80
Gazkondensat konlarini ishlash malakasi shuni ko‗rsatadiki, loyixalashtirishni
ikki usulini qo‗llash mumkin:
1)
qatlamga ishchi agentni haydash orqali qatlam bosimini saqlash;
2)
qatlam bosimini saqlamasdan.
Loyihalashtirish usulini tanlashga quyidagilar ta‘sir qiladi: 1) xom gazni sanoat
ahamiyatidagi zahirasi; 2) bosimni tushirish natijasida
xom gazdan ajraladigan
kondensatni miqdori va tarkibi; 3) qatlamni ishlash tarzi; 4) qatlamning g‘ovaklik,
o‗tkazuvchanlik, litologik tarkibi va b. bo‗yicha bir xilligi.
Kollektorlarning fatsial o‗zgaruvchanligi yuqori, yoriqlar va tektonik
buzilishlar bo‗lgan tarang-suv siquv tarzi sharoitida
va xom zaxirasi yetarli
bo‗lmagan konni ishlashni qatlam bosimini saqlashsiz, ochiq sikl bo‗yicha
loyixalashtiriladi.
Olingan gazni 30-92% iga teng bo‗lgan miqdorgacha qatlamga quruq gaz
xaydaladi. Ko‗pincha ishchi agentni qatlamga xaydash quduqlar tubidagi bosim
to‗yinish bosimiga yaqin qolganda boshlanadi.
Bosimni saqlash uchun qatlamga xaydaladigan ishchi agent sifatida quruq gaz,
xavo va suv xaydash mumkin.
Qatlamga havo xaydash quruq gazga nisbatan ko‗p
miqdorda ishlatish
xarajatlarini talab qiladi. Gazsimon ishchi agentni qatlamga xaydash uchun ishlatish
xarajatlarini asosan siqish darajasi belgilaydi:
r = P
ch
/ P
k
(2.1)
bu yerda: r – siqish darajasi; P
ch
/ P
k
– mos ravishda kompressordan chiqish va
kirish bosimlari.
Quruq gazni qatlamga kompressorlar orqali r = 2 siqish darajasi bilan
qaytariladi, havoni esa ko‗p bosqichli kompressorlar bilan r = 150-300 va undan xam
yuqori siqish darajasi bilan qatlamga xaydaladi.
Xavoni qatlamga xaydash gazkondensat konini bir siklda ishlashga va barcha
quruq gazni yo‘qilgi va kimyo sanoati uchun xom-ashyo sifatida ishlatishga imkon
81
beradi. Biroq bunda havoning gaz bilan qo‗shilish
hududlarida quruq gaz
yo‗qotishlarini baholab bo‗lmaydi. Shuning uchun ba‘zi xolatlarda ishchi agent
sifatida suv xaydash maqsadga muvofiq deyish mumkin.
Suv xaydashning afzallik tomonlari quyidagilar: 1) gazkondensat konini
ishlatish bir siklda olib boriladi; 2) ishlashni birinchi
bosqichidayoq quruq gazni
yo‘qilgi va kimyo sanoati xom-ashyosi sifatida ishlatish mumkin; 3) suv xaydashga
energetik xarajatlar ko‗p xollarda xavoni xaydashga nisbatan kamdir.
Suv xaydashni qulay geologik sharoitlarda, tog jinslarini litologik fatsial tarkibi
yaxshi bo‗lganda, yuqori qatlam bosimida, kondensat zaxirasi ko‗p bo‗lganda
qo‗llash mumkin.
Suv xaydashning kamchiliklari: 1) gilli qatlamchalar va gilli sementlovchi
moddalar bo‗kishi mumkin; 2) qatlamning xaydovchi quduqlar tubi xududida tog‘
jinsi bilan suvning o‗zaro ta‘siri va mexanik zarrachalar ta‘sirida g‘ovaklarni to‗lib
qolishi. Buning natijasida suvni xaydash bosimlari tezda ko‗tarilib ketishi mumkin; 3)
xom gazni yo‗qotishlarga olib keluvchi suv tillarini xosil bo‗lishi; 4) xaydovchi
quduqlarni o‗zlashtirishni qiyinligi va b.
Dostları ilə paylaş: