“O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI” DAN MASALALAR
http:eduportal.uz
182
5.
M. ismli fuqaro, Yakkasaroy tuman prokuraturasiga qo‘sh nisi S.
o‘z sherigi bilan birgalikda jinoyat qilishga tayyorgarlik ko‘ra yotganligini
ma’lum qiladi. Prokuror tergovchiga S. ni hibsga olishni buyurdi.
Aytingchi, prokuror to‘g‘ri buyruq berdimi?
Tergovchi Konstitutsiyaning qaysi moddasiga qarshi harakat qildi?
6.
O. ismli fuqaro ishdan qaytib uyiga kelganda ayrim buyumlari
o‘g‘ir langanligini ko‘rdi, o‘g‘ri shu mahallada yashovchi M. ekanligiga
ishonch hosil qilib, uning eshigini buzib, uyidan mol-mulkini olib chiqib
ketdi.
Aytingchi, O. Konstitutsiyaning qaysi moddasiga xilof harakat qildi?
U qanday ish ko‘rmog‘i qonuniy?
7.
15 yoshli kollej talabalarini kursdoshlari Shuhrat va A’zam
tug‘ilgan kunlariga chaqirishgan edi. Stol ustida 1 shisha spirtli ichimlik
paydo bo‘lganligini ko‘rgan Botir: “Nega spirtli ichimlik qo‘ydinglar,
bizga ichish mumkin emas. Buning uchun jarima solishadi”, – dedi.
— Qo‘ysangchi, agar biz ko‘chada, jamoat joyida ichsak jarima
solishadi, biz esa o‘z uyimizdamiz, — dedi Bahodir.
— Ikkovlaring ham nohaqsanlar, — dedi Bahrom. Bizga spirtli
ichimliklar ichish mumkin emas. Qayerda ichilmasin, baribir buning
uchun ota-onalarimizga jarima solishadi.
Kim haq?
8.
Alisher o‘rmonga ov miltig‘ini olib ketdi. O‘rmon yaqinida u ikkita
g‘ozni ko‘rib, ularni otib o‘ldirdi. Shu zahoti tartib buzuvchini o‘rmon
nazoratchisi ushlab oldi va tegishli organga topshirdi.
O‘rmon nazorati inspeksiyasi Alisherga o‘rmon xo‘jaligi ov qilish
qoidalarini buzganligi uchun quyidagi choralarni ko‘rdi:
jarima 10000 so‘m, miltig‘ini va otilgan g‘ozlarni musodara qilish.
Alisher qanday turdagi jazoga tortildi?
9.
Maktab o‘quvchilarining bir guruhi tabiatni muhofaza qilish ishi
bilan shug‘ullanar edilar. Maktab atrofi dagi suvda zararli narsalar oqishini
ko‘rib, baliqchilik nazorat inspeksiyasiga ma’lum qildilar.
http:eduportal.uz
|