TASHKENT INSTITUTE OF
CHEMICAL TECHNOLOGY
19
2023 yil uchun loyiha rejasi:
✓
Dastlabki yigʻilish 2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent shahrida oʻtkazilishi
rejalashtirilgan.
✓
Loyiha veb-sayti 2023-yil martigacha ishlab chiqiladi.
✓
Dastlabki ehtiyoj tahlili asosida maqsadli guruhlar (sanoat) ehtiyojlarining tafsilotlarini oʻz
ichiga olgan sharh Konsortsium tomonidan 2023 yil apreligacha tayyorlanadi.
✓
3 ta CAMP tashkil etish rejasi, oʻquv va oʻquv materiallarini tayyorlash 2023-yil mayigacha
tayyorlanadi. Har bir CAMPning batafsil sxemasi loyiha boshqaruvi guruhi aʼzolari (TICT,
UCPH, UEx va CAT) tomonidan muhokama qilinadi va qaror qabul qilinadi.
✓
2023-yil iyun oyida CAMP 1 (Oziq-ovqat fanini akademik yangilash va birlamchi oziq-ovqat
ishlab chiqarish) Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi va oziq-ovqat fani boʻyicha aniqlangan
uchta
asosiy fan asoslari boʻyicha intensiv ikki haftalik kursni oʻtkazish uchun moʻljallangan: (1)
koʻp oʻzgaruvchan maʼlumotlar tahlil va analitik texnologiyalar (mas'ul- UCPH), (2) oziq-ovqat
mikrobiologiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi (mas'ullar-UCPH va UEx) va 3) oziq-ovqat kimyosi
va molekulyar gastronomiya (mas'ul-UEx). 1-CAMP Kopengagen universiteti (P2) va UZB
hamkorlari tomonidan tashkil etiladi va Toshkentda boʻlib oʻtadi. Trening davomiyligi - 2 hafta.
✓
CAMP 1 ishtirokchilari bilan uchrashuv va CAMP 1 ishtirokchilari va soha hamkorlari uchun
keyingi trening seminari 2023-yil noyabr oyida Oʻzbekistonda tashkil etiladi.
✓
2023-yil noyabrigacha “Trenerni oʻqitish” strategiyasi ishlab chiqiladi. 2-WP doirasida
belgilangan OTM va oziq-ovqat sanoatining joriy ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqib, OʻzB-
dan kelgan har bir tinglovchi uchun “trener-trener” strategiyasi boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab
chiqiladi.
TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
20
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavr ta’lim dasturlari 4 yil yoki 5 yil, magistratura
dasturlari 2 yilni tashkil etadi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2020/2021 oʻquv yilidan
boshlab kredit-modul tizimida oʻqishni tashkil qilib kelmoqda. Oʻquv jarayonida turli xil xato va
kamchiliklarni oldini olish maqsadida talabalardan kredit-modul tizimi toʻgʻrisida bir qator
ma’lumotlar bilan tanishib chiqishalari shart.
Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 30 akademik soatlik oʻquv yuklamasiga teng.
Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun ma’lum miqdordagi oʻquv
yuklamasini oʻzlashtirishi zarur. Oʻquv yuklamasi bakalavriatda — 40 — 50% auditoriya soati, 50
— 60% mustaqil ish soatiga, magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish
soatiga (malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) boʻlinadi.
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida
talaba odatda bir
semestrda
30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi belgilanadi. Semestr davomida talaba tomonidan
oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan kreditlar hajmi oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov
fanlarini oʻz ichiga oladi. Talaba oʻzining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir
semestr uchun 30 kredit hajmidagi fanlarni oʻzlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy
oʻquv rejasidagi majburiy fanlar boʻlishi shart.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan
talaba
ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha
tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan,
shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻquv yili davomiyligi 36 haftagacha boʻlib, shundan 30 haftasi akademik davrga, 2
haftasi fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtishga, 4 haftasi attestatsiyalarga ajratiladi.
Ta’lim oluvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda
amalga oshiriladi. Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarni kursdan kursga oʻtkazishda
GPA koʻrsatkichini 2,6 etib belgilangan. GPA oʻtish ballini toʻplay olmagan talaba qayta oʻqish
uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik
qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan
kursga qolgan talabalar
faqat qarzdor boʻlgan fanlarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi.
Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati
bakalavriat uchun 1- kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 8 yilgacha, magistratura uchun
1- kursga oʻqishga qabul qilinganidan soʻng 4 yilgacha deb belgilangan.
Dostları ilə paylaş: