Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Sifat sohasidagi korxona strategiyasi



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Sifat sohasidagi korxona strategiyasi.
Biznes-rejaning ushbu bandida 
quyidagilar aks ettiriladi:

xaridor uchun eng jozibali bo‘lgan sifat jixatlarining tavsifi; 

mahsulot jozibadorligining o‘zgarishi yo‘nalishlari;
 

mahsulot sifatini oshirish borasidagi korxonaning strategik yo‘nalishlari.
 
Dizayn strategiyasini belgilash. 
Bunda quyidagilarni yoritish lozim; 

dizayn borasidagi korxona harakatlarining strategik yo‘nalishlari; 

korxona mahsulotni dizayni bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;

dizayn xizmatiga qilinadigan xarajatlar. 
Tovarning bozor atributlari (belgilari). 
Biznes-rejada tovarning bozor atributlariga alohida e‘tibor berish lozim. 
Chunki uning tashkil etuvchilari tovarni iste‘molchi tomonidan qabul qilinishida katta 
ahamiyatga egadir. Shuning uchun tovarning markasi, qadoqlanishi, xossalari va ba-
jaradigan vazifalarini mufassal bayon etish lozim. 
Tovar belgisi 
- huquqiy himoya qilingan tovar markasi yoki uning bir qismi 
bo‘lib, tovar sotuvchisining faqatgina o‘ziga marka nomi va marka belgisidan foyda-
lanish huquqini beradi. Tovar belgisi sifat kafolatlari, individuallik, reklama va mar-
kani himoya qilish vazifalarini bajaradi. Tovar markasi uning bozor atributlari asosiy 
elementi bo‘lib, bozordagi qiyofasini shakllantirishning asosini tashkil etadi.
 
Tovar markasi 
- bu ramz, belgi, surat, nom bo‘lib, bir yoki bir necha ishlab 
chiqaruvchilar mahsulotlarning solishtirishni (identifikatsiya) va raqobatchilar 
mahsulotlaridan farqlanishini ta‘minlaydi. 
Markalar o‘z ichiga maxsus ramzli belgilar, rasmlar, nomlar va ularning 
qo‘shilmalarini qamrab olishi mumkin. 


80 
Marka nomi 
- markaning bir qismi bo‘lib, talaffuz qilish mumkin bo‘lgan 
xarf, so‘z yoki ularning qo‘shilmasi tarzida ifodalanishi mumkin (masalan, 
«Mersedes-bents», «Tip-top»). 
Marka belgisi 
- markaning bir qismi bo‘lib, talaffuz qilinmaydi va oson tanib 
olinadigan belgi, rasm shaklida bo‘lishi mumkin (masalan, «Jeneral motors» uchun 
«GM» belgisi). 
Firmaning nomi, markasi belgisi o‘rnatilagan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ya‘ni 
huquqiy himoyalangan bo‘lsagina kuchga kiradi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin