часть
3
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
апрель
, 2023
г
1423
asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan
ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir bo’ladi.
Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat
qurollari yasagan holda, uni o’ziga bo’ysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi
ham o’zgarib boradi. Atrofdagi tabiatni o’zgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash
qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni
yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish
maqsadida tabiatga ta’sir ko’rsatishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan, faqat inson uchun
xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik
bo’lgan xossasidir.
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan
bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi ko’rinishidagi atrof-olamda o’z
yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega.
2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega bo’lgan aloqalarini
aks ettiradi. Ong – bu insonning olamga uning ob’ektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga
ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar
metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari o’rtasida aniq,
qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish imkonini beradi.
3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarni
tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida
harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan ko’ra
oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq
usul va vositalarini tanlaydi.
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. ijtimoiy ongning to’rt xil shakli mavjud: fan
– ilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yo’nalishlari tizimi; ijtimoiy
ongning jamiyat qonunlari sohasi – ma’lum jamiyatning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy va
huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi; san’at – voqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-
amaliy o’zlashtirishning maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy
modellashtirish; din, e’tiqod – o’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan g’ayritabiiy
kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.
Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning voqelikka va
bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli
qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.
5. Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni
anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan
ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi,
insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning
ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.