Reja: Ongning psixologik xossalari



Yüklə 26,17 Kb.
səhifə1/4
tarix03.12.2023
ölçüsü26,17 Kb.
#172335
  1   2   3   4
Z.Freyd bo\'yicha ongsizlik


Mavzu: Ongsizlik Z.Freyd bòyicha insoniy mavjudlikning asosi sifatida.
Reja:

1. Ongning psixologik xossalari


2. Ongsizlik haqida tushuncha
3. Anglanmagan psixik jarayonlar
4. Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari
5. Оng usti jarayonlar


TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Ong- ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi
Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.

Ongning psixologik xossalari.
Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi.
Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.
Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining yuksak shakllarida usiz mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.
Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.
Inson ongining to’rtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir bo’ladi
Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.



Yüklə 26,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin