39
She’riyat, mazlumga homiylik qilding,
Qaroli bo‘lmading zo‘ravonlarning.
Olding panohingga notavonlarni,
Zolimlarni esa dushman deb bilding.
asr jahon she’riyatining yirik vakili Rasul
Hamzatov 1923-yilning 8-sentabrida tu g‘ildi.
O‘n uch-o‘n to‘rt yoshlaridan she’rlar yoza
boshlagan. Rasul Hamzatov mustaqil hayot-
ga barcha tog‘lik yigitlar singari erta qadam
qo‘ydi. O‘n sakkiz yoshidan o‘qituvchi, artist
va muxbir sifatida turli jabhalarda mehnat qildi. Shu jara-
yonda ona xalqining turmush tarzi va o‘ziga xos ruhiy dun-
yosi bilan yaqindan tanishib bordi. Otasi – Dog‘istonning
mashhur shoiri Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga,
hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatdi.
Uning birinchi kitobi 1943-yilda chop etildi. 1945-yil-
da Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olishga kirishdi.
Dostları ilə paylaş: