138
Bir paytning oʻzida dunyoning turli nuqtalaridagi mutaxassislarni
virtual konferens xonaga yigʻish.
Turli — matnli, audio va videoli
maʻlumotlarni uzatish.
Birgalikda maʻlumotlarni koʻrish.
Boshqalarni koʻrish va ularning
fikrini eshitish va umuman muhokamada aktiv
ishtirok etish.
Operativ ravishda maslahatlar (konsultatsiyalar) 6erish yoki olish
Demak, videokonferensiya birgalikda maʻlumotlarni interaktiv holda
(bir paytning oʻzida) koʻrish, eshitish va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi
Internet anjumanidir.
Hozirgi kunda bu anjuman oʻqishda (masofadan oʻqitish), meditsinada
(telemeditsina), boshqarishda (elektron ofislar), ehtiyotlash tizimlarida va
boshqa turli sohalarda juda qoʻl kelmoqda. Faraz qilaylik, siz bir muammo bilan
ishlamoqdasiz, va uni boshqa mamlakatdagi hamkasblar bilan muhokama
qilmoqchisiz. Bir joyga yigʻilish uchun mablagʻ va vaqt zarur. Internet
yordamida bu muammoni tezgina muhokama qilib hal qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: