O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARI, BURCHLARI



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARI, BURCHLARI
http:eduportal.uz


180
to‘lgan bolaning ismi yoki familiyasini o‘zgartirish faqat uning roziligi 
bilan amalga oshiriladi.
▪ Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros 
tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik 
faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki 
hisoblanadi. 
▪ Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari (kiyim-
kechak, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning 
xususiy mulki hisoblanadi.
▪ 18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda 
katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo‘ladilar.
▪ 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan 
ish kuni qilib belgilanadi.
▪ 15-16 yoshgacha bo‘lgan (ta’til davrida ishlayotgan 14 yoshdan 16 
yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun) shaxslar uchun haftasiga yigirma 
to‘rt soatdan oshmaydigan ish kuni qilib belgilanadi.
▪ Ma’muriy javobgarlikka ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda 
16 yoshga to‘lgan shaxslar tortiladilar.
▪ Jinoyat sodir etilgunga qadar 13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni 
og‘irlashtiradigan holatlarda – qasddan odam o‘ldirganliklari (JK 97 
moddasining 2- qismi) uchungina jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
▪ Jinoyat sodir etilgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxslar quyidagi 
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar:
– qasddan odam o‘ldirganliklari;
– qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganliklari
– nomusga tegish;
– ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayri tabiiy usulda qondirish;
– odam o‘g‘irlash;
– bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik;
– mulkni qasddan nobud qilish yoki unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazish;
– ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish;
– o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish 
qurilmalarini, radiaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash;
– temiryo‘l, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo‘llarini 
yaroqsiz holatga keltirish;
http:eduportal.uz



Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin