38
Xomaki yo‘nish yakunlangandan so‘ng sirtlarni silliqlash jarayoni
boshlanadi. Silliqlash qirquvchi iskana yordamida bajariladi. Qirquvchi
iskana (mayzel)larning eni har xil o‘lchamda va yassi bo‘ladi. Qirquvchi
iskana yordamida yo‘nish ishlari bajarilganda tig‘ning o‘tmas burchakli
qismidan boshlab ko‘pi bilan 2/3 qismi kesishda ishtirok etadi (15-rasm),
tig‘ning o‘tkir burchakli uchi yo‘nish vaqtida kesishda ishtirok etmasligi
kerak. Aks holda tig‘ yog‘ochga botib, sirtning silliqligini buzadi.
Qavariq sirtlar tig‘ning faqat o‘tmas burchakli qismi bilan yo‘nib
hosil qilinadi. Qirqish esa faqat o‘tkir burchakli
uchi bilan bajariladi
(16-rasmga qarang). Qirqib tushirishda tig‘ yuqoriga qaratib tutib turiladi.
Buyum yoki detal tayyor bo‘lgandan so‘ng ko‘ndalang
qirqimlarni tekis
qirqib tushirish uchun yog‘ochning ikkala uchi aniq o‘lchamli
qilib
qalam bilan rejalab olinadi. Rejalash stanok
ishlab turgan vaqtda yoki
shpindel qo‘l bilan aylantirib bajariladi.
a)
b)
d)
e)
f)
17-rasm.
Turli xil sirtlarni rejalash va yo‘nish: a – sirkul yordamida rejalash;
b – tik bo‘yinlar hosil qilish; d – pog‘onali (to‘g‘ri burchakli) sirtlar;
e – o‘yiqlar; f – botiq sirtlar.
39
Qirqish vaqtida yog‘ochning yo‘g‘on-ingichkaligiga
qarab payraha
chiqarish uchun iskanani rejadan tashqariga burchak ostida tutib turiladi.
Qirqish jarayoni yog‘ochning diametri 8–10
mm
qolgunga qadar
davom ettiriladi.
Silindr sirtlardan buyum tayyorlashda rejalash
qalam yoki sirkul
yordamida bajariladi. Qalam bilan rejalashda o‘lcham
masshtab
chizg‘ichida olinadi, sirkul bilan rejalashda esa oldindan o‘lchamga
sozlanib olinadi.
Silindr sirtlarda tik bo‘yinlar (17-rasm, b) hosil qilinadi, bo‘yinning
uzunligiga qarab, unga mos qirquvchi iskanadan foydalaniladi. To‘g‘ri
burchakli o‘yiqlar (17-rasm, d) hosil qilishda zagotovka o‘lchamlar
asosida rejalanib, o‘yiqlarning o‘rta qismi o‘yiladi va reja bo‘yicha
burchak ostida payraha chiqariladi. Ularning chuqurligi kronsirkul yoki
shtangensirkul bilan o‘lchanadi.
Egri chiziqli o‘yiqlar yoki botiq sirtlar (17-rasm, e, f) hosil qilishda
zagotovka dastlab aniq o‘lchamlarda rejalab olinadi.
Botiq sirtlar
yo‘nuvchi iskana yordamida hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: