72
almashtirishda xato kadrlar oddiy “tashlab yuboriladi”, ularni Frame Relay vositalari orqali takroriy
uzatilishi amalga oshmaydi. Kadrlarni kafolatlangan va tartibli uzatilishini ta’minlash uchun yuqori
darajadagi protokollardan (masalan, TSR/IP) yoki Frame Relay protokoliga qo‘shimchadan
foydalanish zarur.
Bunday samaraga faqat Frame Relay texnologiyalari talablariga muvofiq bo‘lgan sifatdagi
kanallardan foydalanilganda erishiladi. Ma’lumki, Frame Relay texnologiyasi yetarli sifatdagi
telekommunikatsiya kanallarini ishlatilishini talab qiladi. Kanaldagi xatolik 10
-6
– 10
-7
dan oshmasligi
kerak, chunki, aks holda nisbatan ko‘p kadrlar xatolik bilan uzatiladi, va qo‘shimcha vositalar bilan
ta’minlanadigan kadrlarni takroriy uzatish talab qilinadi, bu axborotlarni uzatishning axborot tezligini
kamaytiradi. Bundan kelib chiqadiki, Frame Relay texnologiyasida foydalanadigan muhofaza qilish
usullari va vositalari faqat tasodifiy xatolarda va rad etishlarda yetarlicha samarador bo‘ladi va atayin
xatoliklarni, rad etishlarni yaratadigan buzuvchilarning ta’sirida MUTning axborot xavfsizligini
ta’minlay olmaydi.
Dostları ilə paylaş: