Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari Reja: Kirish Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari 2


Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari



Yüklə 20,89 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü20,89 Kb.
#185096
1   2   3   4
Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari

1. Ksenofont va Platonning iqtisodiy loyihalari
Qadimgi Yunonistonda ham iqtisodiy fikrlar yanada rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot obyektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.av. 430–355) asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko’p sonli asarlari ichida «Daromadlar to’g’risida» va «Ekonomikos» (xo’jalik to’g’risida ta‘lim) kabi maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo‗lini tavsiya etadi: 1) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko‗paytirish, ularning Afinaga kelishini rag‗batlantirish; 2) kumush qazib olishni kengaytirish; 3) qullar savdosini tashkil etish. Ksenofontning «Ekonomiks» asarida hamda uning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi.
Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo‗jaligining eng asosiy tarmog’i, deb hisoblagan. «Qishloq xo’jaligi rivojlansa, – debyozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham 4) xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ularning Afinaga kelishinirag’batlantirish; 5) kumush qazib olishni kengaytirish; 6) qullar savdosini tashkil etish. Ksenofontning «Ekonomiks» asarida hamda uning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga xarakteristika beriladi. Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligining eng asosiy tarmog’i, deb hisoblagan. «Qishloq xo’jaligi rivojlansa, – debyozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo’ladi». Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o‗zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi...
Albatta, bunday har xil hunar bilan shug’ullanuvchi odam hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto birqismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – ayollarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib, hayotkechirish uchun haq oladi. O’z-o’zidan ma‘lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir». Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo’lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari natural-xo’jalik konsepsiyasi tarafdori va shunga ko’ra sudxo’rlikka qarshi bo’lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo’lgan muomala vositasi va jamg’arish vositasifunksiyalarini ko‗rsatib bergan.

Yüklə 20,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin