34
aytiladi. Uzel – yig‘ma buyum bo‘lib, unga detallar, materiallar,
ikkinchi, uchinchi darajali uzellar va ustaxonada yasalmay, balki tayyor
holda olingan buyumlar kiradi. Tarkibiga boshqa
uzellar kirmaydigan
uzellar
oddiy
, tarkibida boshqa uzellar bo‘lgan uzellar
murakkab
uzellar
deyiladi. Masalan, bir necha detal yelimlab yasalgan brusok oddiy uzel,
shkafning tortma yashigi murakkab uzeldir.
Duradgorlik buyumlarining detal va uzellari turli nomlar bilan ataladi.
Masalan, stulning oyoq bog‘lagichlari, orqa suyanchig‘i va o‘rindig‘i
uning detallaridir. Shkafning devorlar, eshikchalar,
qopqoqlar, asoslar,
surilma yashik va tokchalari uning asosiy elementlaridir.
Duradgorlik buyumlarida detal hamda uzellar bosh konstruktiv
rol o‘ynaydi va buyumlar konstruksiyasining asosini tashkil qiladi.
Bunday buyumlarning detal va uzellarini oshiq-moshiq bilan biriktirish
mumkin.
Brusoklar duradgorlik buyumlari konstruksiyasida keng qo‘llani-
ladigan turli shakldagi zagotovkalardir. Brusokning yog‘ochi yillik
halqalari joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan
ingichka qismi qirra, keng
qismi esa qatlam deyiladi. O‘ng qatlam doimo yog‘ochning o‘zagi
yonida, chap qatlam esa uning atrofida joylashadi.
Brusokning yog‘och tolalarini to‘g‘ri burchak ostida qirqish natijasida
hosil qilingan sirti
tores
, to‘g‘ri burchakdan kichik yoki katta burchak
ostida qirqish bilan hosil qilingan sirti
yarim tores
deyiladi.
Detal qirrasining o‘tkir qirqilgan yon qismi – qovurg‘asi
faska
deb
ataladi. Faska materialning tashqi ta’sirga qarshiligini oshiradi.
Duradgorlik buyumlarini yasashda
texnik-iqtisodiy va estetik
talablarni, ularni tayyorlashda ishlatiladigan materialning texnologik
va fizik xossalarini hisobga olib, konstruksiyalanishi kerak. Buyum
tayyorlashda turli nav yog‘ochlar asosiy konstruksion material
hisoblanadi.
Konstruktor yog‘ochda radial va tangensial yo‘nalishda
sodir
bo‘ladigan deformatsiyalanishni nazarda tutishi va buyum detallarini
ana shu deformatsiyalarni hisobga olib joylashtirishi kerak. Shunday
qilinganda buyumning shakli va mustahkamligi o‘zgarmaydi.
35
Yog‘och tolasini xohlagan yo‘nalishda kesish undan tayyorlangan
detalning mustahkamligiga putur yetkazadi. Shuning uchun,
masalan
stullarning orqa oyoqlarini yog‘och tolalari kamroq kesiladigan qilib
loyihalash kerak. Shuningdek, yog‘och tolalarining yo‘nalishi detalning
uzunligi bilan ustma-ust tushgan yoki undan ko‘p chetlashmagani ma’qul.
Ayrim detallardagi tolalar yo‘nalishi cho‘zuvchi yoki siquvchi tashqi
kuchlar yo‘nalishiga to‘g‘ri kelishi va eguvchi kuchlar yo‘nalishiga
perpendikular bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: