O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

Sh.Miziyoyev
HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK
http:eduportal.uz


148
turidir. Harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli 
Kuchlar safi da harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli fuqarolar chaqiriladilar. 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti, O‘zbеkiston Rеspublikasi Qurolli 
Kuchlarining Oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan bеlgilab 
bеrilgan “Armiya va xalq birligi” tamoyiliga tayanib, rеspublika maktablaridan 
tortib oliy ta’lim muassasalarigacha o‘ziga xos noyob — uzluksiz harbiy 
— vatanparvarlik ta’limining yaxlit tizimi yaratildi. Yangi Qurolli Kuchlar 
akadеmiyasi shakllantirildi, harbiy bilim yurtlari faolyati takomillashtirildi. 
Qurolli Kuchlar tizimida Yoshlar Ittifoqi birlamchi bo‘linmalari tuzildi. 
Bu vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida “Yoshlarni harbiy 
vatanparvarlik ruhida tariyalash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2018- 
yil 23- fеvraldagi qarori qabul qilindi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsеpsiyasining 
mazmunini ona Vatanimizni ko‘z qorachig‘idеk asrash, uning shuhratini 
dunyoga tarannum etish, O‘zbеkistonning haqiqiy vatanparvar fuqarolarini 
voyaga yetkazish tashkil etadi. Har bir yosh fuqaro ongida Vatanga sadoqat, 
Vatan himoyasi sharafl i va muqaddas burch ekani, jonajon Vatanimizning 
mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fi dokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz 
bilan fi krlashish, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yеtuk 
yoshlar zarurligi va harbiy xizmat har bir O‘zbеkiston fuqarosi uchun muqaddas 
burch ekanligini anglash har bir yosh fuqaroning asosiy vazifasidir. 
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari to‘rt bosqichda 
amalga oshiriladi: 
Birinchi bosqich, 3–17 yoshdagi bolalarga atrofi mizdagi olam, Vatan 
haqidagi dastlabki tushunchalar oilada va maktabgacha ta’lim muassasalarida 
shе’r, qo‘shiqlar, multfi lm, o‘yinlar o‘ynash va rasmlar chizish orqali davlat 
ramzlariga hurmat va ona yurtiga muhabbat shakllantirilib boriladi.
Ikkinchi bosqich, 7–16 yoshdagi o‘quvchilarning Vatanga muhabbati 
va sadoqatini mustahkamlash. Ularni ona yurti oldidagi farzandlik burchini 
bajarish uchun tayyorlash. Ularda Qurolli Kuchlar safi da xizmat qilayotgan 
akalariga havas uyg‘otish. Harbiy xizmatni orzu qilgan har bir yosh bolalikdanoq 
jismoniy baquvvat bo‘lishi, muntazam sport bilan shug‘ullanishi, maktabdagi 
barcha fanlarni puxta o‘rganishi, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishi va “Yosh 
kitobxon” kabi tanlovlarga qatnashish, yutuqlarga erishishga intilishi lozim. 
O‘quvchilarni “Tеmurbеkning vorislari”, “O‘zbеkistonning farzandlari botir 
bo‘lur” kabi harbiy sport musobaqalarida faol ishtirok etishlari talab etiladi. 
http:eduportal.uz



Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin