133
Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan talabalarni shaxsga
yoʻnaltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali
foydalanish mumkin. Pedagoglar kompyuterdan mashgʻulotga metodik
materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni oʻqitishda zarur kompyuter
dasturlaridan foydalanishda, talabalar bilan individual ishlash jarayonida ham
foydalanadilar. Kompyuter dasturiy vositalariga kiritilgan interfeysning
qulayligi, pedagoglarga yangi axborot texnologiyalarini yaxshi oʻzlashtirishlari
imkonini yaratadi. Bu bilimlarni uzatishda, malaka va koʻnikmalarni
shakllantirishda katta ahamiyatga ega.Kompyuter texnologiyalarining oʻquv
jarayonida asosli qoʻllashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va
eksperimentlarning kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir.
Kompyuter yordamida maʻlumotlarni qayta ishlash, model va natijalarning
namoyishi, koʻp hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga boʻlgan
ehtiyojni oʻrnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim
oʻtkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni
modellashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.
Dostları ilə paylaş: