Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/33
tarix22.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#147431
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati


1 71


olinishiga qaramasdan u ehtimollik, dastlabkilik xarakteriga egadir. 
Mamlakatyokianiqbirmintaqaiqtisodiyvaijtimoiyrivojlanishining 
kompleks dasturi bashoratlashning asosidir. Shu bilan birgalikda 
bunda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan cheklanish (og'ish)lar, 
hukmron tendensiya (oqim)lar va ularni farq qilish sohalarini 
aniqlashga ham e’tibor bermoq lozim. Bashoratlash shoshilinch 
(operativ, bir oygacha), qisqa muddatli (bir yilgacha), o ‘rta muddatli 
(besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) kabi turlarga 
bo'linishi mumkin. Xilma-xil davriy gorizontlarga (ufqlarga) ega 
bo'lgan istiqbolni belgilashning (bashoratlashning) mazmuni 
istiqboli belgilanayotgan jarayonlarning tabiati bilan belgilanadi: 
qanchalik barqarorlik bo'lsa, bashoratlash gorizonti (ufqi) 
shunchalik keng bo'ladi. Bashoratlash hisob-kitob qilinayotganda 
o'tgan davrlarda soliqlarning qanchalik tushib turganligini 
xarakterlaydigan haqiqatdagi dinamik qatorlar ham hisobga olinishi 
kerak.
SOLIQ, YUKI - mablag'larni boshqa foydalanish mumkin bo'lgan
yo'nalishlardan olib, soliqlarni to'lash uchun yo'naltirish orqali 
vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo'lib, odatda, 
soliq to'lovchining muayyan davrda budjetga to'langan soliqlar va 
boshqa majburiy to'lovlarning yig'indisi sifatida namoyon bo'ladi. 
Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasi soliqlarning yalpi ichki 
mahsulotdagi salmog'i orqali ifodalanadi.
SO LIQ YU KIN I YENGILLASHTIRISH - soliqlarning foiz stavkalarini
kamaytirish va imtiyozlar yaratish.
SOLIQ, YURISDIKTSIYASI 
-
davlat 
soliq 
organlarining 
huquqiy
masalalarni va soliq huquqbuzarligi to'g'risidagi ishlarni hal 
qilish bo'yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga 
ko'ra) belgilangan vakolatlari yig'indisi. Bu vakolatlar ikki me’zon 
bo'yicha aniqlanadi: l ) rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o'z 
navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab 
beradi. Barcha mamlakatlarda bu me’zonlami qo'llashda yagonalik 
bo'lmaganligi uchun ikki marta soliqqa tortish muammosi vujudga 
keladi. Me’zonlarni tanlash har bir mamlakatning milliy manfaatlari 
bilan bog'liqdir. Ayrim mamlakatlar amaliyotida bu me’zonlarni 
turli variantlarda kombinatsiya qilib qo'llash keng tarqalgan. 
Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada asos sifatida rezidentlik 
me’zoni olinsa-da, u mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog'liq 
ravishda hududiylik mezoni bilan to'ldirilgan. Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida esa soliq yurisdiktsiyasi ustuvorlik bilan hududiylik


me’zonini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Fransiya, 
Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning soliq amaliyotida ham 
muhim ahamiyat kasb etgan.
SOLIQLAR - davlatning korxona va tashkilotlardan hamda aholidan undiradigan
pul mablag'laridir. Soliq ikki vazifani o'taydi: fiskal va iqtisodiy. 
Uning fiskal vazifasi asosiy bo'lib, u hamma davlatlarga xos. U 
davlat pul daromadlarini shakllantirishi va davlat harakati uchun 
moddiy asos yaratishdan iboratdir. Iqtisodiy vazifasi soliqlar ishlab 
chiqarishni tartibga soluvchi vosita sifatida qo'llashda namoyon 
bo'ladi. Uning yordamida iqtisodiy o'sish sur atlarini tiyib turish yoki 
rag'batlantirish kapital jamg'arishni ko'paytirish yoki susaytirish, 
aholining to' lashga qodir talabini o'stirish yoki kamaytirish mumkin. 
Iqtisodiy mohiyatiga ko'ra soliqlar to'g'ri va egri soliqlarga bo'linadi. 
To'g'ri soliqlar to'g'ridan-to'g'ri ochiq daromad yoki mulklarga 
solinadi. Bu turdagi soliqlarga korxona va tashkilotlardan olinadigan 
daromad solig'i, mol-mulk daromadi, aholidan daromad solig'i va 
boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Egri soliqlar tovar mol- 
mulki narxidan qimmatga, ustiga qo'yib sotish yordamida davlat 
xazinasiga kelib tushadigan soliqlardir. Masalan, aksizlar, bojlar va 
boshqalar.
SOLIQLAR KLASSIFIKATSIYASI 
-
soliqlarning 
undirilish 
uslubi,
qo'llaniladigan stavkalarning xarakteri, soliq imtiyozlari, soliqqa 
tortish manbai va obyekti kabibelgilar bo'yicha guruhlarga ajratilishi 
(bo'linishi). Belgilanish uslubiga ko'ra soliqlar to'g'ri (bevosita) va 
egri (bilvosita) soliqlarga bo'linadi. Daromad solig'i, foyda solig'i, 
resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i kabilar to'g'ri (bevosita) 
soliqlardir. Egri (bilvosita) soliqlar xo'jalik aktlari va aylanmalari, 
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan vujudga keladi. 
Qo'shilgan qiymat solig'i, boj to'lovlari, aksizlar, qimmatbaho 
qog'ozlar bo'yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar 
ana shular jumlasidandir. Soliqqa tortish manbalari bo'yicha ham 
soliqlar guruhlanadi: ishlab chiqarish xarajatlarining (tannarx) 
ning tarkibiga kiruvchi, foyda (daromad) dan olinuvchi va boshqa 
soliqlar. Soliqqa tortish obyektlari bo'yicha soliqlar klassifikatsiya 
qilinganda ular quyidagi guruhlarga bo'linadi: mulk soliqlari, resurs 
soliqlari (er solig'i ham shu guruhga kiradi), daromad yoki foyda 
solig'i, harakat soliqlari (xo'jalik aktlari, moliyaviy operatsiyalar, 
realizatsiya bo'yicha aylanmalar, bazi bir qolgan soliqlar va bir 
martalik yig'imlardan iborat bo'Igan soliqlar.

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin