40
Iste’dodli shoirning dastlabki yozganlariyoq she’riyat shi-
navandalarining sevimli asarlariga aylandi.
Deyarli barcha
asarlari yozilishi bilan rus tiliga o‘girila boshlandi. Rus tili
orqali jahonning turli tillariga tarjima qilindi. Jahonga ta-
niqli shoir 2003-yilning 3-noyabrida dunyo dan o‘tdi.
R.Hamzatovning «Tog‘ qo‘shig‘i», «Mening qalbim
tog‘ larda», «Tog‘ qizi», «Dog‘istonim», «Yuksak
yulduz-
lar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovul-
dan xat» singa ri o‘nlab she’riy kitoblari, qator poemalari
shoirning nomini jahon she’riyatining eng ilg‘or
vakillari
qatoriga olib chiqdi. Uning she’rlari o‘z xalqining milliy
odatlarini juda yor qin aks ettirishi bilan, bo‘ysunmas, erk-
sevar tog‘ xalqiga xos ruhiy holatlarni haqqoniy tasvirlashi
bilan diqqatga sazovordir.
Rasul Hamzatov o‘z millatidan g‘ururlanar ekan, uni
boshqa millatlarga qarshi qo‘ymaydi. O‘z sha’ni yo‘lida
sovuq yiltira yotgan xanjar tig‘iga qarshi bora oladigan er
yigitlari, go‘zal va sadoqatli qizlari uchun faxr tuyg‘ularini
sevib kuylagan.
1.
Rasul Hamzatov hayoti sanalarini sinchiklab o‘rganing.
Uning dastlabki asarlari chiqqan davrga xos xususiyat-
larni aniqlang.
2.
Shoirning she’riyatiga xos xususiyatlarni aytib bering.
Bu she’r larning mashhurligi sabablarini izohlang.
3.
Shoirning avar xalqi milliy
ruhiyati yorqin aks etgan
she’rla rining bosh qa xalqlar she’rxonlariga ma’qul
ke lish sababi haqida o‘ylab ko‘ring.
Savol va topshiriqlar:
41
ONA TILIM
Ajabo! Tush degan narsa qiziq-da,
O‘lib qolganmishman tushda nogahon.
Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh tig‘ida,
Tog‘lar orasida yotibman bejon.
Uzoqda sharqirab soylar oqmoqda,
Borliqda bir ajib dilbarlik hokim.
Men esam o‘ylayman
yotib tuproqda,
Mana shu tuproqqa qo‘shilar xokim.
Men o‘lib yotibman kimsasiz, unut,
Hech kimsa qayg‘urmas va chekmas yohu.
Faqat cho‘qqilarda qurqurar burgut.
Faqat vodiylarda ingraydi ohu.
Navqiron yoshimda bo‘ldim-ku ado,
Otash yuragimni o‘ydi axir o‘q.
Na onam, na yorim beradi sado,
Do‘st tugul, hattoki yig‘ichi ham yo‘q.
Fig‘on otiladi jonsiz bag‘rimdan,
(Go‘yo fi g‘on bordek murda dilida.)
Shu payt ikki kishi o‘tdi naridan,
Quvnoq suhbat qurib avar tilida.
Men-ku bu dunyodan ko‘z
yumdim mangu,
Ular kulib-kulib so‘zlashar borin.
Qandaydir Hasanning turfa ishi-yu,
Qandaydir Alining sho‘x kirdikorin.
Avar so‘zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni
tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga Masihdir shu ona tilim.
42
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fi do.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
Mayli, qashshoq bo‘lsin, mayli, behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon
minbaridan yangramasa ham
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.
1.
Tushdagi o‘lim tasvirida qaysi yurtning manzarasi ko‘r-
satilgan deb o‘ylaysiz? Shoir tani qayerda yotibdi, atrofi -
dagi tabiat manzarasi qayerni eslatadi?
2.
O‘ylab ko‘ring-chi, nima uchun o‘lib yotgan lirik qahramon-
ga avarc ha so‘zlar eshitilgach, tirilib ketdi ekan? She’rning
shu bandla ridagi tagma’noni aniqlashga urinib ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: