Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari Reja: Kirish Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari 2



Yüklə 20,89 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü20,89 Kb.
#185096
  1   2   3   4
Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari


Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari
Reja:
Kirish
1. Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari
2. Gesiodning g’oyalari
3. Dexqonchilikning ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.av. 430–355) asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko’p sonli asarlari ichida «Daromadlar to’g’risida» va «Ekonomikos» (xo’jalik to’g’risida ta‘lim) kabi maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‗lini tavsiya etadi: 1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko‗paytirish, ularning Afinaga kelishini rag‗batlantirish; 2) kumush qazib olishni kengaytirish; 3) qullar savdosini tashkil etish. Ksenofontning «Ekonomiks» asarida hamda uning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi.
Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto birqismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – ayollarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib, hayotkechirish uchun haq oladi. O’z-o’zidan ma‘lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir». Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo’lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi.
Geradot, Ksenofont va boshqa qadimgi yozuvchilar iqtisodiyot bo’yicha samaradorlikning aniq masalalari bilan shug’ullanmasdan ishlab chiqarish va xonadon miqyosida samaradorlikka tegishli bo’lgan muammolar to’plami bilan shug’ullanganlar. Ishlab chiqarish va xonadon miqyosida samaradorlik to’liq tushuncha sifatida aniqlanishidan avval iqtisodiyot fan sifatida anchayin taraqqiy topgan edi (bu o’n to’qqizinchi asr oxirida marjinal tahlil va differensial hisoblashdan foydalanilganidan so’ng vujudga keldi). Geradotdan keyin taxminan to’rt yuz yil o’tib Ksenofont tomonidan samarali boshqarish tushunchasi Geradotga qaraganda kengroq tartibda rivojlantirildi va xonadon, ishlab chiqarish, harbiy va davlat ma‘muriyati miqyosida keng qo’llanildi. Mazkur holat mehnat taqsimotini amalda qo’llash orqali samaradorlikni mukammallashtirish imkoniyatini berdi. Mehnat taqsimotiga Aristotel va keyinchalik boshqa olimlar tomonidan ham alohida e‘tibor berildi.

Yüklə 20,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin