154
muhim hujjat hisoblanib, bitta tashkilot doirasida esa – buyruq tartibida joriy
qilinadi.
Minimal tarkib
(
Loyihaning zarur tashkiliy – texnologik hujjatlari qismi
)
mehnat muhofazasi, aholi va atrof–muhitni muhofaza qilishi ta’minlashi talab
etilib, shuningdek ishlar bajarilishi shartnoma va Loyiha–qurish hujjatlari
(LQH) talablariga mos kelishini baholash uchun zarur, barcha turdagi nazorat
ishlarini bajarish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Mahalliy o‘z–o‘zini boshqarish
nazorat organlari talablari bo‘yicha loyihaning tashkiliy–texnologik hujjatlari
tarkibida qo‘shimcha materiallar ishlab chiqiladi.
Loyihaning tashkiliy–texnologik hujjatlari
tarkibidagi hujjatlarning shakli
va tarkibi ishlab chiquvchilar va buyurtmachilar qarab chiqishi asosida qabul
qilinib, QMQ va ShNK talablariga mos kelishi kerak, foydalanuvchilar va
nazorat qiluvchi organlar uchun qulay shakldagi axborotlar asosida tuzib
chiqilishi talab qilinadi.
Loyihaning tashkiliy–texnologik hujjatlari
ishlab chiqariladigan tashkilot
standartlariga muvofiq tasdiqlanishi va qayddan o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.
Ob’yekt bo‘yicha umumiy holatda qurilish maydonida loyihaning
tashkiliy–texnologik hujjatlari tarkibidagi yechimlar bino va inshotlarni qurishda
ishtirok etishi nazarda tutilgan barcha shaxslar, tashkilotlar uchun bajarilishi
majburiy bo‘lib ular tomonidan bu hol tilxat bilan qayd qilishgacha
ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: