85
qatlamning ochilgan qalinliklari bo‗yicha notekis suv xaydalishi oluvchi quduqlar
orqali uyumni notekis sizdirishni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari suv xaydashda
siqish fronti ortida yuqori qatlam bosimidagi gaz qolib ketadi, bu esa gaz va
kondensat beraolishlikni pasayishiga olib keladi.
Suv xaydash yaxshi tomonlarga xam ega. Suv xaydashda konni ishlashni
boshlanishidan boshlab gaz iste‘molchiga uzatiladi. Qatlam bosimini saqlashni
doimiy bo‗lishi kondensatni bir maromda olishni ta‘minlaydi.
Gazkondensat tizimlarini o‗ziga xosligini – gaz va kondensatning yig‘ish
tizimlarini, transport qilish, qazib olish va ishlov berish tizimlarini loyixalashtirishda
xisobga olish lozim. Bu o‗ziga hoslik quduq tanasida va gaz yig‘uv to‗rlarida ikki
fazali tizimni bosimini hisoblashda, gazga ishlov beruvchi qurilma ishini tavsiflovchi
ma‘qul texnologik ko‗rsatgichlarni o‗rnatishda namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: