124
rejalashtirish
Pul mablag‘larining harakatlanish rejasi naqd pulning shakllanishi va chetga
chiqishi,
shuningdek, korxonada qolgan pul mablag‘lari dinamikasini tavsiflaydi. U
moliyaviy menedjerga kelgusidagi pul oqimlarini baholash, qolgan pul mablag‘larini
optimal darajada ushlab turish hamda pulning ortiqchaligi va taqchilligining oldini
olishga imkon beradi.
Pul oqimlari rejasi odatda to‘rtta asosiy bo‘limdan iborat bo‘ladi:
- pul tushumlari bo‘limi, davr boshidagi pul mablag‘lari qoldig‘i,
mijozlardan
kelib tushuvchi pul tushumi va boshqa pul tushumi moddalaridan iborat;
- pul mablag‘lari xarajatlari bo‘limi;
- pul mablag‘larining ortiqchaligi yoki taqchilligi bo‘limi (pul mablag‘larining
kelib tushishi va sarflanishi o‘rtasidagi farq);
- qarz mablag‘lari va ularni to‘lash batafsil bayon qilinuvchi bo‘lim.
Pul oqimi rejasidagi yakuniy raqam korxona foydasini emas, balki uning pul
mablag‘lari aylanmasi saldosini aks ettiradi. Daromad va
xarajatlar rejasidan farqli
ravishda, pul oqimlari rejasi barcha manbalardan amalda kelib tushuvchi pul
mablag‘larini, xususan, mahsulot (ish, xizmat) sotishdan kelib tushuvchi tushumlar,
aktsiyalar va korxonaning boshqa aktivlarini sotishdan kelib
tushuvchi tushumlarni aks
ettiradi. Xarajatlarga keladigan bo‘lsak, pul oqimlari rejasiga amalda to‘lanuvchi barcha
xarajatlar kiritiladi.
Moliyaviy rejaning keyingi asosiy hujjati bu bashorat balansi bo‘lib, uning asosiy
vazifasi rejalashtirish oraliqlari bo‘yicha korxona mulkining (aktivlar) o‘zgarishi va
uning shakllanish manbalari (passivlar) dinamikasini aks ettirish hisoblanadi. Bashorat
balansi yiriklashtirilgan shakldagi buxgalteriya balansining an‘anaviy shaklida hisoblab
chiqiladi.
Bashorat balansi korxona uchun ko‘ngilsiz natijalar keltirib chiqaruvchi qarorlarni
aniqlash, moliyaviy koeffitsientlarni hisoblash va moliya bozori talablari nuqtai
nazaridan
ularning darajasini baholash, kelajakdagi moliyaviy manba va majburiyatlar
tuzilmasini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.
Moliyaviy rejaning, shuningdek, har qanday
tadbirkorlik loyihasining
yakunlovchi bosqichi zararsizlik nuqtasini tahlil qilish, ya‘ni mahsulotni sotishdan
olinuvchi daromad uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘luvchi
mahsulot ishlab
chiqarish hajmini aniqlash hisoblanadi.
Zarasizlik nuqtasi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning
ma‘lum bir darajasi sifatida ifodalanishi mumkin
:
Dostları ilə paylaş: