Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
3
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
1422
ONG TARAQQIYOTI VA ONGNING PSIXOLOGIK XOSSALARI
Savurboev Qobilbek Xolibek o‘g‘li
Navoiy shahar “Profi” nodavlat universitetining
“ Psixologiya pedagogika” fakulteti sirtqi ta’lim talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolamda Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini
bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash
layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish,
atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga
olishi haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
Kalit so’zlar:
Psixologiya,ong,ong taraqqiyoti,ongning psixologik xossalari, g’oya,
tasavvur, xotira, sezgi, idrok, tasavvur,xotira.
Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish,
mavjud va tasavvurdagi voqelikni
xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor
holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida
ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his
etish insonning olamni o’rganish
va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq
bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak
qilingan mavjudot sifatida
anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat
yo’qoladi.
Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik
xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Odatda, tasavvurlarni ongli
boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va
o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli
ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z
diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu
damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining
yuksak shakllarida usiz
mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli
o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur
etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy ma’nodorligi,
inson
madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.
Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub
mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.
Inson ongining to’rtinchi xossasi –
bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum
odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga
yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida