Udk: 331. 561/. 57 Usmanov bexzod rustam o’G’li ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari


“Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/31
tarix24.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147560
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish (1)

“Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash 
va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risida”gi 
nizom
ida
33
O’zbekiston Respublikasida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va 
qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi orqali ularni kasbga o’qitish 
va qayta o’qitish, malakasini oshirish bosqichlari va tartibi yoritilgan bo’lib, bu 
tizim tarkibiga:
-
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligining ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning 
malakasini oshirishga doir masalalar bilan shug’ullanadigan tuzilmaviy 
bo’linmalari; 
-
ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini 
oshirishning barcha turlari va shakllari bo’yicha kasbiy ta’limni tashkil qiladigan 
hududiy mehnat organlarining joylardagi O’quv markazlari;
-
kasb-hunar kollejlari; 
-
korxona, muassasa, tashkilotlarning o’quv bo’linmalari; 
33
O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1999 yil 24 apreldagi “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, 
ularning malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risida”gi nizomi // www.lex.uz


61 
-
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining oliy va o’rta maxsus o’quv 
yurtlari (akademik litseylar) qoshidagi o’quv muassasalari;
-
ta’limni tashkil etish xususida ruxsatnomasi bo’lgan tijorat va xo’jalik 
hisobidagi tashkilotlar, uyushmalar;
-
shogirdlarga kasb o’rgatish imkoniyatlariga ega bo’lgan “Hunarmand” 
uyushmasiga a’zo bo’lgan tadbirkor xalq ustalarining maktablari kiradi.
 
3.2.Aholini ishsizlikdan himoya qilishning bozor va davlat mexanizmini 
takomillashtirish 
Mamlakatda jiddiy ijtimoiy muammolar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik 
maqsadida davlat doimiy ravishda fuqarolarni ish bilan ta’minlashni oshirish 
siyosatini o’tkazadi. Birinchidan: ishsizlikning friktsion va tarkibiy turlari 
o’sganda
34

- qaytadan kasb o’rgatadi;
- ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
- bo’sh ish joylari haqidagi axborotni keng tarqatadi;
- mehnat birjalariga investitsiyalarni ko’paytiradi.
Ikkinchidan, agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, 
kredit-pul vositalarini ishga soladi, ya’ni:
- ish bilan ta’minlashni kuchaytiradi;
- tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning 
foiz stavkalarini pasaytiradi.
- ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.
Uchinchidan, davlat ishchi kuchi bozorini tashkil etish va tartibga solishda:
-aholi soni, yosh va jinsining salmog’idagi o’zgarishlarga;
-ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga;
-qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga;
-ishlab chiqarish hajmiga, uning o’sish sur’atiga, ishlab chiqarish tarkibiga;
34
Raximova N.X. Povishenie ekonomicheskoy aktivnosti jenshchin na rinke truda 
Uzbekistana. Avtoref. dis. dokt. ekon. nauk. – T.: IE AN RUz, 2007. 34 s 


62 
-ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida 
e’tibor beradi.
Ishsizlikni kamaytirishning eng asosiy iqtisodiy tadbirlaridan biri xalq 
xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. 
Bu esa ishlab chiqarishning va xizmat ko’rsatishning miqyosini oshirishga 
qaratilgan bo’lishi darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirish, ish 
joylarining moddiy texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, 
yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli 
foydalanish, ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar 
orqali erishish mumkin. 
Respublikamizda iqtisodiy islohotlar boshlangan davrdanoq mamlakatimizda 
eng dolzarb bo’lgan muammo – ishchi kuchi resurslarini ish bilan bandligini 
ta’minlash va ishsizlik darajasini kamaytirish masalasiga katta e’tibor qaratila 
boshlandi. Mavjud muammolarni hal etish bo’yicha qator chora-tadbirlar ishlab 
chiqildi va amalga oshirildi. Shu bilan birga ularni hayotga tadbiq etish uchun 
qonuniy va me’eriy asoslar yaratish zaruriyatidan kelib chiqib, shunday asoslarni 
shakllantirish borasida qonunchilik faoliyati olib borildi. 1992 yilning 1 yanvarida
qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi O’zbekiston 
Respublikasining Qonuni shunday faoliyat natijalaridan biri bo’ldi. 1998 yilda esa 
ushbu Qonunning yangi taxriri qabul qilindi va o’tgan davrlar mobaynida unga 
ba’zi bir o’zgartirishlar kiritildi.
«Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining 
Qonuni mamlakatda ish bilan bandlikni tartibga solishda va ishsizlik masalalarini 
hal etishda, qo’llaniladigan eng asosiy qonuniy xujjat bo’lib hisoblanadi.
Bundan tashqari respublikada qabul qilingan qator farmonlar, hukumat 
qarorlari, turli dasturlar mana shu dolzarb muammoni hal etishga qaratilgan. 
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, mamlakatda barcha sohalarda amalga 
oshirilayotgan islohotlar respublikada ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirishga qaratilgan. Bu sohada yuksak natijalarga erishgan mamlakatlar, 
jumladan Shvetsiyaning tajribasini ijobiy tomonlarini qo’llagan holda, O’zbekiston 


63 
ishchi kuchi bozorida faol siyosat olib borilmoqda. Bunda ishsizlarga ishsizlik 
nafaqasi to’lab, ularni ijtimoiy himoya qilish bilan bir qatorda, ko’proq ish 
o’rinlari yaratib, mamlakat fuqarolariga daromad olish va uni oshirish uchun keng 
imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2006 yilning 5 yanvarida e’lon qilingan «Yirik sanoat korxonalari bilan 
kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida 
kooperatsiyani kuchaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 
Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu Farmonga muvofiq bunday faoliyat turi, ya’ni kasanachilik bilan 
shug’ullanuvchilar mehnati yuridik maqomga ega bo’ldi. Yuqoridagi farmon 
asosida bu faoliyat turini jamiyatning har bir a’zosi manfaatiga xizmat qildirish 
imkoniyati yuzaga keldi. Eng avvalo, uy xo’jaligi ishi bilan bog’liq bo’lgan bu 
faoliyat turi bilan shug’ullanuvchilar farmon asosida tegishli tartibda ijtimoiy 
sug’urta bo’yicha nafaqalar olish va pensiyaga chiqish uchun ish staji bilan 
ta’minlanadilar. Shuningdek, farmonda kasanachilar bilan korporatsiya asosida 
hamkorlik qiluvchi sanoat korxonalari faoliyatida ham bir qator imtiyozlar berish 
ko’zda tutilgan. Korxona tomonidan kasanachiga foydalanish uchun berilgan 
asbob-uskunalar, inventarlarning ulardan foydalanish davrida mulk solig’idan, 
kasanachilarga buyurtma beradigan korxonalarning kelasi oydan boshlab mehnat 
shartnomasi asosida kasanachilarga to’laydigan mablag’ bilan teng miqdorda 
mehnatga xaq to’lash fondidan to’lanadigan yagona ijtimoiy to’lovdan ozod 
etilishi ana shu imtiyozlar jumlasiga kiradi. Shunga alohida e’tibor berish kerak 
bo’ladiki, faqatgina O’zbekistonga xos bo’lgan mahalla, mahalla bo’lib yashash 
tarzi kasanachilikni rivojlantirish va takomillashtirish uchun katta imkoniyatlar 
ochadi. qanchadan-qancha xotin qizlar uy bekalari xonadon sharoitida zardo’zlik, 
kashtachilik bilan shug’ullanmoqdalar.
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qishloq xo’jaligi va qayta ishlash 
sanoatining asosiy mahsulotlariga talab va taklifga asosan istiqbol ko’rsatkichlarini 
belgilash, kichik yoshdagi bolalari bo’lgan va ko’p bolali onalarni, nafaqaxo’r va 
nogironlarni kafolatlashtirilgan ish joylari bilan ta’minlash hamda turli ijtimoiy-


64 
iqtisodiy imtiyozlar berish orqali ularning moddiy manfaatdorligini oshirishni 
hamda ish bilan ta’minlanishini yaxshilashga erishish kiradi.
Binobarin, kasanachilik farmonda ta’kidlanganidek, «Ish bilan band 
bo’lmagan ishchi kuchi resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish, oila byudjeti 
daromadlarini ko’paytirish, uy mehnatidan foydalangan holda butlovchi qismlar, 
tayyor mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqish va ba’zi bir xizmatlar 
ko’rsatishni tashkil etish orqali yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish 
faoliyati samaradorlilikni oshirish maqsadida kasanachilikni rivojlantirish asosiy 
vazifalar hisoblanadi»
Shuni ta’kidlash kerakki, Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish 
korxonalar, ya’ni ish beruvchilar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. 
Chunki, kasanachi mehnatini tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlar – zarur 
bo’lgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni 
kasanachiga berish va etkazish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashib ketish ish 
beruvchilar zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari, kasanachilar bilan tuziladigan 
shartnomada ishlarni bajarish uchun ularni zarur asbob – uskunalar, jihoz hamda 
kerakli inventarlar bilan ta’minlashi ham ko’zda tutilgan. Demak, mehnat 
faoliyatining bunday turini keng qo’llash uchun, korxonalarning ham moddiy-
texnika ta’minoti yuksak darajada bo’lishi lozim.
Farmonda kasanachilarni majburiy tarzda texnika xavfsizligiga o’qishish 
ko’zda tutilgan. Bu esa o’z navbatida kasanachilarni o’qitish uchun zarur bazani 
yaratishni taqozo etadi.
Ayni paytda kasanachilikni rivojlantirish korxonalarda yangi ish joylarni 
yaratish uchun sarflanadigan mablag’larni tejash imkonini beradi. Bu esa o’z 
navbatida tejalgan mablag’larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish, 
ishchi xodimlar mahnatiga to’lanadigan ish haqini oshirish, turli ijtimoiy 
tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Berilgan imkoniyatlardan 
oqilona foydalanish korxonalar faoliyatining samaradorligini oshishi uchun zamin 
yaratilishi bilan bir qatorda, mamlakatda iqtisodiy o’sishni yuqori darajada 
ta’minlash uchun ham imkoniyat yaratadi.


65 
Xozirgi paytda respublikada yuqorida ta’kidlangan Farmonda belgilangan 
vazifalarni ijrosini ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Ishchi kuchi resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan, ayniqsa 
uning qishloq joylarida kasanachilik mehnatidan foydalanish, bunday mehnatning 
turlarini kengaytirish dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. Chunki Farmonda asosan 
yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilik meqnatining kooperatsiyasi aloqalari 
to’g’risida so’z boradi. Ta’kidlash joizki, yirik sanoat korxonalari asosan katta 
shaharlarda joylashgan. Bunday xolat Farmonda belgilangan vazifalarni amalga 
oshirish imkoniyatlarini ma’lum darajada cheklab qo’yadi. Shuning uchun ham 
qishloq joylarida ko’proq xalq xunarmandchiligi an’analarini tiklash, fermer 
xo’jaliklari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Andijon 
viloyatida bunday imkoniyatlar mavjud bo’lib, ulardan foydalanish ishsizlik 
darajasini kamaytirish, aholining daromadlarini oshirish va natijada turmush 
darajasini yuksaltirish uchun asos yaratadi. 
Ishchi kuchini ish bilan ta’minlash uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur 
shartdir. Chunki kishilarning turmush darajasi, jamiyatning kadrlar tanlash, 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini yashirish, ishga joylashtirish, 
ishsizlarni moddiy jihatdan qo’llab - quvvatlash uchun sarf qiladigan chiqimlar 
ishchi kuchi resurslarini ish bilan ta’minlanishiga bog’liqdir. Ish bilan bandlik 
inson ijtimoiy kamolotining eng muhim tomonlaridan birini ochib beradiki, bu 
uning mehnat sohasidagi va mehnat bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga 
aloqadordir.
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash” to’g’risidagi 
Qonunining 2-moddasida qayd etilganidek: “Ish bilan ta’minlash – fuqarolarning 
qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish 
bilan bog’liq bo’lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan 
faoliyatdir”.
35
Quyidagilar ish bilan band (ta’minlangan) deb hisoblanadi: - yollanib 
ishlayotgan, shu jumladan ishni to’liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, 
35
O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonuni. – Toshkent, 1998. 


66 
shuningdek haq to’lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega 
bo’lgan fuqarolar;
36
-betobligi, mehnat ta’tili, kasbga qayta tayyorlash hamda malaka oshirish 
joyida ekanligi ishlab chiqarishni to’xtatib qo’yganligi munosabati bilan, 
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan va 
boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo’lmagan fuqarolar;
-o’zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan yuridik 
shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan 
fuqarolar, kooperativlarning a’zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda 
qatnashayotgan oila a’zolari;
-Qurolli Kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va 
qo’shinlarida xizmatni o’tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni o’tayotgan 
fuqarolar;
-Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishdan 
ajralmagan holda ta’lim olayotgan fuqarolar;
-qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va 
diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq 
quyidagi sabablarga ko’ra vaqtinchalik ish joyida bo’lmagan fuqarolarning ish joyi 
saqlanib qoladi va ular ish bilan ta’minlangan deb hisoblanadilar:
-davlat va jamoat vazirlarini bajarayotgan vaqtda;
-ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda;
-jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda.
O’zini ish bilan mustaqil ta’minlaydigan fuqarolar toifasiga quyidagilar 
kiradi:
- tadbirkorlar;
-fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a’zolari;
-dehqon xo’jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a’zolari;
-kooperativlarning a’zolari;
36
O’sha joyda. 


67 
-yozuvchilar, rassomlar va boshqalar.
Iqtisodiy jihatdan faol ishchi kuchi resurslari bo’lgani uchun, shu jumladan 
ishsizlar uchun ish bilan ta’minlash maqomini belgilab olish muhimdir. Odatda 
besh maqom bor:
37
1- yollanma xodimlar – bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati 
shartlari to’g’risida tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma) yoki og’zaki bitim 
bo’yicha ishlaydigan shaxslar bo’lib, ular ana shu faoliyat uchun yollanish vaqtida 
kelishib olingan ish haqini oladilar.
2- Yakka tartib asosida ishlaydiganlar – mustaqil ravishda faoliyat olib 
boradigan, o’zlariga daromad keltirayotgan ish bilan shug’ullanadigan, faqat qisqa 
muddatga yollanma xodimlardan foydalanilgan yoki foydalanilmaydigan shaxslar. 
3- Ish beruvchilar – o’zining hissadorlik jamiyatini, xo’jalik shirkatini va 
hokazoni boshqaradigan yoki buning uchun davlat tomonidan vakil qilingan 
shaxslar. Ish beruvchilar o’z funktsiyalarini yollanma boshqaruvchiga to’liq yoki 
qisman topshirib qo’yishni, korxonaning muvaffaqiyatli ishlash uchun 
javobgarlikni o’zida olib qolishi mumkin.
4 - Oilaviy korxonalarning haq to’lanmaydigan xodimlari - qarindoshiga 
tegishli bo’lgan oilaviy korxonada haq olmasdan ishlaydigan xodimlardir.
5- Ish bilan ta’minlash maqomi bo’yicha tasniflashga to’g’ri kelmaydigan 
shaxslar – ilgari o’zlariga daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan 
shug’ullanmaydigan kishilar. Ularga ish bilan ta’minlashning birorta bir maqomiga 
mos kelmaydigan shaxslar ham kiritiladi.
Aholi tarkibini o’rganishning amaliy ehtiyoji ish bilan ta’minlashning turlarini 
ajratib ko’rsatish zarurligini nazarda tutadi. Masalan, to’liq, oqilona va erkin 
tanlangan ish bilan ta’minlanish bo’lib u shaxsga daromad keltiradi va o’zi hamda 
oilasining munosib turmush kechirishiga sharoit yaratadi.
Iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi bo’lgan bozorni boshqarish (tartibga 
solish) siyosati uch asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi:
37
Ziyaev T.M. Ishchi kuchi va bandlik nazariyasi. (O’quv qo’llanma) –T.: TDIU, 2009. – 65 b 


68 
- tarkibiy qayta qurishni rag’batlantirish va bo’shab qolgan xodimlarni qayta 
taqsimlash jarayonini jadallashtirish;
-ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb qilish;
- ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’min etish.
Davlatning ishchi kuchi resurslarini ish bilan ta’minlash siyosatining chora – 
tadbirlari quyidagi sohalar bo’yicha tabaqalashtirilgan:
- ta’sir ko’rsatish ob’ekti bo’yicha (umumiy va ixtisoslashgan chora - 
tadbirlar);
-mablag’ bilan ta’minlash manbalari bo’yicha.
Ishchi kuchi resurslarini ish bilan ta’minlash va unga ta’sir ko’rsatish 
usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- bevosita (ma’muriy) usullar: qonun yo’li bilan tartibga solish;
- mehnat qonunchiligi jamoa shartnomalari;
- bevosita (iqtisodiy) usullar; moliyaviy, monetar, fiskal (xazina) siyosati. 
Ishchi kuchi resurslarini ish bilan ta’minlashga davlatning ta’sir ko’rsatish 
usullari:
-passiv ta’sir ko’rsatish – ish bilan band bo’lmaganlarga ijtimoiy yordam;
- faol ta’sir ko’rsatish – mehnat taklifini rag’batlantirish, mehnatga bo’lgan 
talabni rag’batlantirish, talab va taklifni muvofiqlashtirish chora – tadbirlari 
(axborot, maslahat xizmati ko’rsatish, kasbiy sohada maslahatlar berish, ishchi 
kuchi resurslarining kamroq raqobatbardosh guruhlari uchun bandlik dasturlarini 
ishlab chiqish va hokazolar), mintaqalarga yordam ko’rsatish chora – tadbirlari va 
shu kabilar.
Davlat bandlik siyosati doirasida ishchi kuchi bozorini tartibga solishda 
bandlik jamg’armalarining ahamiyatini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Bandlik 
jamg’armasi xarajatlarini shartli ravishda to’rtta yo’nalish bo’yicha qismlarga 
ajratish mumkin:
1. Ishsizlik bo’yicha nafaqaga sarflanadigan mablag’lar, ishsizlarga moddiy 
yordam ko’rsatish, uzoq mudatli pensiyalar to’lash (Bularni passiv siyosat deb 
atash qabul qilingan).


69 
2. Qayta tayyorlash va jamoat ishlariga sarflanadigan mablag’lar. Faol 
siyosatning mazkur shakli amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadi, ya’ni bandlik 
sohasidagi davlat xizmati uchun majburiy hisoblanadi.
3. Moliyaviy qo’llab - quvvatlashga, qimmatli qog’ozlar sotib olish va boshqa 
xarajatlarga mo’ljallangan mablag’lar. Aytib o’tilgan bu shakllarni birlashtirib 
turadigan tomon shuki, ular qonun bilan kafolatlanmagan. Shu bilan birga 
“moliyaviy qo’llab - quvvatlash” moddasiga doir xarajatlarni ishchi kuchi 
bozoridagi faol siyosat shakllariga kiritish qabul qilingan.
4. Bandlik xizmatlarini rivojlantirish uchun mo’ljallangan mablag’lar (ularni 
ta’minlash, kapital mablag’lar, reklama, “Bandlik” axborot xizmati).
Davlat bandlik jamg’armasi quyidagi to’lovlarni amalga oshiradi:
- ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lash;
- bandlik xizmati yo’llanmasi bilan ko’ngilli ravishda boshqa joylarga ko’chib 
boruvchining yo’l chiqimlari bilan bog’liq moddiy xarajatlarini qoplash;
- bandlik xizmati tomonidan kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka 
oshirish uchun stipendiyalar; 
- vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uchun haq to’lash.
O’zbekistonda davlat bandlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan edi. 
Respublika bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari xalqaro amaliyotga 
muvofiq keladi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston bandlik xizmati mintaqalarda 
(viloyatlar, shahar va tumanlarda) ishlab turibdi.
Ishchi kuchi resurslarining bandligiga ko’maklashish bilan bog’liq xizmatlar 
bandlik xizmati organlari tomonidan bepul ko’rsatiladi. Bozor munosabatlarining 
rivojlanishi bandlikning nodavlat xususiy xarakteridagi tuzilmalarini ham tashkil 
etilishiga imkon bermoqda.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin