22
o‘sha qabilada yuzaga kelgan muhim masalalarni birgalikda hal qilgan.
Qabila ishlarini boshqarishda hamma ishtirok etgan.
Bu demokratiya, ya’ni
xalq hokimiyatining ilk sodda ko‘rinishi edi. Ishlab chiqarishning o‘sishi,
taraqqiyot natijasida asta-sekin jamiyatda siyosiy munosabatlar paydo bo‘ldi.
Jamoa hokimiyati (ibtidoiy demokratiya) o‘rniga alohida odamlar ho-
ki miyati paydo bo‘ldi. Jamiyat boylar va kambag‘allar,
keyinroq esa bosh-
qa ruvchilar va boshqariluvchilarga bo‘lindi.
Shunday qilib, boshqaruvchilarning siyosiy hokimiyati sifatida davlat
paydo bo‘ldi. Bunga qadar insoniyat juda uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi.
Davlat yuzaga kelgach esa odamlar hayoti butunlay o‘zgarib ketdi.
Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo‘lib,
u o‘zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo‘lni bosib
o‘tgan. Dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi
eng avvalo majburlash
usuliga asoslangan.
Lekin asta-sekin umumiy manfaatlar atrofi da birikkan odamlar ittifoqi
ushbu manfaatlarga erishish uchun, birgalikda faoliyat ko‘rsatish
uchun
muayyan qoida-talablarga ehtiyoj seza boshladi. Mana shu ehtiyoj sabab
ushbu ittifoqning barcha a’zolari uchun majburiy bo‘lgan
huquq-tartibot
qoidalari – qonunlar yuzaga kela boshladi. Bu esa yagona hududda birikkan
odamlar ustidan adolatli tarzda hukmronlik qilish imkoniyatini yaratdi.
Mana shu huquq-tartibot hokimiyatning takomillashuviga olib keldi.
Natijada hozirgi zamonaviy ma’nodagi davlat ko‘rinishi shakllana boshladi.
Mana shu davlatni quyidagicha, sodda tarzda ta’rifl ash mumkin: Davlat
muayyan huquq-tartibot asosida
uyushgan, yagona hududda hukmronlik
o‘rnatgan va yagona hokimiyatga bo‘ysunuvchi odamlar ittifoqidir.
Lekin bu ta’rif davlatning bugungi kundagi barcha belgilarini o‘z ichiga
olmaydi. Davlatga to‘laqonli ta’rif berish uchun uning alohida
belgilarini
o‘rganib chiqishimiz lozim bo‘ladi.
Davlatning ibtidoiy, urug‘chilik jamiyatidan
ajratib turadigan belgilari
quyidagilar:
1. Davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir hududga
birlashadilar.
2. Davlat o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun murak kab tizimdan
tashkil topgan boshqaruv apparatiga ega bo‘ladi
va ana shu boshqaruv
http:eduportal.uz