U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

akselerator 
samarasi
ro‘y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan ma’noni 
anglatadi). 
Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o‘ziga xoslik shundaki, u 
milliy daromadning o‘sishiga qanchalik uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning qisqarishiga 
ham shu darajada ta’sirchan bo‘ladi. YA’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning 
qisqarishi hosilaviy investitsiyalarning undan ham tezroq qisqarishiga olib keladi. 
Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi. 
Bunday sharoitda jamg‘armaga bo‘lgan moyillikning o‘sishi o‘z navbatida 
iste’molga bo‘lgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining 
qisqarishi esa mavjud tovar va xizmatlarning sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab 
chiqarish zahirasining ko‘payishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo‘yilmalar 
amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o‘sishi va 


195 
daromadlarning pasayishi ro‘y beradi. Aholi tomonidan jamg‘armaning haddan 
ortiq ko‘paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni - 
«tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayonni 
quyidagi chizma orqali ham ko‘rib chiqish mumkin (4-chizma):
S,I F
 
 
S


E
1
E I 
E
0
 
0
N

N
Milliy daromad
4-chizma. «Tejamkorlik paradoksi». 
Chizmaning yotiq o‘qida milliy daromad, tik o‘qida esa jamg‘arma va 
investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo‘lib, F chizig‘i iqtisodiyotdagi to‘la bandlik 
sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.
E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig‘i yotiq o‘qqa parallel 
emas, balki o‘sib boruvchi ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, avtonom 
investitsiyalardan farqli o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad 
hajmiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
CHizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‘arma hajmi S dan S
1
ga qadar 
o‘smoqda. Natijada jamg‘armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan E
1
ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi 0N ning E
1
nuqtadagi 0N

hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya 
hajmi ham EN darajadan E
1
N
1
darajaga qadar qisqardi. E
1
E
0
E nuqtalarini 
tutashtirish natijasida hosil bo‘luvchi uchburchak yuzasi jamg‘arma hajmining 
o‘sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini, EE
0
kesma esa 
investitsiyalarning 
qisqarishini 
ko‘rsatadi. 
Aynan 
shu 
holat, 
ya’ni 
jamg‘armalarning o‘sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik 
paradoksi» mohiyatini namoyon etadi. 


196 
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari 
balans usulidan va xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. 
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi 
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. 
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan 
iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash 
orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin