92
2.
Uglevodorodlarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi.
Vertikal yo‗nalish
bo‗yicha bir-biriga nisbatan yaqin masofada yotgan va o‗xshash
geologik-fizik
xossali turli qatlamlarni ayrim hollarda, qatlam uglevodorodlarini fazaviy holati va
qatlam rejimlari turli bo‗lganligi natijasida bir ishlash obyektiga qo‗shib, bo‗lmaydi.
Agar, bir qatlamda yirik gaz qalpog‗i bo‗lsa, boshqa qatlam tabiiy tarang suv tazyiqli
rejimda ishlashda bo‗lsa, ularni bir ishlash obyektiga birlashtirish maqsadga muvofiq
bo‗lmasligi mumkin, chunki ularni ishlash uchun ishlatish
quduqlarini turlicha
joylashtirish sxemasi va soni, hamda neft va gaz olishni turli texnologiyasi kerak
bo‗lishi mumkin.
3.
Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti.
Bir
ishlash
obyektiga qancha ko‗p qatlam va qatlamchalar birlashtirilsa, ayrim qatlam va
qatlamchalarda neft va siqib chiqaruvchi omil chegarasini (suv-neft va
gaz-neft tutash
yuzalarini) nazorat qilish, texnik va texnologik amalga oshirish,
shuncha
qiyinlashadi, qatlamchalarga taqsimlangan ta‘sir etish va ulardan neft va gaz olish
jarayoni murakkablashadi. Konni ishlash jarayonini boshqarish sharoitlarini
yomonlashuvi esa, o‗z navbatida neft bera olishlikni kamayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: