21
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
21
21
Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida,
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida ilk davlat-
lar
Qadimgi Xorazm, Qadimgi Baqtriya paydo bo‘lgan davrdanoq
mamlakatimizda davlatchilik asoslari uzil-kesil tashkil topdi.
Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlatlari uyushmasi-ittifoqi hududiga
Sirdaryodan O‘rta Afg‘onistongacha bo‘lgan yerlar kirgan. Xorazm
davlatining markazi Ko‘zaliqir (Xorazm) shahri bo‘lgan.
Huquqshunoslik fanida “davlat” va “jamiyat” tushunchalari mavjud.
Ammo davlat bilan jamiyat tushunchalari bir xil emas. Davlat –
jamiyatning
shakllangan siyosiy instituti. Jamiyat taraqqiyotining yetuklashgan muayyan
davrida paydo bo‘lgan. Shunday ekan, jamiyat qanday bo‘lsa,
davlat ham
shunday bo‘ladi va aksincha. Jamiyat o‘z rivojida qanday bosqichlardan
o‘tsa, davlat ham shunga mutanosib tarzda o‘zgarib, takomillashib
boraveradi. Bu – qonuniyat.
Davlatlarning tashkil topishi bu — insoniyatning
ibtidoiy jamoa tuzu-
midan sivilizatsiya tomon burilishi edi. Dunyoda birinchi sivilizatsiyalashgan
davlatlarning paydo bo‘lishi Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi IV—III
ming yilliklar davriga to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyo hududida miloddan
avvalgi I ming yillikning boshlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo‘la
boshlagan.
4. Pul kim tomonidan muomalaga kiritiladi va pulning aylanishi kim
tomonidan nazorat qilib turiladi? Bunday nazorat qay darajada
zarur deb o‘ylaysiz?
5. Siz kundalik hayotingizda davlatning ta’sirini qay tariqa sezasiz?
6. Davlatsiz hayot qanday kechishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘-
ring. Bu holda siz qanday burch va mas’uliyatlardan holi bo‘lar
edin giz va qanday muammolarga duch kelar edingiz?
7. “Davlat” bilan “jamiyat” tushunchalari bir xil ma’noga egami
yoki turli? Bu tushunchalardan qaysi biri kengroq deb o‘ylaysiz?
8. Nima uchun “bizning davlatimiz” degan iborani ishlatamiz?
Dostları ilə paylaş: