchilariga
nisbatan e’tiborliroq bo’lib, boshqa o’quvchilarni unutib qo'yshi bu
xatodir. A’lochi odobli o’quvchilarni, boshqa o'zlashtirishi biroz
sust o’quvchilardan ustun qo’yish ham yaramaydi. O’qituvchi ilm
ziyosini barchaga birdek ulashishi darkor.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin