TASHKENT INSTITUTE OF
CHEMICAL TECHNOLOGY
30
kreditlarni koʻchirish
— talabalarning akademik mobilligini ta’minlash maqsadida bir oliy
ta’lim muassasasi ta’lim dasturi boʻyicha olingan kreditlarni boshqa oliy ta’lim
muassasasiga
koʻchirish va tan olish;
kredit toʻplash
— ta’lim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida
taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;
talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi
— talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-
ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini beradigan
yoʻnalish (marshrut). Ta’lim trayektoriyasi institutsional hujjatlar va yoʻriqnomalar yordamida tuzilishi
hamda turli ta’lim trayektoriyalari natijada bir xil malaka olishga olib kelishi mumkin;
ta’lim dasturi
— bakalavriat ta’lim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻquv
jarayonini amalga oshirishga moʻljallangan ta’limning asosiy xususiyatlari (hajmi, mazmuni,
rejalashtirilgan natijalar), tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, fan dasturlariga
quyilgan umumiy
talablar, shuningdek, ta’limni tashkil etish va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot-resurs va
oʻquv-metodik koʻrsatmalar majmui;
Dostları ilə paylaş: