Toshkent kimyo -texnologiya instituti vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi



Yüklə 2,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/140
tarix24.09.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#148003
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
asdfghjm-1692965228332

Loyiha vazifalari: 
CAMP 
 
1) Oziq-ovqat fanlari boʻyicha iqtidorli yosh 
mutaxassislar uchun yiliga bir marta ketma-ket 
uchta trening oʻtkazish (CAMP).
Oʻzbekiston va Evropa Ittifoqi (Ispaniya)da 
tashkil etiladi.
 
TRENING 
 
2) barqaror rivojlanish uchun innovatsion 
yondashuvni 
oʻrnatish uchun akademik 
oʻqituvchilar, 
tadqiqotchilar 
va 
sanoat 
ekspertlari ishtirokida taqdimotlar, treninglar, 
aqliy hujum va yuzma-yuz muhokamalar orqali 
foydali 
tarmoqlarni 
(milliy 
va 
xalqaro 
miqyosda) boshlash uchun ochiq eshiklar ostida 
seminarlar oʻtkazish. Oliy oʻquv yurtlari, 
tadqiqot 
institutlari 
va 
oziq-ovqat 
kompaniyalari 
oʻrtasidagi 
hamkorlikning 
oʻsishiga hizmat qiladi.
 
 
KLASTER 
3) “Oziq-ovqat sohasida ilgʻor mavzular 
klasterini tashkil etish. Ilm-fan va texnologiya” 
ilmiy tarmogʻi uchun Yevropa Ittifoqida 
malaka 
oshirgan 
oʻqituvchilar 
sanoat 
mutaxassislariga dars beradi
OZIQ-OVQAT JAMIYATI 
 
4) “Oʻzbekiston oziq-ovqat jamiyati”, bu loyiha 
natijalarining loyihadan keyingi barqarorligini 
ta'minlaydi. Jamiyat sanoat, ilmiy doiralar va 
tadqiqotchilarni 
mamlakatdagi 
oziq-ovqat 
sektorining 
zamonaviy 
va 
kelajakdagi 
murakkab muammolarini hal qilish va Evropa 
Ittifoqi oliy oʻquv yurtlari bilan mustahkam 
hamkorlikni davom ettirish uchun toʻplash 
uchun asosiy platforma boʻladi. 


TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
19 
2023 yil uchun loyiha rejasi: 

Dastlabki yigʻilish 2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent shahrida oʻtkazilishi 
rejalashtirilgan. 

Loyiha veb-sayti 2023-yil martigacha ishlab chiqiladi. 

Dastlabki ehtiyoj tahlili asosida maqsadli guruhlar (sanoat) ehtiyojlarining tafsilotlarini oʻz 
ichiga olgan sharh Konsortsium tomonidan 2023 yil apreligacha tayyorlanadi. 

3 ta CAMP tashkil etish rejasi, oʻquv va oʻquv materiallarini tayyorlash 2023-yil mayigacha 
tayyorlanadi. Har bir CAMPning batafsil sxemasi loyiha boshqaruvi guruhi aʼzolari (TICT, 
UCPH, UEx va CAT) tomonidan muhokama qilinadi va qaror qabul qilinadi. 

2023-yil iyun oyida CAMP 1 (Oziq-ovqat fanini akademik yangilash va birlamchi oziq-ovqat 
ishlab chiqarish) Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi va oziq-ovqat fani boʻyicha aniqlangan uchta 
asosiy fan asoslari boʻyicha intensiv ikki haftalik kursni oʻtkazish uchun moʻljallangan: (1) 
koʻp oʻzgaruvchan maʼlumotlar tahlil va analitik texnologiyalar (mas'ul- UCPH), (2) oziq-ovqat 
mikrobiologiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi (mas'ullar-UCPH va UEx) va 3) oziq-ovqat kimyosi 
va molekulyar gastronomiya (mas'ul-UEx). 1-CAMP Kopengagen universiteti (P2) va UZB 
hamkorlari tomonidan tashkil etiladi va Toshkentda boʻlib oʻtadi. Trening davomiyligi - 2 hafta. 

CAMP 1 ishtirokchilari bilan uchrashuv va CAMP 1 ishtirokchilari va soha hamkorlari uchun 
keyingi trening seminari 2023-yil noyabr oyida Oʻzbekistonda tashkil etiladi. 

2023-yil noyabrigacha “Trenerni oʻqitish” strategiyasi ishlab chiqiladi. 2-WP doirasida 
belgilangan OTM va oziq-ovqat sanoatining joriy ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqib, OʻzB-
dan kelgan har bir tinglovchi uchun “trener-trener” strategiyasi boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab 
chiqiladi. 


TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
20 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavr ta’lim dasturlari 4 yil yoki 5 yil, magistratura 
dasturlari 2 yilni tashkil etadi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2020/2021 oʻquv yilidan 
boshlab kredit-modul tizimida oʻqishni tashkil qilib kelmoqda. Oʻquv jarayonida turli xil xato va 
kamchiliklarni oldini olish maqsadida talabalardan kredit-modul tizimi toʻgʻrisida bir qator 
ma’lumotlar bilan tanishib chiqishalari shart. 
Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 30 akademik soatlik oʻquv yuklamasiga teng. 
Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv 
yuklamasini oʻzlashtirishi zarur. Oʻquv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50 
— 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish 
soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) boʻlinadi. 
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba odatda bir 
semestrda 
30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan 
oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov 
fanlarini oʻz ichiga oladi. Talaba oʻzining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir 
semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy 
oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishi shart. 
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan 
talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha 
tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, 
shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
Oʻquv yili davomiyligi 36 haftagacha boʻlib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2 
haftasi fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtishga, 4 haftasi attestatsiyalarga ajratiladi. 
Ta’lim oluvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda 
amalga oshiriladi. Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarni kursdan kursga oʻtkazishda 
GPA koʻrsatkichini 2,6 etib belgilangan. GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish 
uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik 
qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar 
faqat qarzdor boʻlgan fanlarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. 
Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati 
bakalavriat uchun 1- kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 8 yilgacha, magistratura uchun 
1- kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 4 yilgacha deb belgilangan. 

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin