KORPORATIV BOSHQARUV - qonunchilik, me’yorlar va xususiy sektorning
mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasiga tushuniladiki,
ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali
faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi. Oqibatda aksiyadorlar,
boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya
qilgan holda o'z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy
qiymatni ko'paytirish orqali o'z mavjudligini saqlab qolishni
ta’minlaydi.
KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSI - ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar
va ichki me’yorlar yig'indisi bo'lib, korporativ munosabatlarning
tartibini o'rnatadi va tartibga soladi. Kodeks korxonadagi korporativ
boshqaruvningbarcha muhim elementlariga taalluqli bo'Igan asosiy
me’yorlar va tavsiyalardan tarkib topishi kerak. Emitentlarning
Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi qimmatli
qog'ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga
intilishidir.
KORPORATIV BOSHQARUV ORGANLARI - aksiyadorlar umumiy
yig'ilishi; kuzatuv kengashi (direktorlar kengashi); ijroiya organi.
KORPORATIV BOSHQARUVDA DAVLAT ISHTIROKI BO'YICHA
AMERIKA MODELI - model, odatda, ishlab chiqarish sektorida
davlatning ulushi kichik bo'Igan mamlakatlarda qo'llaniladi. Ularda
davlat aksiya paketlarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi
kompaniyalargaberishxususiyatlidir.Mazkurmodelda“Jamoatchilik
uchun ochiq korporatsiyalar” mavjud bo'lib, ular mos ravishda
tarmoq departamentlari va vazirliklarga bo'ysunadi.
KORPORATIV BOSHQARUVDA DAVLAT ISHTIROKI BO'YICH A I
ITALIYA MODELI - korxonalarda davlat ulushi katta bo'Igan
davlatlarga xosdir. Davlat korxonalari va davlat aksiya paketlarini
boshqarish uchun davlat mulki vazirligiga qarashli ko'p tarmoqli
xolding kompaniyalari tashkil qilinadi.
KORPORATIV BOSHQARUVDA RISKNI BOSHQARISH MAQSADI -
har qanday yomon vaziyatlarda ham gap aslo bankrotlikka tushish
haqida emas, balki faqat foydaning birmuncha kamayishi haqida
ketishiga erishishdir.
KORPORATIV BOSHQARUVNING BOSHQARUV QOIDALARIDA
AD OLATLILIK TAMOYILI - halol raqobatchilik sharoitida
kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi
va shu bilan birga, barcha qatnashchilar, shu jumladan, minoritar
aksiyadorlarning huquqlarini ham ta’minlashi lozim. Barcha
J
Dostları ilə paylaş: