173 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 173 173 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar Sharhlang! Har qanday mehnat insondan shaxsiy irodaviy faoliyatni talab qiladi
va inson tomonidan shaxsan amalga oshiriladi, shu sababdan har qanday
meh natga layoqatli shaxs bir vaqtning o‘zida huquqiy layoqatga va
muomala layoqatiga ega bo‘lishi mumkin.
Ijodiy faoliyat Faraz qiling, siz korxona rahbarisiz. Sizga 14 yoshli va 16 yoshli ikki ta bola ishga joylashish uchun murojaat qildi. Sizning xatti-harakatlaringiz qanday bo‘lishi lozim? Siz ularga qan- day ishlarni taklif qila olasiz? Ularga qanday shart-sharoitlar yaratib ber gan bo‘lar edingiz? Ularga qanday imtiyozlar bergan bo‘lar edingiz? Agar ular ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berishsa, qanday hujjatlar talab qilgan bo‘lar edingiz? 1. Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan voyaga yetmagan bolalarni necha
yosh dan ishga olish mumkin?
2. O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ishga qay tarzda joylashadilar?
3. Bolalarning qay sharoitlarda mehnat qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi?
4. Mehnat qonunchiligiga asosan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bola-
lar ga ish vaqti haftasiga necha soat, 14 dan 16 yoshgacha bolalarga necha
soat qilib belgilanadi?
5. Ham o‘qib, ham mehnat qiluvchi voyaga yetmaganlarga qonunchiligimizda
qan day imtiyozlar ko‘zda tutilgan?
6. Bu imtiyozlar qay tarzda belgilanishi lozimligini tushuntiring.
7. O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishni
tar tibga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash bo‘yicha
qan day xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifi katsiya qilgan?
Hikmatlar xazinasidan! Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi
va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir. (
Majididdin Xavofi y )