Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Daromad va xarajatlarni rejalashtirish



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

11.2. Daromad va xarajatlarni rejalashtirish 
 
Daromad va xarajatlarni rejalashtirish biznes-rejani ishlab chiqishning 
yakunlovchi bosqichi bo‘lib, u iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalari, bozor, inflyatsiya, 
ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil qilinishida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 
o‘zgarishlar tendentsiyalari haqidagi obyektiv axborotlarga tayanishi lozim. 
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni borayotgan, 
korxonalar mustaqil xo‘jalik subyektlariga aylanib, ishlab chiqarishdagi yutuq va 
kamchiliklar uchun o‘zlari to‘liq javob berayotgan hozirgi sharoitlarda daromad va 
xarajatlar ko‘rsatkichlarini aniqlash obyektiv zaruratga aylanib bormoqda. 
Biroq daromad va xarajatlar rejasi – moliyaviy rejalashtirishning 
materiallashgan natijalari – bozordan oldingi iqtisodiy xo‘jalik sharoitlarida ham 
mavjud bo‘lgan. U biznes-rejadagi kabi, texnik-moliyaviy-sanoat rejalarida ham 
yakuniy bo‘lim hisoblangan. Hozirgi va ilgari amal qilgan hujjatlar o‘rtasida farq 
shundaki, ilgari daromad va xarajatlar davlatga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 
ularning barchasi korxona egasi qo‘lidadir. Aynan u birinchi navbatda korxonaning 
zarar ko‘rmasdan ishlashi, sarflangan xarajatlar foyda keltirishi, ishlab chiqarishning 
rentabellik darajasi yuqori bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi. 
Daromad va xarajatlar rejasida korxonani moliyalashtirish natijalari faoliyat 
turlari bo‘yicha foydalilik nuqtai nazaridan keltiriladi. Unda korxonaning rejadagi 
davr uchun daromad va xarajatlarining hisob-kitob bahosi beriladi. Moliyaviy 
natijalar va xarajatlar moddalarini rejalashtirish 1999 yil 5 fevralda tasdiqlangan 
«Moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi va mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish 
va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. 
Ushbu nizom mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini 
aniqlashning yagona metodolgik asoslari va korxonaning moliyaviy natijalarini 
shakllantirish tartibini belgilab beradi. 
Unda xarajatlar guruhlanib, moliyaviy natijalarni shaklantirishning asosiy 
qoidalari keltiriladi. 
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari quyidagi foyda ko‘rsatkichlari bilan 
tavsiflanadi: 
1.
Mahsulotni sotishdan olinuvchi yalpi foyda
, mahsulot sotishdan kelib 
tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadi: 


122 
YaF= SST - IT, 
bu erda: YaF – yalpi foyda; 
SST – sotishdan kelib tushuvchi sof tushum; 
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
2.
Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda -
mahsulot sotishdan olinuvchi yalpi 
foyda bilan vaqt xarajatlari o‘rtasidagi farqga boshqa daromadlar qo‘shiladi va 
asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari (zarar) ayiriladi: 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin